• Qisqacha nazariy ma’lumotlar
  • Kommutatorda port xavfsizligi (port security) ni sozlash ishdan maqsad




    Download 203,5 Kb.
    bet1/3
    Sana07.07.2024
    Hajmi203,5 Kb.
    #266838
      1   2   3

    KOMMUTATORDA PORT XAVFSIZLIGI (PORT SECURITY) NI SOZLASH


    Ishdan maqsad: Kommutatsiya jadvallari to`ldirilishiga yo`naltirilgan hujumlardan, tarmoqni himoya qilish imkonini beruvchi kommutatorning “port-security” funksiyasini sozlash bo`yicha amaliy ko`nikmalarga ega bo’lish.


    Qisqacha nazariy ma’lumotlar
    Port-security funksiyasi kommutatorning biror bir porti orqali tarmoqqa faqat ko`rsatilgan qurilmalar kirishini sozlashga imkon beradi. Ushbu portga kirishga ruxsat berilgan qurilmalar MAC-manzillar bo`yicha aniqlanadi. MAC-manzillar dinamik yoki tarmoq administrator tomonidan qo`lda sozlanishi mumkin. Bundan tashqari Port-security funksiyasi portga ulanuvchi tugunlar sonini cheklashga imkoniyat yaratadi, bu esa portga MAC-manzillar sonini ko`rsatish orqali amalga oshiriladi. Yana bir funksiyasi MAC-manzillar jadvali to`ldirilishiga yo`naltirilgan hujumlardan kommutatorni himoyalash hisoblanadi (2.1-rasm.).





    2.1-rasm. Kommutatorda Port Security funksiyasining ishlash tartibi
    MAC-manzillarga cheklov kiritishning ikkita usuli mavjud:

    1. Statik – administrator qaysi manzillar kirishini ko`rsatadi (2.3-rasm);

    2. Dinamik – administrator nechta manzil kirishini ko`rsatadi va kommutator qaysi manzillar shu vaqtda ko`rsatilgan port orqali murojat qilayotganini eslab qoladi ((2.3-rasm).

    Windows OS da Ethernet adapterining MAC-manzilini ipconfig /all buyrug`i yordamida aniqlanadi. Quyidagi 2.2-rasmga kompyuterning MAC-manzili 00-18-DE-C7-F3-FB ko`rinishda keltirilgan.



    2.2-rasm. Kompyuter qurilmasining MAC-manzilini ko`rish


    Kommutator qurilmasining MAC-manzillar jadvalini ko`rish uchun show mac-address-table buyrug`i orqali aniqlanadi (2.3-rasm).





    2.3-rasm. Kommutator qurilmasining MAC-manzilini ko`rish


    Kommutatorni himoya qilishning oddiy usullaridan biri bu – ishlatilmayotgan portlarni o`chirib qo`yish hisoblanadi.





    Download 203,5 Kb.
      1   2   3




    Download 203,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kommutatorda port xavfsizligi (port security) ni sozlash ishdan maqsad

    Download 203,5 Kb.