- reja. Texnosfera va uning mohiyati




Download 1,16 Mb.
bet72/143
Sana03.06.2024
Hajmi1,16 Mb.
#259466
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   143
Bog'liq
Kompyuter falsafasi

2- reja. Texnosfera va uning mohiyati
Texnika ilmining xususiyatlari. Texnika termini “Dialektiki texne” atamasi asosida shakllangan. Texnika falsafasida texnika va ilm- fan nisbati, texnika ilmining tabiati to‘g‘risidagi masalalar alohida o‘rin egallaydi.
Texnika ilmi ilmning quyidagi masalalar doirasini qamrab oluvchi alohida turidir: texnika obyektining genezisi va ijtimoiy mohiyati; texnikaviy obyektning rivojlanish qonuniyatlari; texnologiya jarayonlarining rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari. Jarayonlar ideal tarzda, «sof» ko‘rinishda tiklanadigan tabiyot ilmiga oid bilimdan farqli o‘laroq, texnika ilmida real konstruksiyalar sharoitiga ma’lum yaqinlashishlar asosida olinadi. Texnika ilmi amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, normativ hujjatlarda mustahkamlab qo‘yiladigan tushunchalar mazmunini standartlashtirishda o‘z ifodasini topadi.
Texnika ilmi texnikaviy obyektlarni (asbob, texnikaviy qurilma, texnika vositasi, texnika tizimi va boshqalar) hamda texnologik jarayonlarini (qurilish, mahsulot ishlab chiqarish, asbob-uskunalarni ishlatish va boshqa shu kabilarni) ta’riflovchi tushunchalar bilan ish olib boradi.
Texnikaviy obyekt – texnikaviy vazifani bajaradigan tabiiy yoki sun’iy predmet. Uning mavjudligi inson faoliyati bilan bog‘liq. Unda ishlab chiqarish vazifalari obyektlashgan va u odamlardagi bilimni gavdalantiruvchi vosita sifatida maydonga chiqadi. Texnikaviy obyektda tabiiy predmetdagi tarkibiy qismlarning tasodifiy birligi o‘rniga texnikaviy obyektning qurilmaviy barqarorligini ta’minlovchi hamda uning o‘z-o‘zidan yemirilishiga to‘sqinlik qiluvchi zaruriy va qonuniy birligi yuzaga keladi.
Texnologik jarayon yoki texnologiya - texnikaviy obyektning o‘zgartirilayotgan predmet bilan o‘zaro ta’siri jarayonidir. U mazkur o‘zaro ta’sir usullari, texnikaviy obyektning ta’sir ko‘rsatish izchilligi, predmetning o‘zgarish jarayonlaridan iboratdir.
Texnika ilmining o‘sishi texnika taraqqiyoti va texnologiyalar rivojining asosiy tamoyillari bilan belgilanadi. Qurol yasash sohasida faoliyat ilm-fan rivojiga qadar bo‘lgan texnika ilmining asosi va manbaidir. Texnika ilmi rivojidagi sifat o‘zgarishi mashina texnikasining paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Buning natijasida XVSh asrning oxiri va XIX asr boshlarida mashinalar mexanikasi paydo bo‘ldi. XIX asr o‘rtalariga kelib, mashina texnikasining tuzilishiga ko‘ra murakkab va bajaradigan vazifasiga ko‘ra rang-barang energetik, transport, axborot tizimlarini yaratishga qaratilgan butun boshli texnika fanlari majmui shakllandi. XIX asrda texnikaga oid ilmlar gurkirab rivojlandi. Texnika ilmi bugungi kunda fanning o‘nlab, yuzlab alohida sohalarini qamrab olgan.
T

Download 1,16 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   143




Download 1,16 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- reja. Texnosfera va uning mohiyati

Download 1,16 Mb.