|
Mutaxassis
Masalalar doirasi
|
bet | 3/7 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 24,06 Kb. | | #140399 |
Bog'liq Kompyuter arxitekturasi-kompy.infoMutaxassis
|
Masalalar doirasi
|
Yarimo‘tkazgich materiallarini ishlab chiqaruvchisi
|
Integral mikrosxemalar uchun material (kremniy qotishmasi, kremniy dioksidi va boshqalar)
|
Elektron sxemalar ishlab chiquvchisi
|
HM tugunlarining elektron sxemalari (ishlab chiqish va tahlil qilish)
|
Integral mikrosxemalar ishlab chiquvchisi
|
O’ta katta integral mikrosxemalar (elektron komponentlarning sxemalari, ularni kristalga joylashtirish)
|
Tizim arxitektori
|
Hisoblash mashinasining arxitekturasi va tashkil etilishi (qurilmalar va tugunlar, buyruqlar tizimi va boshqalar)
|
Tizim dasturchisi
|
Operatsion tizimlar, kompilyatorlar
|
Nazariyotchi
|
Algoritmlar, abstrakt ma’lumotlar tuzilmalari
|
1-jadval. Hisoblash mashinalarini ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida funksiyalarni taqsimlash
1-rasm. Hisoblash mashinalarni bo‘laklash darajalari: a —«qora quti» darajasi; b — umumiy arxitektura darajasi;
Hisoblash mashinasi
Chiqarish
a
Kiritish
MP
Shinalar
AX
KChQ
b
Birinchi darajadagi hisoblash mashinasi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashga, xamda tashqi dunyo bilan ma’lumotlarni almashishga qodir bo‘lgan qurilma sifatida qaraladi (1-rasm, a). HM aloqa tarmog‘iga ulanishi mumkin bo‘lgan va o‘z navbatida periferiya qurilmalarini ulash mumkin bo‘lgan “qora quti” sifatida ifodalandi.
Umumiy arxitektura darajasi (1-rasm, b) HM ni to‘rtta tashkil etuvchi shaklida tasvirlashni o‘z ichiga oladi: markaziy protsessor (MP), asosiy xotira (AX), kiritish/chiqarish qurilmasi (KChQ) va tizim shinasi.
1-rasm. (davomi) Hisoblash mashinalarni bo‘laklash darajalari: d — markaziy protsessorning arxitektura darajasi;
MP
Shinalar
AX
KChQ
BQ
Shinalar
NQB
AMQ
Registrlar
d
Uchinchi darajada, ikkinchi darajadagi har bir qurilmalar yanada bo‘laklangan. Misol uchun markaziy protsessor olingan (1-rasm, d). Oddiy shaklda uni quyidagicha ajratish mumkin:
butun sonlarni qayta ishlashni ta’minlaydigan arifmetik mantiqiy qurilma (AMQ);
quzg‘aluvchan nuqtali shakldagi sonlarni qayta ishlash bloki (NQB);
buyruqlar, ma’lumotlar va adreslarni qisqa muddatli saqlash uchun ishlatiladigan protsessor registrlari;
HM qurilmalarining birgalikda ishlashini ta’minlaydigan boshqarish qurilmasi (BQ);
ichki shinalar.
1-rasm. (davomi) Hisoblash mashinalarni bo‘laklash darajalari: e — boshqaruv qurilmasining arxitektura darajasi
BQ
Shinalar
NQB
AMQ
Registrlar
e
To‘rtinchi darajada uchinchi darajadagi elementlar batafsil bayon etilgan. Shunday qilib, 1-rasmdagi e qismda boshqaruv qurilmasining tuzilishi ochib berilgan. BQ to‘rtta komponent shaklida taqdim etiladi:
dastur ketma-ketligining mantig‘i – dasturda belgilangan ketma-ketlikdagi buyruqlarning bajarilishini ta’minlovchi elektron sxemalar;
boshqaruv qurilmasining registrlari va deshifratorlari;
xotirani boshqarish;
barcha kerakli boshqarish signallarini hosil qiluvchi boshqaruvni yaratish mantig‘i.
Hisoblash jarayonini yengillashtirish va ideal tarzda avtomatlashtirishga urinishlar 5000 yildan ortiq tarixga ega. Ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishi bilan hisoblashni avtomatlashtirish vositalari doimiy ravishda takomillashib bordi. Hisoblash texnikasining (HT) hozirgi holati ko‘p yillik evolyutsiyaning natijasi hisoblanadi.
An’anaviy talqinda hisoblash texnologiyasining evolyutsiyasi HT avlodlarining ketma-ket o’zgarishi sifatida ifodalanadi. “avlod” atamasi 1964 yilda paydo bo‘ldi, IBM firmasi IBM 360 seriyali kompyuterlarini chiqargan va bu seriyani “uchinchi avlod kompyuterlari” deb nomladi.
GOST 15971-90 standarti atamaga quyifagicha ta’rif berdi:
«Hisoblash mashina avlodlari – bu HM ning qurilmalarini ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanishga, shuningdek funksional xususiyatlar va dasturiy ta’minotning rivojlanish darajasiga ko‘ra birlashtirilgan va hisoblash texnikasi vositalari sanoatining rivojlanishining ma’lum bir davrini tavsiflovchi HM ni sinflashtirish guruhidir».
|
| |