|
Kompyuter bilan ishlaganda texnik xafsizligi Microsoft Word dasturi haqida
|
bet | 3/8 | Sana | 30.09.2024 | Hajmi | 81,1 Kb. | | #273005 |
Bog'liq mingboev133 (1)3. Microsoft Excel (baʼzan Microsoft Office Excel deb ataladi[1]) — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows NT va Mac OS, shuningdek Android, iOS,Windows Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008 ning dasturlash tili VBA (Visual Basic for Application). Microsoft Excel Microsoft Officening tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng mashxur ilovalar qatoriga kiradi. Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor hisoblash va iqtisodiy masalalarni yechishda, jumladan, berilganlarni tez oʻzgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng koʻlamli masalalarni yechishda qoʻllaniladigan oʻta quvvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili Visicals (Visiblencalculators-koʻrinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va koʻp jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981-yil IBM PS kompyuteri paydo boʻlishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi koʻrinishlari paydo boʻldi, shu bilan birgalikda Microsoft-Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo boʻldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. Hisoblashlar natijalarini koʻrgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo boʻlishi, bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami boʻldi. 1983-yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi.
Ammo 1997-yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham oʻz sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Shubha yoʻqki, Excel eng ommabop dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, koʻrgazmaliroq koʻrsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Dastlab Excelning ommaviy imkoniyatlarini oʻzlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini koʻrish mumkin.
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va iqtisodiy masalalarni yechishda, jumladan, oldindan tayyor boʻlgan maʼlumotlarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli hisobotlar bilan ishlash kabi keng koʻlamli masalalarni yechishda qoʻllaniladigan oʻta qulay vosita hisoblanadi. Yuqorida taʼkidlanganidek, 1982-yil Microsoft CP/M tizimlarida juda ommabop boʻlgan ilk jadval protsessori Multiplanni bozorga chiqardi, ammo u MS-DOS tizimlarida Lotus 1-2-3 dasturidan ortda qolardi. Excelning ilk versiyasi Mac uchun moʻljallangan edi va 1985-yil chiqarilgan, Windows uchun versiyasi esa 1987-yil noyabrda ishlab chiqilgan. Lotus Windows uchun dasturini moslashtirishga shoshilmadi, bu esa 1988-yildan Excelning undan oʻtib ketishiga sabab boʻldi. Microsoft har bir yangi versiya uchun oʻz mavqeyini mustahkamlay boshladi. Windows platformasiga moʻljallangan hozirgi versiyasi Excel 16, Mac OS X uchun esa Microsoft Excel 2012 dir.
Boshida Excel nomi bilan bogʻliq muammo paydo boʻldi, negaki boshqa kompaniya shu nomdagi dasturlar paketi bilan savdo qilardi va Microsoftni sudga beradi. Shu sababli bundan buyon Microsoft har qanday hujjatlarda dastur nomini Microsoft Excel deb yuritishga majbur boʻladi. Keyinchalik Microsoft kompaniyasining shu nomdagi dasturlarni sotib olishi natijasida muammoga barham berildi. Kompaniya dasturning qisqartmasi sifatida XL harflaridan foydalanishga qaror qildi va bu hozirgacha davom etmoqda, Excel faylarini kengaytmasi esa —. xls. Birinchi jadval muharrirlari bilan taqqoslaganda Excel foydalanuvchiga keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Excel foydalanuvchiga ekraning oʻzida jadvalning koʻrinishini, shriftlar, belgilar va katak tashqi koʻrinishini oʻzgartirish imkonini bergan ilk jadval muharriridir. Yana u kataklarning aqlli hisobini chiqarib beradigan dastur edi.
1993-yilda ilk marotaba Microsoft Officeʼga birlashtirilish munosabati bilan Microsoft Word va Microsoft PowerPoint Excelʼga monand grafik interfeysga ega boʻlishdi.
1993-yildan boshlab Excel tarkibiga Visula Basic'ga asoslangan Excel masalalarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturlar uchun Visual Basic dasturlash tili kiritiladi. VBA foydalanuvchi bilan aloqa qilish formalarini yaratishga imkon beradi. Bu til DLL (ing. Dynamic Link Library-dinamik kutubxona)ni qoʻllashi (yaratishi emas) mumkin.
VBAning funksionalligi Excelni makroviruslar uchun oson nishonga aylantirdi. Bu antivirus mahsulotlari ularni topishni oʻrganmagunlarigacha katta muammo boʻlib qoldi. Shu sababli Microsoft quyidagi himoya turlarini tanlash imkonini oʻz dasturiga qoʻshdi:
makroslarni toʻliq oʻchirish;
hujjat ochilishi bilan makroslarni yoqish;
sertifikatga ega makroslarga ishonish.
