11
1.2.2. Tekst yozish va uni tahrirlash
Tekst uchun AutoCADning vektorli
shriftlardan yoki Windows
tizimidagi bor standart shriftlardan foydalanish mumkin. Vektorli
shriftlarning tipi *.shx ko‘rinishida bo‘ladi (10-rasmga qarang).
Vektorli shriftlarga yo‘g‘onlik xuddi chiziqqa qo‘llangandek
qo‘llaniladi. Windows shriftlari uchun chiziq yo‘g‘onligini tanlab
bo‘lmaydi.
Tekst
bir qatorli
Многострочный'>Однострочный
yoki ko‘p qatorli
Многострочный
bo‘lishi mumkin.
Tekst kiritish va kiritilgan tekstni tahrirlash uchun jihozlar
panelidagi tugmalardan foydalaniladi.
Quyida tekstni kiritish va
tahrirlash uchun ishlatiladigan tugmalarning ayrimlari keltirilgan:
-
ko‘p qatorli
Многострочный
tekst yozish buyrug‘ini chaqiradi;
yozish sohasi (chegarasi) ko‘rsatilgach 9-rasmdagi oynani ochib
beradi.
-
bir qatorli
Однострочный
tekst yozish buyrug‘ini chaqiradi.
-
ko‘rsatilgan tekstni tahrirlash imkonini beradi; agar ko‘p qatorli
tekst bo‘lsa, 9-rasmdagi
tahrirlash oynasi ochiladi, bir qatorli
tekst esa joyida o‘zgartiriladi.
-
tekst stilini yaratish uchun muloqat oynasini chaqiradi (10-rasm)
-
belgilangan tekstni balandligini tayanch nuqtasiga nisbatan
yangi qiymat berib o‘zgartirish
Bir qatorli tekst yozish uchun chizmada boshlang‘ich
nuqta
sichqoncha yordamida ko‘rsatiladi, so‘ngra shrift balandligi va
yo‘nalish qiyaligi navbatma-navbat kiritiladi. So‘ngra tekst matni
yoziladi.
Yangi qatorga