Kompyuter grafikasi faniga kirish




Download 2,64 Mb.
bet4/7
Sana31.05.2024
Hajmi2,64 Mb.
#258559
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza 1-dars (Kompyuter grafikasi faniga kirish)

Fraktal grafika. Fraktal grafikasi asosan matematik amallar asosida grafik kompozitsiya tuzishda qo‘llaniladi. Bugungi kunda videoroliklar, kliplar, videoo‘yinlar yaratishda fraktal grafikasining o‘rni beqiyosdir. Fantastik janrdagi kinofil’mlarda yoki kompyuter o‘yinlarida atrof muhitning murakkab kompozitsiyalari (o‘rmonlar, tog‘ lar, shahar qiyofasi va h.) yaratishda fraktal grafikasidan keng foydalaniladi.
Fraktal grafikasining qo‘llanish printsipi proektiv geometriyaning qonuniyatlariga asoslangan bo‘lib, oddiy geometrik elementni o‘ziga o‘xshash akslantirishdan iborat. Aytaylik qish sovug‘ ida deraza oynasidagi naqshlar yoki kristal panjaralarning hosil bo‘lishi insonni ajablantiradi. Bunday hodisa va jarayonlrni kompyuterda modellashtirish, ularning formula asosida qonuniyatlarini topish bir qarashda matematik echimga ega emasday ko‘rinadi, lekin echimi oddiydan murakkablikka printsipi asosida yaratiladi. YUqorida keltirilgan misollarda agar diqqat bilan e’tibor qaratsangiz oddiy bir element, aytaylik bir dona qor parchasi xuddi shunga o‘xshash (katta yoki kichik, holati, rangi o‘zgargan) boshqa bir element bilan takrorlanadi. Bunday o‘xshash to‘plamlar fraktal to‘plamlar deb nomlanadi.
Fraktallar bizga oddiy geometriyadan ma’lum bo‘lgan figuralarga o‘xshamaydi va ma’lum bir algoritmlar asosida quriladi. Fraktal grafikasida asosiy ob’ekt bu geometrik figura emas, balki matematik formuladir. Formuladagi koeffitsientlarni o‘zgartirish asosida mutlaqo boshqa bir kompozitsiyalarni yaratish mumkin bo‘ladi.
Umuman oddiy qilib aytganda fraktallar – bu dastlabki figuraga nisbattan ko‘p marta qo‘llanilgan ma’lum bir almashtirish va o‘zgartirishlar demakdir.
Dastlabki fraktal geometriyasi g‘ oyalari XIX asrlarda vujudga kelgan.
Kantor oddiy rekursiv (qaytariladigan) funktsiya orqali chiziqni chiziqlar to‘plamiga olib keldi, keyinchalik esa Benua Mandelbrot fraktal geometriyasiga asos soldi va fraktal iborasini kiritdi.

Download 2,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2,64 Mb.