Excelning 5.0 dan 9.0 gacha versiyalari oʻzida turli „yashirin sir“larni saqlaydi, ammo 10-chi versiyadan soʻng Microsoft ularni yoʻq qilish chora-tadbirlarini qoʻllay boshladi .
Microsoft Excel himoyasi quyidagi turdagi himoya tizimlarini oʻz ichiga oladi:
hujjat ochish uchun maxfiy soʻz[2]
hujjatga oʻzgartirish kiritish uchun maxfiy soʻz[3]
sahifa himoyalash uchun maxfiy soʻz
ish kitobni himoyalash uchun maxfiy soʻz
kitobni himoyalash uchun maxfiy soʻz[4]
VBA kodini himoyalash uchun maxfiy soʻz
Hujjatni ochish uchun maxfiy soʻzdan (yomon niyatli shaxsga muammo tugʻdiruvchi yagona himoya turi) tashqari boshqa himoya turlarini darxol yoʻq qilish mumkin. Qolgan turdagi maxfiy soʻzlarni qoʻllaganda hujjat shifrlanmaydi, hujjat ichida esa oʻrnatilgan maxfiy soʻzning xeshi saqlanib qoladi. Kitob himoyasi uchun mashxur "VelvetSweatshop" shifrlash tizimi ishlatiladi, lekin bu hujjatga hech qanday qoʻshimcha himoya qoʻshmaydi.
Microsoft Excel 95 va oldingi versiyalarida „ochish uchun maxfiy soʻz“ 16 bitli kalitga aylanardi, lekin uni muammosiz buzish mumkin boʻlgan. Microsoft Excel 97 / 2000 da maxfiy soʻz 40-bitli kalitga aylangan, lekin bu ham zamonaviy asbob-uskunalar orqali tezda buzilishi mumkin edi. Bundan tashqari, maxfiy soʻzlarni topishga moʻljallangan dasturlar soniyasiga yuz minglab maxfiy soʻzlarni tekshirib chiqarishi mumkin. Microsoft Excel 2003 / XP da vaziyat biroz oʻzgardi, bunda foydalanuvchi tizimda mavjud turli shifrlash algoritmlaridan foydalanishi mumkin, lekin boshlangʻich holda Microsoft Excel 97 / 2000 himoya tizimi saqlanib qolganligi himoya tizimini mustahkam boʻlmasligini koʻrsatadi.
Excel 2007da vaziyat tubdan oʻzgardi — shifrlash uchun 128 bitli zamonaviy AES algoritmi ishlatila boshlashi va SHA1 xesh-funksiyasining qoʻllanilishi maxfiy soʻzni topish ehtimolini keskin pasaytirib yubordi. Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam himoyani „ochish uchun maxfiy soʻz“ himoya turi oʻrnatilgan va Office 2007 / 2010 formatida saqlangan hujjatlar taʼminlay oladi.
MICROSOFT EXCEL dagi barcha maʼlumotlar jadval Koʻrinishida namoyon boʻlib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) maʼlum qismiga boshlangʻich va birlamchi maʼlumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa xar xil arifmetik amallar va boshlangʻich maʼlumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat boʻlgan axborotlardir.
Elektron jadval yacheykalariga uch xil maʼlumotlarni kiritish mumkin:
matnli;
sonli ifodalar;
formulalar.
Matnli maʼlumotlar sarlavha, belgi, izohlarni uz ichiga oladi.
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar boʻyicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.
Formulalar har doim „=“ belgisini qoʻyish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil boʻladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri oʻzgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi maʼlumotlar boʻyicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.
EXCELning asosiy ishlov berish obʼyekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega boʻlgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar „Ishchi kitob“ deb ataladi. Bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni oʻz ichiga olishi mumkin. Ularning har biri „ishchi varaq“ deb ataladi. Bir ishchi varaq oʻz nomiga ega boʻladi. Ishchi kitobni xosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, yaʼni elektron jadval xisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir.
Yacheyka — bu jadvaldagi manzili koʻrsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oraligʻida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil boʻlgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini koʻrsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va ung quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4
Excel 2003 versiyasining ishchi menyusi quyidagi boʻlimlardan tashkil topgan:
Pravka boʻlimidagi „Zapolnit“ va „Ochistit“ boʻlimlari kataklarning belgilangan yoʻnalishda nusxasini oladi yoki tozalaydi. Udalit list boʻlimi belgilangan varaqni oʻchiradi. Peremestit \ skopirovat list Excel ishchi kitobi sahifasini kerakli joyga siljitadi yoki nusxasini yangi sahifada hosil qiladi. Qolgan boʻlimlar Microsoft Office guruhidagi dasturlar uchun umumiy boʻlgan vazifalarni bajaradi.
|
| |