reja. Dialektik va sinergetek metodlari




Download 34,38 Kb.
bet2/9
Sana13.08.2024
Hajmi34,38 Kb.
#269446
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamatov Nodir 3

reja. Dialektik va sinergetek metodlari


Dialektika metodi
Dialektika ta’limotini muhim vazifalaridan biri insonni olam bilan bog‘lab turadigan, predmetlarning harakatlari va o‘zgarishlarida namoyon bo‘ladigan aloqadorliklar va qonuniyatlar to‘g‘risida umumiy tasavvurlarni, tushunchalarni shakllantirishdir.
Borliqni dialektik tarzda o‘rganishni muhim nazariy natijalaridan bir – moddiy va ma’naviy predmetlar olamida yakka, juz’iy va umumiy aloqa va bog‘lanishlar bilan birga eng umumiy, universal (har tomonlama, beistisno barcha narsa va hodisalarga xos bo‘lgan) aloqadorliklar mavjudligi haqidagi talimot bo‘lib, yalpi, universal aloqadorlik munosabat, aloqa, bog‘lanish, ta’sir va aks ta’sir orqali o‘zini namoyon etadi. Shu bilan birga munosabat har qanday aloqa, bog‘lanish, ta’sir va o‘zaro ta’sirga xos bo‘lgan muhim tomon yoki jihatdir.
Eng Qadimgi va keng tarqalgan falsafiy metodlardan biri dialektika bo‘lsa ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika eklektika, analitik, (hozirgi zamon analitik falsafasi), intui-tiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa turlari ham mavjud. Endilikda turli metodlarni birlashtirish jarayoni ham ro‘y bermoqda (masalan, Gadamer germenevtikani ratsional dialektika bilan birlashtirishga harakat qiladi).
Dialektika (yunon. dialektika - bahs, suhbat) tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish san’ati, degan ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishdir. Unga ko‘ra, olamda o‘z o‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yo‘nalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar va voqyealar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon bo‘ladi.
Masalan, insoniyat tarixida bu usulga asosan yondashilganida, u uzluksiz tarzda ro‘y beradigan avlodlar o‘rin almashuvi, birining o‘rniga ikkinchisi kelishi, muayyan qadriyatlarni meros qoldirishi va yangilikning eskilikni inkor qilishidan iborat doimiy va takrorlanib turadigan jarayondir. Bashariyatning muayyan davrida esa, shu zamonning ijtimoiy manzarasini belgilaydigan turli urug‘ yoki qabilalar, davlat, millat va xalqlar, oqim va yo‘nalishlar, g‘oya va mafkuralarning xilma-xil shakllarini ko‘rish, ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bo‘lishini kuzatish mumkin.
Taraqqiyot jarayonida avlodlar, davrlar, siyosiy tuzumlar, umuman ijtimoiy voqyea va hodisalar o‘z-o‘zidan avtomatik tarzda sodir bo‘lib, nom-nishonsiz yo‘qolib ketmaydi. Balki ularning barchasi insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarning hosilasi, ijtimoiy jarayonlarning natijasi, biror sababning oqibati sifatida namoyon bo‘ladi. Bir davr ikkinchisining o‘rniga, bir avlod oldingisidan keyin, bir voqyea boshqasining ortidan sodir bo‘lib turadi. Ana shu abadiy va azaliy uzluksizlik, doimiy aloqador vaqtning orqaga qaytmasligi va voqyealarning ketma-ketligi tarzidagi bog‘lanishlar, rivojlanish va taraqqiyot, olamning barangligi va uyg‘unligi dialektikaning asosiy tamoyillarini tashkil qiladi.
