O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
“ KI ” FAKULTETI
KI-14-21 GURUH TALABASINING
KOMPYUTERNING TASHKIL ETILISHI
FANIDAN TAYYORLAGAN
2-Amaliy ishi
Bajardi
To’rayev Bexruz
Qabul qildi
To’rayev A
QARSHI-2023
Mavzu: Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli-mantiqiy asoslari
Hozirgi paytda amaliyotda mantiqiy sxemalarni qurishda alohidaalohida
ventillarni birlashtirgan modullardan iborat standart «qurilish» bloklaridan
foydalaniladi. Ushbu qismda biz ana shunday standart bloklarni, ularni alohida-
alohida ventillar yordamida qanday hosil qilishni va qanday qo‘llanilishini ko‘rib
chiqamiz. Bunday qurilish bloklarining, ya’ni asosiy raqamli mantiqiy
sxemalarning - kombinator va arifmetik sxemalar deb nomlanadigan xillari mavjud.
1.Kombinator sxemalar yoki kombinatsion sxemalar: - multipleksorlar; -
dekoderlar; - komparatorlar; - dasturlanadigan mantiqiy matritsalar. 2.Arifmetik
sxemalar: - siljitish sxemalari; - jamlagichlar; - arifmetik-mantiqiy qurilmalar.
Asosiy mantiqiy sxemalar – integral sxemalar yoki mikrosxemalar degan umumiy
nom bilan ham ataladilar. Integral sxema o‘lchamlari tahminan 5x5 mm (2x2 mm)
ega kvadrat shaklidagi kremniy bo‘lagidan iborat bo‘ladi. Bunday bo‘laklarga
kamida 1 tadan 10 tagacha ventillar joylashtirilishi mumkin bo‘ladi va ular kichik
integral sxemalar deb ataladi. Kichik integral sxemalar odatda kengligi 5-15 mm,
uzunligi esa 20- 50 mm ga teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli plastik yoki keramik
korpuslarga joylashtirilgan bo‘ladi. Bunday mikrosxemalarning uzun tomonlarida,
orasidagi masofa 2 mm (1 mm) ga yaqin qilib ishlangan chiqish oyoqchalariga ega
bo‘ladi. Ushbu oyoqchalar yordamida integral sxema raz’yomga yoki bosma
plataga o‘rnatiladi. Har bir chiqish oyoqchalari qaysidir ventilning kirishi yoki
chiqishiga, ta’minot manbaiga yoki «erga» ulangan bo‘ladi. Tashqi qismida ikki
qatorli chiqish oyoqchalariga ega bo‘lgan integral sxemalar rasmiy tarzda
chiqishlari ikki qator qilib joylashtirilgan korpus (Dual Inline Package, DIP) yoki
mikrosxema deb ataladi. Ko‘pincha korpuslar 14, 16, 18, 22, 24, 28, 40, 64 yoki 68
ta chiqishlarga ega bo‘ladi. Katta mikrosxemalar uchun esa chiqishlari to‘rttala
tomonida yoki tagida joylashgan korpuslardan foydalaniladi (1.24-rasm).
Tarkibidaborbo‘lganventillarsoninuqtainazaridan
mikrosxemalarni,birnechtasinflargaajratishmumkin.Hozirdaham
mikrosxemalarnishutarzdasinflargaajratibo‘rganishfoydadanholi
bo‘lmaydivato‘g‘rixisoblanadi.Negakiularturlixilxususiyatlargaega
bo‘lib,turlixilmaqsadlardaqo‘llanilishlarimumkin:
1.Kichikintegralsxemalar–tarkibida1tadan10tagachaventillar
bo‘lganmikrosxemalar.
2.O‘rta integral sxemalar – tarkibida 10 tadan 100 tagacha ventillar bo‘lgan
mikrosxemalar. 3.Katta integral sxemalar – tarkibida 100 tadan 100 000 tagacha
ventillar bo‘lgan mikrosxemalar. 4.O‘ta katta integral sxemalar – tarkibida 100 000
tadan ortiq ventillar bo‘lgan mikrosxemalar. Odatda kichik integral sxema
ikkitadan oltitagacha, alohida-alohida foydalanilishi mumkin bo‘lgan, o‘zaro
bog‘lanmagan ventillardan iborat bo‘ladi. 1.25-rasmda tarkibida to‘rtta ventil
bo‘lgan kichik integral sxema keltirilgan. Ushbu mikrosxemaning 12-ta chiqish
oyoqchalari, uning tarkibidagi ventillarning kirish va chiqish signallari uchun
mo‘ljallangan. Mikrosxemaning 7-nchi chiqish oyoqchasi uni «erga» ulash uchun,
14- inchi chiqish oyoqchasi esa unga beriladigan kuchlanish manbai uchun
ajratilgan. Rasmdagi mikrosxemaning chap tomonida ko‘rsatilgan botiqlik esa,
undan o‘ng tomonda mikrosxemaning 1-inchi chiqish oyoqchasi joylashganligini
anglatadi. Mikrosxemaning qolgan oyoqchalarining raqamlanishi, rasmda
ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirilgan. O‘rta, katta va o‘ta katta mikrosxemalarda
ham, ularning chiqish oyoqchalarining raqamlanishi ana shu tartibda amalga
oshiriladi.
Raqamli mantiqni qo‘llashda, ko‘p hollarda bir nechta kirish va bir nechta
chiqishlarga ega bo‘lgan, chiqishdagi signallarining qiymatlari, o‘sha paytdagi
ularning kirishlariga berilgan signallarning qiymatlari asosida aniqlanadigan
sxemalardan foydalaniladi. Bunday sxemalar kombinator yoki kombinatsion
sxemalar deb ataladi. 1.4 paragrafda 1.22- rasmda keltirilgan haqiqat jadvalini
amalga oshiradigan sxema – kombinator sxemaga misol bo‘la oladi. Keyingi
rasmlarda asosiy mantiqiy sxemalar hisoblangan – kombinator va arifmetik
sxemalarga misollar keltirilgan. Ushbu misollarni keltirib o‘tishdan maqsad, ularni
qanday qurilganliklarini ko‘rish bilan, kompyuter tarkibiga kirgan qurilmalar va
umuman kompyuterning qay darajada murakkab ekanligini tushuntirishdir. Asosiy
mantiqiy sxemalar - qanday ventillardan iborat ekanligi va ularni soni qancha
ekanligini, ushbu ventillar tarkibida qanchadan tranzistorlar borligini tasavvur
qilish bilan zamonaviy kompyuter qay darajada murakkab tuzilishga ega ekanligini
tushunish mumkin
|