• Nasoslar klassifikatsiyasi
  • Kompressorlar
  • Kompressorlar Aralashtirgichlar




    Download 40,5 Kb.
    bet1/2
    Sana05.10.2024
    Hajmi40,5 Kb.
    #273658
      1   2
    Bog'liq
    4-mavzu. Sanoat jihozlari.docx


    Gidromexanik jarayonlar uchun jihozlar

    Reja:


    1. Nasoslar haqida umumiy tushunchalar

    2. Nasoslar klassifikatsiyasi

    3. Kompressorlar

    4. Aralashtirgichlar

    5. Sochiluvchan materiallarni aralashtirish

    Nasoslar haqida umumiy tushunchalar

    Qurilmalarda va quvur ichidagi suyuqlik uning boshi va oxiridagi bosimlar farqi tufayli harakat qiladi. Suyuqlikning quyi sathidan yuqori sathiga uzatish uchun esa nasoslardan foydalaniladi. Bunda suyuqlikka bosimning potensial energiyasi ta’sir etadi.Nasos shunday gidravlik mashinaki, u elektr yuritkichning mexanik energiyasini suyuqlikning harakatlanish (uzatish) energiyasiga aylantirib beriladi.




    Nasoslar klassifikatsiyasi

    Harakatlanish turiga qarab hajmiy, kurakli (markazdan qochma), uyurmaviy va o‘qli nasoslarga bo‘linadi. Hajmiy nasoslarning ishlash prinsiрi yoрiq hajm ichida siqib chiqarish usuliga asoslangan bo‘lib, ilgarilanma-qaytma va aylanma harakatlar tufayli suyuqlik siqib chiqariladi. Hajmiy nasoslarga porshenli, rotatsion, vintli, shesternyali va plastinali gidravlik mashinalar kiradi. Markazdan qochma nasoslarda bosim markazdan qochma kuch ta’sirida, ya’ni nasos qobig‘i (asosi) ga joylashgan kurakli g‘ildirakning aylanishi tufayli sodir bo‘ladi.


    Uyurmaviy nasoslarda uyurma energiya hisobiga uzatiladi. Bu ishchi g‘ildirakning aylanishida uyurmaning tezda hosil bo‘lishi va so‘nishi bilan amalga oshadi.
    Aytib o‘tilgan nasoslardan tashqari yana oqimchali nasoslar hamda gazliftlar va montejyu deb nomlanadigan mashinalardan ham foydalaniladi. Bu nasoslarda gaz, suv va bug‘larning bosimlaridan foydalaniladi.


    Kompressorlar

    Kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati korxonalarida ko‘p miqdorda gaz hamda gaz aralashmalarini qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Ko‘pgina kimyoviy jarayonlarning atmosfera bosimdan farqli bosim ostida olib borilishi jarayon tezligini oshiradi, qurilma o‘lchamlarining kichik bo‘lishiga va hokazolarga olib keladi.


    Gazlarni siqish yordamida ularni quvurlar va qurilmalarda harakati ta’minlanadi hamda vakuum hosil qilinadi. Bundan tashqari havo va gazlarni siqish, ularni aralashtirish,
    suyuqliklarni purkash uchun ishlatiladi. Kimyo sanoatida qo‘llaniladigan bosim miqdorlari 10-3 dan 108 N/m2 (10-8...103 atm) gacha bo‘ladi. Gazlarni uzatish va siqish uchun mo‘ljallangan mashinalar kompressor mashinalari deyiladi. Kompressor mashinasi hosil qiladigan oxirgi bosim p2 ning,gazni so‘rilish paytidagi bosim p ga nisbati siqish darajasi deb Siqish ko‘rsatkichining qiymati bo‘yicha compressor mashinalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
    1. Ventilyatorlar (p2/p1) < 1,1 – katta miqdordagi gazlarni uzatish uchun.
    2. Gazoduvkalar 1,1 < (p2/p1) < 3 – nisbatan katta gidravlik qarshilikka ega quvurlardan gazlarni uzatish uchun.
    3. Kompressorlar (p2/p1) > 3 yuqori bosim hosil qilish uchun.
    4. Vakuum-nasos atmosfera bosimidan kichik bo‘lgan bosimlarda gazlarni so‘rib olish uchun.
    Kompressor mashinalari ishlash usuli (prinsiрi) bo‘yicha porshenli, markazdan qochma, o‘qli va boshqa mashinalarga bo‘linadi.

    Download 40,5 Kb.
      1   2




    Download 40,5 Kb.