|
Kommutatsiya va marshrutizatsiya fanidan Laboratoriya ishi Bajardi: Boqijonov Sohibjon Tekshirdi
|
bet | 12/12 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 3,11 Mb. | | #101311 |
Bog'liq Boqijonov S 1-8-labaratoriyaNazariy ma’lumotlar
Statik marshrutizatsiya hozirgi kunda maxsus maqsadlarda qo‘llanilmoqda. Statik va dinamik marshrutizatsiya ko‘pincha birgalikda ishlatiladi.
Statik marshrutizatsiya quyidagi vaziyatlarda ishlatiladi:
kelgusida kengaytirish kutilmaydigan kichik tarmoqlarda, marshrutizatsiya jadvalini qulay sozlash uchun;
berk tarmoqni marshrutizatsiyasini ta’minlash uchun (berk tarmoq boshqa uzoqdagi tarmoqlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmagan);
bitta marshrutni doimiy ishlatishda (marshrutizatsiya jadvalidagi boshqa marshrutlarga to‘g‘ri kelmaydigan ixtiyoriy tarmoqqa yo‘lni ko‘rsatish uchun).
Statik marshrutizatsiya kichik tarmoqda ishlashda qiyinchiliklarga olib kelmaydi. Statik marshrutlar yangilanish to‘g‘risidagi xabarlarni jo‘natmaydi va katta hisoblash resurslarini talab qilmaydi.
Statik marshrutizatsiyani kamchiliklari:
statik marshrutizatsiyani katta tarmoqlarda ishlatish qiyinchiliklarga olib keladi;
statik marshrutlarni boshqarishni sozlash ko‘p vaqt talab qiladi;
kanalda uzulish bo‘lganda statik marshrut trafikni qayta marshrutlashni amalga oshirmaydi.
IPv6 static qurilgan tarmoq
Statik ip berish
|
| |