KOMPYUTER TARMOQLARI TEXNOLOGIYALARI VA ULARDA QO‘LLANILADIGAN KOMMUNIKATSION
QURILMALAR
Lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari 3.1.1.Birgalikda foydalaniladigan muhitga ega lokal kompyuter
tarmoqlari texnologiyasi - Ethernet texnologiyasi
Birgalikda foydalaniladigan muhitga ega lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari deganda 1980 yillarda ishlab chiqarilgan - Ethernet, Token Ring va FDDI kabi lokal tarmoq texnologiyalari tushuniladi. Ular tipik topologiyalar hisoblangan - umumiy shina, yulduz yoki halqa topologiyalari asosida qurilgan edi. Ushbu texnologiyalar kompyuter tarmoqlari qo„llanila boshlagan dastlabki yillarda ancha keng ishlatilgan. Keyinchalik esa, asosan Ethernet texnologiyasi mansub kompyuter tarmoqlari standartlari ko„plab ishlab chiqarilgan va amaliyotda ham keng qo„llanila boshlagan. Birgalikda foydalaniladigan muhitdan, na faqat yuqorida sanab o„tilgan lokal tarmoq texnologiyalari, balki hozirda ishlab chiqarilayotgan va qo„llanilayotgan, simsiz lokal tarmoqlarda va telekommunikatsion tarmoqlarda ham foydalanib kelinmoqda. Kompyuter tarmoqlari va umuman zamonaviy tarmoqlarni o„rganishda, birgalikda foydalaniladigan muhit tushunchasi muhim tushunchalardan biri bo„lganligi uchun, ushbu o„quv qo„llanmada ham unga tushuntirishlar berishni lozim deb topdik. Birgalikda foydalaniladigan muhit haqidagi tushuntirishlar o„quv qo„llanmaning 3.2 va 4.2.3 paragraflarida keltirib o„tilgan.
Ushbu paragrafda, hozirda juda keng tarqalgan - Fast Ethernet va Gigabit Ethernet texnologiyalarining dastlabki vakili bo„lgan Ethernet texnologiyasining standartlari ko„rib chiqamiz. Bunga sabab ancha yuqori tezliklarda ishlaydigan, keyinchalik ishlab chiqilgan Fast Ethernet va Gigabit Ethernet texnologiyalariga, aynan Ethernet texnologiyasi standartlarining tuzilishlari va uning ishlash algoritmlari asos qilib olinganligidir. Ethernet texnologiyasi standartlarida, ma‟lumot almashinish jarayoni birgalikda foydalaniladigan muhit asosida amalga oshirilgan. Ethernet texnologiyasida ma‟lumotlarni uzatish muhitiga ulanish uchun - CSMA/CD (Carrier Sense Multiple Access with Collision Detection) tashuvchi signalni anglay va to„qnashuvlarni
aniqlay oladigan jamoa bo„lib ulanish usuli, ya‟ni ma’lumotlarni uzatish muhitidan birgalikda foydalanish usuli qo„llanilgan.
Ethernet texnologiyasi tarkibida to„rtta standart mavjud bo„lib, ular quyidagicha belgilab qo„yilgan:
1.10Base-5 standarti; 2.10Base-2 standarti; 3.10Base-T standarti; 4.10Base-F standarti.
Yuqoridagi yozuvlarda keltirilgan 10 raqami, Ethernet texnologiyasiga mansub kompyuter tarmoqlaridagi ma‟lumotlarni uzatish tezligini bildiradi, bu tezlik 10 Mbit/sekundga tengdir. Yozuvlardagi 5, 2 raqamlari va T, F harflari esa, ularda qo„llanilgan ma‟lumotlarni uzatish muhiti, ya‟ni kabelning turini ko„rsatadi. Ethernet texnologiyasi standartlariga tegishli bo„lgan ma‟lumotlarni va ularning qanday tuzilganliklarini alohida-alohida ko„rib chiqamiz.
1.10Base-5 standarti. Bu standart Xerox firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan tarmoq bo„lib uni - klassik Ethernet yoki asosiy Ethernet tarmog„i deb atalgan. 10Base-5 standartida ma‟lumotlarni uzatish muhiti sifatida 50 Om to„lqin qarshiligiga ega bo„lgan koaksial kabel ishlatilgan (3.1. a) - rasm).
a) b)
3.1-rasm. Koaksial kabellarning xillari.
Ushbu kabelning markazidan o„tgan mis simning diametri 2,17 mm-ga teng bo„lgan. RG-8 va RG-11 kabellari ana shunday ko„rsatgichlarga ega kabellar hisoblanadi. Bu standartni «yo‘g‘on
Ethernet» ham deb atalgan. Kabelining tashqi diametri 10 mm- ga teng edi. Bu kabel barcha stansiyalar, ya‟ni kompyuterlar uchun monokanal (yagonakanal) sifatida ishlatilgan, ya‟ni ushbu standart - umumiy shina topologiyasiga ega bo„lgan (1.4-rasmga va unga berilgan tushuntirishlarga qaralsin). 10Base-5 standartida «5-4-3 qoidasiga» amal qilish kerak bo„lgan. Bu ko„pi bilan 5-ta segment, 4-ta takrorlovchi va kompyuterlar ulanishi mumkin bo„lgan 3-ta segmentning mavjud bo„la olishini anglatadi. 3.2-rasmda 10Base-5 standartiga o„xshash bo„lgan, umumiy shina topologiyasi asosida qurilgan 10Base-2 tarmog„ining bitta segmenti ko„rsatilgan. 10Base-5 standartida har bir segmentining uzunligi ko„pi bilan 500m gacha bo„lgan. Ularning oxirlarida 50 Om qarshilikka ega bo„lgan terminatorlar ulangan.