Falsafada mazkur tamoyillarga asoslangan tafakkurni - dialektik tafakkur, ana shunday dunyoqarashni - dialektik dunyoqalash yondashuvni - dialektik yondashuv, metodni - dialektik metod deb atash an’anaga aylangan. Shu bilan birga, u yoki bu olimning ushbu tamoyillarga asoslanadigan dunyoqarashi, falsafiy ta’limotlari ham bor. Masalan, Demokrit va Geraklit dialektikasi, Kant yoki Gegel dialektikasi deyilganda ana shunday hol nazarda tutiladi.
Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risida xilma-xil qarashlar bo‘lgan. Antik davr dialektikasi sodda va stixiyali bo‘lib, asosan, hayotiy tajribaga asoslangan. O’sha davrda "Dialektika" so‘zini birinchi bo‘lib Suqrot (er.av. 469-399 y.) o‘z falsafiy faoliyatida qo‘llagan. Suqrot dialektikani mayevtika (harflarni yaratish san’ati) bilan taqqoslagan. Zotan, mulohaza qilish shunday dialektik usuldirki, uning natijasida raqib nutqidagi ichki ziddiyatlar ochiladi yoki fikrlash jarayonida yangi ixtilofli fikr-mulohazalar paydo bo‘ladi. Suqrot boshqalarni haqiqatni izlashga da’vat etar ekan, o‘z onasi deya Fenareti ishini davom ettirayapman, deb izohlaydi.
"Dialektika" so‘zi paydo bo‘lishiga qadar antik falsafada mazmuniga ko‘ra dialektik bo‘lgan nazariyalar shakllana boshlagan edi. O’tmish mutafakkirlari o‘z zamonida dunyoning yagona birligi sokinlik, bu bir butunlik ichida doimiy uzluksiz o‘zgarishlar, yaratish jarayoni sodir bo‘luvchi koinot haqidagi fikrlarni ilgari surganlar. Ular koinot o‘zgaruvchanlik va barqarorlikning ziddiyati sifatida tasavvur qilganlar. Borliqning umumiy o‘zgaruvchanligi bir narsaning ikkinchi narsaga - yerning suvga, suvning havoga, havo-ning olovga, olovning efirga aylanishi va qayta takrorlanishi bilan xarakterlanadi, deb hisoblaganlar.
Masalan, Geraklit (er.av 540—483 y.) umumiy o‘zgaruvchanlikning universalligini shunday izoxdaydi: "Ariqda oqayotgan muayyan suvga ikki marta tushib bo‘lmaydi, chunki yangi va yangi suvlar oqib kelaveradi. O’zgaruvchanlikning manbai kurashdir". O’zgaruvchanlik antik dialektik nazariyada yangini yaratmasdan bir-birini takrorlovchi jarayon sifatida mavhum tushunilgan. Aynan shundan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi dunyoning yagona birligi sifatida cheksiz koinot obrazi yaratilgan. Shunga ko‘ra, Geraklit ziddiyatlarning ayniyligini yaxshilik va yomonlikning bir xil ekanligini ta’kidlaydi. Bu mutafakkir ijodining qonuniy natijasi bo‘lib, u reallikning nazariy modelini yaratadi. Geraklit zildiyatlar haqida gapirmaydi, bu tushuncha fanga Aristotel tomonidan kiritilgan.
Aristotel (Arastu) (er.av. 384-322 y.) Aflotun ta’limotini tanqidiy o‘rganar ekan, o‘zgaruvchanlik muammosini taraqqiyot omili sifatida tahlil qiladi. Uning dialektikasiga xos alohida xususiyatlar, avvalo, taraqqiyotni moddiylik, harakatda, formal va sababiy bog‘lanishdaligini tan olishda, yangi bosqichni boshqalari bilan bog‘liq emas, deb tushunishda yaqqol ko‘rinadi. Ikkinchidan Aristotel ziddiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar doirasini yaratadi. Ziddiyatlarning mutlaq mos kelishini inkor qilar ekan, mutlaqo mos kelmasligini ham inkor qiladi, biroq ularning qandaydir holatida mavjudligini tan oladi. Uchinchidan, Aristotel formal mantiqqa asos solar ekan, uning ontologiyada namoyon bo‘lishi va u esa, o‘z navbatida, mazmunan progressiv, shaklan mukammal falsafiy metodni yaratish zarurligiga olib keladi, deb hisoblaydi. To‘rtinchidan, Aristotel o‘sha davrdayoq bu asosiy falsafiy metodning yo‘nalishini belg‘ilab beradi.
