Kompyuter bilan ishlaganda texnik xafsizligi Microsoft Word dasturi haqida




Download 81,1 Kb.
bet8/8
Sana30.09.2024
Hajmi81,1 Kb.
#273005
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mingboev133 (1)

Keng tarqalganligi: Ko’pgina kompyuterlarda mavjud bo’lib, ishlatish oson.

PowerPoint dasturini o’rganish uchun resurslar:

  • Microsoft Office rasmiy veb-sayti: https://www.microsoft.com/en-us/microsoft-365/powerpoint

  • Onlayn kurslar: https://www.udemy.com/topic/powerpoint/

PowerPoint dasturi taqdimotlar tayyorlash uchun kuchli va moslashuvchan vositadir. U har qanday sohada foydalanish uchun mos keladi va foydalanuvchilarga ma’lumotlarni vizual va jozibali tarzda taqdim qilish imkonini beradi.

5.
Eelektron ma'lumotlar bazalari, zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog'ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash.


Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha sohalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot texnologiyalarini umumta'lim maktablari ta'lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog'i har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat'iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi. Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo'lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta'lim maktablari ta'lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo'l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o'z-o'zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o'stirishda tutayotgan o'rni va ta'siri ortib borayotganligini inkor etib bo'lmaydi. Umumiy ta'lim maktablaridagi ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o'qituvchi va o'quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan: axborot yig'ishning yangi usullarini va ularni qo'llashni bilib oladilar, bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi; mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi; bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o'stirishga yordam beradi. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta'lim sohasida, o'quv faoliyatida va o'quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta'limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg'unlashtirishga imkon beradi. O'qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog'lash imkoniyati paydo bo'ladi. Axborot texnologiyalarini qo'llashda o'quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o'quvchi shaxsini rivojlantirishning to'laqonli vositasiga aylantirish uchun o'qituvchining o'zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo'lishi kerak. Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova Toporkova va boshqalar o'qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimdonligini quyidagi sifatlar bilan baholaydilar: 1) zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga qodirlik: 2) shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish; 3) umumiy komunikativ (o'zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori darajada bo'lishi; 4) axborot vositasida o'zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida nazariy tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo'lishi; 5) o'zini refleksiyalash (o'z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo'lishi; 6) axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish usullarini, uni o'zgartirish, uzatish va integratsiyalash madaniyatini o'zlashtirish. Pedagog-olim V. K. Selevko esa o'qituvchining kompyuter savodxonligini kompyuterli texnologiya mazmunining muhim qismi deb hisoblaydi va uning tarkibiga quyidagilarni kiritadi: informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish; kompyuterli texnikaning umumiy tuzilishi va funksional imkoniyatlarini bilish; zamonaviy operatsion tizimlarni bilish; umumiy vazifa bajaradigan zamonaviy dasturning qobiqlar va operatsion vositalarini (Norton Commander, Windows va boshqalarini) bilish hamda ularning vazifalarini o'zlashtirish; hech bo'lmaganda bir matn redaktorini o'zlashtirganlik; dasturlashtirish algoritmlari, tillari va paketlari haqidagi boshlang'ich tasavvurlarining bo'lishi; utilitar (amaliy foyda beradigan) vazifalarini bajaradigan amaliy dasturlaridan foydalanishning boshlang'ich tajribasi. Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda jadallik bilan rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod kompyuterlarining, yangi dasturlarining chiqishi, turli ta'limiy vazifalarni hal etish qulay texnikafiy imkoniyatlar ochib beradi. Biroq ilmiy izlanishlar o'quv maqsadida foydalaniladigan axborot tizimlari o'z didaktik sifatlariga ko'ra hali ham qoniqarsiz darajada ekanligini ko'rsatadi. Buning sababi shundaki, axborot texnologiyalarini o'qitish maqsadlarida foydalanishning metodik (pedagogik) vositalari axborotlashtirishning texnikaviy vositalari rivojlanishidan ancha orqada qolib ketyapti. Kompyuterning imkoniyatlari juda katta, biroq pedagogik maqsadlarda u yetarli darajada foydalanilmayapti. O'qitish maqsadidagi axborot uni loyihalashtirish bosqichida kiritiladi. Xususan, axborot avtomatlashtirilgan o'qitish tizimlarining ma'lumotlar bazasini yaratishda, elektron darsliklarni tuzish uchun o'quv materialini tayyorlashda, modellashtiriuvchi turdagi kompyuter tizimlari bilan o'quv ishlarining ssenariylarini, masalalar va mashqlar, test topshiriqlari tuzishda kiritiladi. Axborot texnologiyalari bir yo'la bir necha fan sohalariga informatika, matematika, kibernetika, psixologiya, pedagogika kabi fanlarga oid ma'lumotlarni birlashtiradi. Biroq bu uyg'unlikda psixologikpedagogik asos yetakchi o'rin tutadi. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va o'qitish jarayoniga joriy qilish muhim o'rin egallaydi. Yangi axborot texnologiyalari o'quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun katta ahamiyatga ega. Odatdagi ta'limiy texnologiyalardan farqli ravishda, axborot texnologiyalarida mehnat predmeti va uning natijasi sifatida axborot, mehnat quroli bo'lib esa axborotlashtirishning texnikaviy vositalari xizmat qiladi. Kompyuter vositalari o'quv-tarbiya jarayonining turli bosqichlarida: o'quvchilarga o'quv materiallarini taqdim etish bosqichida; kompyuter bilan interfaol o'zaro birgalashib, harakat qilish jarayonida o'quv materialini o'zlashtirishda; o'zlashtirilgan bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni takrorlash va mustahkamlashda; - o'qitishda erishilgan natijalarni oraliq va yakuniy nazorat qilish va o'zo'zini nazorat qilish bosqichida; o'quv materialini qismlarga bo'lish, uni klassifikatsiyalash va tizimlashtirishni takomillashtirish orqali o'qitish jarayoniga va uning natijalariga tuzatishlar kiritish bosqichida foydalanilishi mumkin. Oqilona tuzilgan kompyuterli o'qitish dasturlari axborotni o'quvchi tomonidan o'zlashtirilishining psixologik va pedagogik qoidalari e'tiborga olingan taqdirda o'qitishni individuallashtirish va differensiyalashtirishga, bolalarning qiziqishlari va o'qishdagi mustaqil faoliyatini rag'batlantirishga imkon beradi. Maktab pedagogik jarayonida kompyuter o'qituvchi, ishchi qurol, o'qitish obyekti, hamkorlik qiluvchi jamoa, bo'sh vaqt (o'yin) muhiti xizmatlarini bajarishi mumkin (G. K. Selefko). Kompyuter o'qituvchi sifatida o'qituvchini va kitobni qisman yoki to'liq o'rnini bosadigan o'quv axboroti manbai; Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha soalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot texnologiyalarini umumta'lim maktablari ta'lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog'i har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat'iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi. Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo'lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta'lim maktablari ta'lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo'l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o'z-o'zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o'stirishda tutayotgan o'rni va ta'siri ortib borayotganligini inkor etib bo'lmaydi. Umumiy ta'lim maktablaridagi ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o'qituvchi va o'quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan: axborot yig'ishning yangi usullarini va ularni qo'llashni bilib oladilar, bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi; mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi; bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o'stirishga yordam beradi. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta'lim sohasida, o'quv faoliyatida va o'quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta'limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg'unlashtirishga imkon beradi. O'qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog'lash imkoniyati paydo bo'ladi. Axborot texnologiyalarini qo'l- lashda o'quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o'quvchi shaxsini rivojlantirishning to'laqonli vositasiga aylantirish uchun o'qituvchining o'zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo'lishi kerak. Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova-Toporkova va boshqalar o'qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimdonliginiquyidagi sifatlar bilan baholaydilar: zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga qodirlik, shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish; umumiy komunikativ (o'zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori darajada bo'lishi; axborot vositasida o'zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida nazariy tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo'lishi; o'zini refleksiyalash (o'z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo'lishi; axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish usullarini, uni o'zgartirish, uzatish va integratsiyalash madaniyatini o'zlashtirish. Pedagog-olim V. K. Selevko esa o'qituvchining kompyuter savodxonligini kompyuterli texnologiya mazmunining muhim qismi deb hisoblaydi va uning tarkibiga quyidagilarni kiritadi: informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish, kompyuterli texnikaning umumiy tuzilishi va funksional imkoniyatlarini bilish; zamonaviy operatsion tizimlarni bilish; umumiy vazifa bajaradigan zamonaviy dasturning qobiqlar va operatsion vositalarini (Norton Commander, Windows va boshqalarini) bilish hamda ularning vazifalarini o'zlashtirish; hech bo'lmaganda bir matn redaktorini o'zlashtirganlik; dasturlashtirish algoritmlari, tillari va paketlari haqidagi boshlang'ich tasavvurlarining bo'lishi; utilitar (amaliy foyda beradigan) vazifalarini bajaradigan amaliy dasturlaridan foydalanishning boshlang'ich tajribasi. Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda jadallik bilan rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod kompyuterlarining, yangi dasturlarining chiqishi, turli ta'limiy vazifalarni hal etish qulay texnikafiy imkoniyatlar ochib beradi. Biroq ilmiy izlanishlar o'quv maqsadida foydalaniladigan axborot tizimlari o'z didaktik sifatlariga ko'ra hali ham qoniqarsiz darajada ekanligini ko'rsatadi. Buning sababi shundaki, axborot texnologiyalarini o'qitish maqsadlarida foydalanishning metodik (pedagogik) vositalari axborotlashtirishning texnikaviy vositalari rivojlanishidan ancha orqada qolib ketyapti. Kompyuterning imkoniyatlari juda katta, biroq pedagogik maqsadlarda u yetarli darajada foydalanilmayapti. O'qitish maqsadidagi axborot uni loyihalashtirish bosqichida kiritiladi. Xususan, axborot avtomatlashtirilgan o'qitish tizimlarining ma'lumotlar bazasini yaratishda, elektron darsliklarni tuzish uchun o'quv materialini tayyorlashda, modellashtiriuvchi turdagi kompyuter tizimlari bilan o'quv ishlarining ssenariylarini, masalalar va mashqlar, test topshiriqlari tuzishda kiritiladi. Axborot texnologiyalari bir yo'la bir necha fan sohalariga informatika, matematika, kibernetika, psixologiya, pedagogika kabi fanlarga oid ma'lumotlarni birlashtiradi 1. Mobil internet texnologiyalari. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 foizni, davlat byudjetiga tushumlar bo'yicha 3,6 foizni tashkilqiladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda mobil aloqa abonentlari soni 21,4 milliondan oshdi. Bugun nafaqat shaharlarimizda, viloyat va tumanlar markazlarida, balki uzoq qishloq joylarda ham aholini internet, mobil aloqa xizmatlari bilan to'liq hamda sifatli qamrab olish dolzarb hisoblanadi. Biroq aholimizning ko'rsatilayotgan aloqa xizmatlari sifatidan ko'ngli to'layapti, deb bo'lmaydi. Chunki insonlar mobil aloqadan shunchaki gaplashish uchun emas, ko'proq internet, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga e'tibor qaratayapti. Bu esa, o'z-o'zidan, respublikamizning barcha hududini 3G, LTE texnologiyalari bilan qamrab olish zaruratini kun tartibiga olib chiqmoqda. Internet manbalarida ko'rsatilishicha, 4-avlod texnologiyalari 12 mingdan ortiq aholi punktlarining bir foizini qamrab olgan xolos. Jumladan, mobil aloqa tarmoqlarida har qanday formatdagi (ovozli, fayl va video) ma'lumotlarni yuqori tezlikda almashish imkonini beruvchi 4G standartini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilayotir. Joriy yilda mobil operatorlarimiz tomonidan yurtimiz hududida, tuman hamda shahar markazlarida 450 ta 4G mobil baza stansiyasini o'matish rejalashtirilgan. Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko'rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog'idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya'ni "International Network" xalqaro tarmoq va "Interconnected networks" «tarmoqlararo» degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo'lib, o'zining alohida axborot maydoniga ega bo'lgan virtual to'plamdan tashkil topadi. Internet tarmog'i, unga ulangan barcha kompyuterlarning o'zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet alohida kompyuterlar o'rtasida aloqa o'rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o'zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar bironbir mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan bo'lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stantsiyasi Internet xizmatlaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, Internet tarmog'iga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud bo'lib, ularni xost kompyuterlar deb ataladi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o'z manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin. Internet tarmog'ining texnik ta'minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun'iy yo'ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. Internet tarmog'ining dasturiy ta'minoti tarmoqqa ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida ishlashni ta'minlovchi dasturlar hisoblanadi. Internet tarmog'ining axborot ta'minoti Internet tarmog'ida mavjud bo'lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, web-sayt va hokazo ko'rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan. Internetning ikkita asosiy vazifasi bo'lib, buning birinchisi axborot makoni bo'lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir. Internet tarmog'iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sun'iy yo'ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniyasi) boyicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, ya'ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko'rinishida amalga oshiriladi. Internet tarmog'iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans tugatgandan so'ng telefon tarmog'i bo'shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi foydalaniishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug'i shundaki, ular Internetga to'g'ridan to'g'ri ulanishga imkon beradi. aloqa tizimida barcha ma'lumotlar mobil telefon orqali elektromagnit to'lqinlari ko'rinishida simsiz havo orqali uzatiladi. Mobil aloqa xizmati operatorlari Telefon liniyasi orqali «Chaqiruv» boyicha Internetga bog'lanish Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o'rtasida amalga oshiriladi. Mobil abonentlar uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotdir. Operatorlar vazifasiga radio chastotadan foydalanish va xizmat ko'rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o'zining mobil tarmog'ini tashkil qilish, foydalanish, xizmat shartlarini ishlab chiqarish, xizmat to'lovlarini yig'ish va texnik xizmat ko'rsatish kiradi. Hozirgi paytda O'zbekiston hududida bir nechta mobil aloqa operatorlari xizmat ko'rsatmoqda, bularga misol qilib "Yunitel" MCHJ HK - Beeline, "Koskom" MCHJ Ucell, "Rubicon wireless comunication" MCHJ "Perfektum Mobile", O'zbektelekom AK "O'zbektelekom Mobile" kabilarni keltirish mumkin. Ushbu mobil operatori tomonidan bugungi kunda mobil so'zlashuv, SMS, MMS, GPRS, Internet kabi xizmatlar ko'rsatilmoqda. Mobil aloqa xizmatlari mobil aloqa vositalari yordamida abonentlarning o'zlashuvi, mobil internet va pochta xizmatlari amalga oshiriladi. So'zlashuv-telefon raqami terilganda joriy mobil operator tayanch stansiyaning antennasi chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlarni aniqlaydi. Shundan so'ng ushbu axborot uzib ulagichga (kommutator) yuborilib ikkita abonent bog'lanadi va ushbu abonentlar orasida so'zlashuv (ma'lumot almashinish) amalga oshiriladi. YA'ni ikkita harakatlanuvchi abonentning mobil telefonlar orqali o'zaro muloqoti - so'zlashuvdir. Mobil Internet - harakatdagi abonentlar uchun mobil aloqatarmoqlari orqali Internet resurslaridan foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so'rovlar va so'zlashish ma'lumotlari axborotlarning paketli ko'rinishida uzatiladi. Bunda yuqori darajali xizmatni amalga oshirish, ayniqsa biznesni samarali boshqarish imkoniyati yaratiladi. Mobil Internetning qulayligi shundan iboratki, bunda foydalanuvchining qayerda va qanday holatda bo'lishidan qat'iy nazar u mobil aloqa atrmog'i orqali Internet xizmatlaridan foydalanishi imkoniyatiga ega bo'ladi. Mobil Internet xizmatidan foydalanish uchun maxsus simsiz modem qurilmasi yoki ushbu xizmat yoqtirilgan mobil telefon bo'lishi kerak. Mobil pochta - Internet resurslaridan foydalangan holda abonentning mobil telefoni orqali shaxsiy elektron pochta xizmatidan foydalanish imkoniyati. Bunda Internet tarmog'i yordamida oddiy elektron pochta xizmatidan foydalish kabi mobil telefonlar yoki boshqa mobil aloqa vositalari orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda elektron pochta xizmatidan foydalanish, ya'ni pochta xabarlarini olish, o'qish va javob yo'llash mumkin. Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar. Hozirgi kunda mobil telefonlarning va boshqa mobil aloqa vositalarining ko'plab turlari ishlab chiqarilmoqda-ki, bu vositalar bajaradigan vazifalari jihatidan shaxsiy kompyuterdan qolishmaydi. Bunday mobil aloqa vositalari yordamida hujjatlar bilan ishlash, musiqa tinglash, videoklip tomosha qilish, o'yinlar o'ynash, hatto radioeshittirish va televideniyedan ham bahramand bo'lish mumkin. Smartfon (smartphone) inglizchadan tarjima qilinganda "aqlli telefon" ma'nosini anglatadi. Funksionalligi jihatidan cho'ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bo'lgan mobil telefon. Bunda cho'ntak kompyuterining barcha vazifalari mujassamlangan. iPhone to'rt diapazonli multimediyali smartfonlar lineykasi. iPhone o'zida telefonning asosiy vazifalaridan tashqari kommunikator va internet planshetlarning asosiy funksiyalarini ham qamrab olgan. Internet planshetlar bu maxsus mobil qurilma bo'lib, shaxsiy kompyuterning klassik namunasidir. Planshetlar (masalan iPad) tashqi ko'rinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo'lib, boshqa qo'shimcha qurilmalar (sichqoncha, klaviatura) virtual ko'rinishda tashkil etilgan. Planshetlar to'liqligicha mobil aloqa muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan. Mobil aloqa vositalari yordamida axborotlarni uzatish Bluetooth, SMS va MMS texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. Bluetooth kichik qamrov doirasiga ega bo'lgan simsiz aloqa texnologiyasi. Tarmoq qurilmalari orasidagi o'zaro muloqotni va ularning Internetga ulanishini yengillashtiradi. U, shuningdek, turli elektron qurilmalari va kompyuterlar orasida ma'lumotlar almashishni osonlashtiradi. Bluetooth kichik ma'lumot oqimlarini uzatish uchun mo'ljallangan, shuning uchun mahalliy va global tarmoq texnologiyalarining o'mini bosa olmaydi. SMS (Short Message Service) qisqa xabarlar xizmati. Mobil aloqa tarmoqlarida abonentlarning bir-birlariga qisqa matn xabarlarini uzatish va qabul qilish xizmati hisoblanadi. Qisqa xabarlar deyilishiga asosiy sabab, texnologik jihatdan bir xabar uzatishda 140 ta belgidan iborat bo'lgan hajmdagi axborotni uzatish mumkin. MMS (Multimedia Messaging Service) GPRS texnologiyasiga asoslangan multimedia xabarlarini almashish xizmati. Xizmat rangli rasm, fotosurat, musiqa va hatto videoroliklarni uzatish va qabul qilish imkonini beradi. MMS texnologiyasi bevosita xabar matniga tasvir va musiqani biriktirishni nazarda tutadi. MMS- xabarlarni jo'natish-qabul qilish uchun, MMS xizmatni nafaqat telefon qurilmasi, balki mobil aloqa operatori ham qo'llashi zarur. Internet xizmatlari deganda tarmoqdagi xizmatlar tushuniladi. Ular quyidagilardan iborat:WWW xizmati grafik, audio va video materiallarni o'z ichiga olgan gipermatnli hujjatlarni ko'rish va topish; telnet kompyuterga uzoqdan bog'lanish; ftp fayllarni uzatish; e-mail xabarlarni uzatish: usenet elektron e'lonlar taxtasi, telekonferensiyalar, gopher matnli hujjatlarni ko'rish va topish. WWW xizmati bu Internetning eng ommaviy va eng taniqli xizmati bo'lib, 1993-94-yillarda Internet tarkibiga kiritilgan. Uni «O'rgimchak to'ri>>> yoki sodda qilib Web deb ham atashadi. E-mail elektron pochtani uzatish xizmati Internet tarmog'ining ixtiyoriy abonenti bilan pochta almashinuvini amalga oshirish mumkin. Ham matnli, ham ikkilik fayllarni uzatish imkoniyati mavjud. MCI Mail - savdo uchun mo'ljallangan va Internet bilan bog'langan.
Xulosa
Pedagogik amaliyot haqida xulosam shundan iboratki, o'rgangan bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llab mustaqil dars o'tishga tayyorlanish kerak ekan. Bunday tajriba oshirish uchun yillar davomida harakat qilinar ekan. Bu borada qancha ko'p o'qisak va qancha ko'p bilsak ham kam. Bo'lajak pedagog uchun eng kerakli narsa o'quv jarayonini nazorat qila olish. Bunda bizga eng kerakli hislatlar mutaxasislik fanlarimizning barchasi hamda nutq madaniyati, metodika, axborot taxnologiyani, kompyuterni mukammal bilishimiz kerak. Informatika fani o'qituvchisi iloji boricha dars jarayoning 1 daqiqa vaqtini ham e'tiborini chetda qoldirmaslikka harakat qildim. Universitutda ustozlarimiz bergan bilimlari asosida dars uchun tahlil yozdim va o'zim uchun kerakli xulosalar oldim. Dars ishlanmalari yozilish qoidalarini amaliy tahlil qilishni o'rgandim. Darslarning samadorligi uchun qanday metodlar tanlash joizligi haqida tushuncha oldim.
Download 81,1 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 81,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter bilan ishlaganda texnik xafsizligi Microsoft Word dasturi haqida

Download 81,1 Kb.