2.10Base-2 standarti. 10Base-2 standarti ham - umumiy shina topologiyasiga ega bo„lib, unda axborotni uzatish muhiti sifatida markazidan diametri 0,89 mm bo„lgan mis sim o„tgan, tashqi diametri esa 5mm bo„lgan ingichka koaksial kabeldan foydalanilgan (3.1. b)- rasm). Bu standart - «ingichka» Ethernet deb atalgan. Kabelning to„lqin qarshiligi 50 Om-ga teng. RG-58/U, RG-58 A/U va RG-58 C/U kabellari ana shunday ko„rsatgichlarga ega kabellar hisoblanadi. 10Base-
2 standartida bitta segmentning uzunligi ko„pi bilan 185m bo„lishi mumkin. Segmentning ikki tomonida, ya‟ni oxirlarida 50 Om qarshilikka ega bo„lgan terminatorlar ulangan bo„lishi kerak. 10Base-2 standartida takrorlovchilarni ishlatib tarmoqning uzunligini oshirish imkoniyati bo„lgan. Bunda ham 10Base-5 standartidagi kabi, «5-4-3 qoidasiga» amal qilish kerak bo„lgan. Tarmoqning maksimal uzunligi 5x185 = 925m-ni tashkil qilgan. Bitta segmentdan iborat bo„lgan 10Base-2 tarmog„ining ko„rinishi 3.2-rasmda keltirilgan.
3.2-rasm. 10Base-2 standarti tarmog„i.
3.10Base-T standarti. 10Base-T tarmog„ida ma‟lumotlarni uzatish muhiti sifatida ekranlanmagan o‘ralma juftlik (Unshielded Twisted Pair, UTP) kabeli ishlatilgan. 3-inchi kategoriyali ko„p juftli (2 ta, 4 ta juftli) UTP kabeli telefon appratlarini ulash uchun ham ishlatilgan. Shuning uchun ularni Voice Grade, ya‟ni tovushni uzatish kabeli ham deb ataladi (3.3-rasm).
3.3-rasm. Ekranlanmagan o„ralma juftlik kabeli.
Bunda o„ralma juftlikning bittasi, kompyuterdan konsentratorga ma‟lumotlarni uzatish uchun (Tx), ikkinchisi esa konsentratordan kompyuterga ma‟lumotlarni uzatish uchun (Rx) ishlatilgan (3.4-rasm). Bu kabelning uzunligi ko„pi bilan 100m bo„lishi mumkin.
10Base-T standartida «4-tagacha konsentratorlar» qoidasi amal qiladi. Shunga asosan tarmoqning uzunligi ko„pi bilan 500m-ni tashkil qiladi. Ya‟ni 5-ta segment har biri 100m-dan bo„lganda tarmoqning diametri 500m bo„ladi (3.5-rasm). Tarmoqqa ko„pi bilan 1024-ta kompyuter ulashga ruxsat beriladi. Bunga konsentratorlarni ikki sathli ierarxik ko„rinishda ulash bilan erishish mumkin bo„ladi.
4.10Base-F standarti. 10Base-F standartida ma‟lumotlarni uzatish muhiti sifatida o„tkazish qobiliyati 500-800 MGs bo„lgan, uzunligi esa 1 km-gacha etkazilishi mumkin bo„lgan, nisbatan arzon hisoblangan optik tolali kabel ishlatilgan (3.6-rasm). Bu standartning tuzilish chizmasi 10Base-T standartining chizmasi bilan bir xil bo„lgan (3.4; 3.5- rasmlardagidek). Bunda ham, tarmoq adapterini konsentrator bilan ulash uchun ikkita kabel (optik tolali kabellar) ishlatilgan, ya‟ni adapterning Tx chiqishi, konsentratorning Rx kirishi bilan, va adapterning Rx kirishi esa konsentratorning Tx chiqishi bilan ulangan.
10Base-F standartining uch xil varianti mavjud:
FOIRL (Fiber Optic Inter-Repeater Link) standarti - bu variantda konsentratorlar orasidagi masofa ko„pi bilan 1 km, tarmoqning
umumiy uzunligi, ya‟ni diametri esa 2500m bo„lishi mumkin. Ixtiyoriy olingan stansiyalar orasida 4-tagacha konsentratorlar ulanishi mumkin, ya‟ni «4-tagacha xablar» qoidasi amal qilishi kerak bo„lgan.
3.4- rasm. 10Base-T standarti tarmog„i: Tx - uzatuvchi; Rx - qabul
qiluvchi.
3.5- rasm. Ethernet konsentratorlarini ierarxik tarzda ulash.
3.6-rasm. Optik tolali kabel.
10Base-FL standarti – bu xil tarmoqlarning FOIRL standarti tarmoqlaridan farqi shuki, kompyuter bilan konsentrator orasidagi (konsentrator bilan konsentrator orasidagi) masofa ko„pi bilan 2 km gacha bo„lishligidir.
10Base-FB standarti - bu standart esa, konsentratorlarni ulash uchun ishlatilgan. Kompyuterlar undan foydalana olmaydi. Bunda bitta segmentning uzunligi 2 km-gacha bo„lishi, segmentlar soni esa 6- tagacha bo„lishi (ya‟ni 5-tagacha konsentratorlar ulanishi) mumkin, hamda tarmoqning umumiy uzunligi 2740m bo„lishi mumkin.
|