Dialektik metod yangi davrda, xususan, nemis falsafasida, ayniqsa Kant, Fixte, Shelling va Gegel tomonidan yanada chuqurroq tahlil qilingan.
Yangi davrning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu davrga kelib taraqqiyotga yangicha munosabat shakllandi. Dialektik metod predmetlarda emas, balki munosabatlarda o‘z aksini topa boshladi. Bu cheksizlik haqidagi g‘oyani qayta ishlash bilan bog‘liq edi. Cheksizlik g‘oyasining yangicha talqini paradoksal nazariya shaklida namoyon bo‘ldi. Bu Kantning planetar sistemalarning tumanlikdan paydo bo‘lganligi xdqidagi gipotezani yaratishi bilan bog‘liq. Bilish nazariyasida Kant ikki mulohazaning ziddiyatliligi antinomiyasini ochib tashlar ekan, bunda har ikkalasini yetarli asosga ega, deb hisoblaydi. Masalan: 1. Dunyo vaqtda boshlangich nuqtaga ega va zamonda cheklidir. 2. Dunyo vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega emas va zamonda cheksizdir.
Kant ziddiyatlarga eskicha, ya’ni inson aqlining illyuziyasi sifatida qaraydi. U bu ziddiyatlarni yangi nazariya yaratish jarayonida kashf qiladi, biroqundan qutilish yo‘lini ko‘rsata olmaydi. Ularga aqlning xatosi sifatida qarash kerakmi? Hissiy idrok qilishda xatoga yo‘l qo‘yilar ekan, akdning xatoligidan shubhalanish to‘g‘ri-mikan? - degan savollarga javob izlagan Kant akddagi ziddiyatlarni bartaraf qilish yo‘lini topadiki, aynan shu yo‘l pozitiv dialektikaning asosi bo‘ladi. Bunda inson aqli o‘zgaruvchanligining tarixiyligi tan olinadi, aklning xatosi esa tarixiy asosga ega bo‘lib, u taraqqiyotning cheksizligi, bilish jarayonini to‘g‘ri tushunish qobiyaliyatiga ega emas. Kant dialektika metodidan yangicha foydalanish imkoniyatini ko‘rsatdi, taraqqiyot muammosini yangicha qo‘yish va hal qilish zaruriyatini e’tirof etdi. Taraqqiyotning yangi nazariyasini Kant subyekt aklining dialektik xarakteri bilan bog‘ladi va subyektiv dialektikani asoslab berdi.
Dialektika taraqqiyotining keyingi imkoniyatlari Gegel falsafasida o‘z ifodasini topdi.
Gegel dialektikani falsafa taraqqiyotining umumiy nazariya-si sifatida asoslab bergan. Ma’lumki, o‘rta asr ratsionalizmi taj-ribaning ahamiyatini va nazariyaning empirik paydo bo‘lishini tan olishi bilan xarakterlanar edi. Gegel fikrlari boshqacha xa-rakterga ega. U falsafa o‘z xususiyatlarini asoslovchi metodga ega bo‘lmas ekan, fan bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi.
Gegel dialektik metodni mukammallashtirish mumkinligini va u yagona haqiqiy metodligini ta’kidlaydi.
Falsafa metodi tabiat va ruh taraqqiyotini ifodalovchi fikr harakatiga adekvat bo‘lishi lozim. Gegel o‘z metodida shunday adekvatlikka erishilganligiga ishonadi. Gegel dialektikasini tushunish uchun dastavval gegelcha dialektikaning rezonans, salbiy, pozitiv dialektika kabi shakllarini tahlil qilish lozim.
