|
Reja. Sotsial tarmoqlarning ta’sir etish usullari
|
bet | 110/143 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #259466 |
Bog'liq Kompyuter falsafasiReja. Sotsial tarmoqlarning ta’sir etish usullari
O’tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchilar soni 87 foizni, ro‘yhatdan o‘tganlar soni 93 foizni hamda mazkur tarmoqda faoliyat yurituvchilar soni 89 foizni tashkil qilgan. 2018-2021 yillar oralig‘ida ijtimoiy internet tarmog‘i foydalanuvchilarining o‘sish shkalasi quyidagi tartibda o‘sib borgan. Aynann pandemiya davrida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar sonining keskin o‘sganini kuzatish mumkin. Internet tarmog‘i hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari amalda “Followyer”- kuzatuvchi nomi bilan yuritiladi. Folloverlarning o‘rtacha yosh ko‘rsatgichi 16-34 yoshni tashkil qilib ular axborot olish va tarqatish, ko‘ngilochar, ta’lim, muloqot hamda iqtisodiy maqsadlarda foydalanishadi.
Yurtimizdagi ijtimoiy tarmoqda faoliyat yurituvchi bloger va folloverlarning soni quyidagi tartibda.
Xushnudbek-376700
Davletovuz-57000
Davron Fayziyev-75000
Fayzbog (Temur malik)-21000
Alimoff-25000
Asanovformati-25000
Raisbuva-57500
Muhrim10500
Rasul Kushirbayev-53000
Bu o‘rtacha eng ko‘p nashr qilinishi mumkin bo‘lgan gazeta tirajidan ko‘proq ekanligini kuzatishimiz mumkin. E’tiborli jihati amalda mavjud blog va blogerlar faoliyati foydalanuvchi “follover”larga turlicha ta’sir qiladi. Jumladan, psixologik, iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy, siyosiy va ijtimoiy. Mazkur ta’sir taqdim qilinayotgan kontent tarkibi va axborot mohiyatidan kelib chiqadi. Aytib o‘tish joizki foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqda tarqalayotgan axborotning barchasini filtrlash qobiliyati (to‘g‘ri-noto‘g‘riligini tekshirish) ega emas. Mazkur “dezinformator”lar faoliyat ko‘lami va ta’sir doirasiga qarab turlicha nomlanadi. Jumladan:
Trolling
Kibberbulling
“Xeyter”lar
“Xayper”lar
“Dizkommunikator”lar
“Dizinformator”lar
Dizkreyter
“Agitator”
Yuqorida nomlari qayd etilgan dezinformator ya’ni noto‘g‘ri axborot tarqatuvchi shaxslarning faoliyati psixologik, siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaydi. Natijada:
|
| |