Rezonans (subyektiv) dialektika - subyekt tafakkuri bo‘lib, u predmetdagi ziddiyatlarni ifodalaydi, biroq mavjud ziddiyat-lardan ilgarilab ketadi. Subyekt faqat buni izoxlash bilan kifoyalanadi, xolos.
Salbiy (obyektiv) dialektika rezonans dialektikadan ba’zi ustuvorlikka ega, chunki u boshlanishidan ancha ilgariroq harakat qiladi. "U tomon", " Bu tomon" kabi izoxlashlar mutlaq butunlikni inkor qiladi. Salbiy dialektika mustahkam narsalarni sindirishga intiladi. Uning kuchi aynan shundadir. Ojizligi esa, ularning o‘zidagi cheklanganlikni izohlar ekan, judayam kam maqsadga erishiladi. Uning natijasi iol, salbiy, tasdiqlash unda hali namoyon bo‘lgan emas.
Dialektikaning rezonans va salbiy shaklidan farq qiluvchi yuqoriroq shakli ichki (immanent) dialektikadir. Bu nafaqat rezonans va inkor qiluvchi, balki yaratuvchi dialektikadir. Chunki u predmetking immanent harakat birligidagi taraqqiyot mantig‘i si-fatida namoyon bo‘ladi. Shunga binoan, fan predmetni immanent O’rganadi. Predmetni immanent o‘rganmoq nima? Bu mazmunni sof tushunchada isbotlamoq, ya’ni predmetning mohiyatini isbotlamoqdir. Gegel fikricha, dialektik ziddiyatlar - ruhning ziddiyati. Pirovard natijada mazkur ziddiyatlar real borliqdagi ziddiyatlarni aks etgiruvchi subyekt tafakkuridagi ziddiyatlar bo‘lib, Gegel uni g‘oyaning o‘z-o‘zini namoyon qilishidagi ziddiyatlar sifatida aks ettiradi. Gegel fikricha, dialektika mutlakdikdan boshlanadi va u bilan tugaydi. Bu dialektik nazardan faqat mutlaqlik real bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Gegel dialektikasi mutlak aql faoliyatining nazariyasi, mantig‘i va metodi sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, idealistikdialektika bo‘lgani singari materialistik dialektika ham bor. U moddiylikning yashash tamoyillari, kategoriyalar va qonunlarining yagona, bir butun tizimini ifodalaydi.
Umuman olganda, dialektik metodga ko‘ra, agar obyektiv olamda doimiy rivojlanish, paydo bo‘lish va yo‘qolish, hodisalarning‘ o‘zaro bir-biriga o‘tishi bo‘lar ekan, unda tushuncha, kategoriya va tafakkurning mavjud shakllari, harakatchan, o‘zaro bog‘liqlikda, ziddiyatlar birligida bo‘lib, rivojlanuvchi real haqiqatni to‘g‘ri aks ettirishi kerak. Shuning uchun dialektikaning asosiy tamoyili tarixiylik bo‘lib, u predmetning doimiy rivojlanishda, o‘zgarishda va harakatdaligini ifodalaydi.
Bizni o‘rab turgan olam yagona bir butunlik, aniqtizim bo‘lib, bir-biri bilan uzviy bog‘liq predmetlar xilma-xilligi yagonalikda, bir-biri bilan o‘zaro ta’sir va o‘zaro uzviy bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Shunga mos ravishda dialektikaning yana bir tamoyiliga ko‘ra, har qanday narsani faqat undagi ichki va tashqi tomonlar mujassamligini tadqiq qilgandagina to‘g‘ri tushunish mumkin. Dialektikaning obyektivlik, konkretlik, determinizm va boshqa tamoyillari ham mavjud.

Download 34,38 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 34,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



reja. Dialektik va sinergetek metodlari

Download 34,38 Kb.