• K o m p y ut er g r a f i k a si ”
  • Kompyuter grafikasi faniga kirish




    Download 2,64 Mb.
    bet1/7
    Sana31.05.2024
    Hajmi2,64 Mb.
    #258559
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Ma\'ruza 1-dars (Kompyuter grafikasi faniga kirish)


    1-DARS


    KOMPYUTER GRAFIKASI FANIGA KIRISH


    Bugungi kun va zamon talabidan kelib chiqgan holda Kompyuter grafikasifani har bir soha bilan uzviy bog‘ lanib, unga bo‘lgan ehtiyoj tobora o‘shib borayotganligi aniq. Kompyuter grafikasining qo‘llanish ko‘lami juda keng bo‘lib, avvalom bor ushbu sohani vizualligi diqqatga sazovvordir. Ya’ni kompyuter grafikasida tasvir asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
    Ma’lumki axborot almashinuvida insonning ko‘rish sezgi organi yordamida qabul qilingan axborot eng samarali qabul qilinadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Jumladan tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta’sir etadi. Eng kam samara beruvchi axborot vositasi bu yozuvli axborot bo‘lib, uni qabul qilib olish va miyada qayta ishlashda ko‘proq vaqt sarflanadi va har bir insonning fiziologiyasidan kelib chiqgan holda axborotning ma’lum bir qismi yo‘qotilib xotirada saqlanadi.
    Kompyuter grafikasida axborotni tuzish insonning ko‘rish va eshitish sezgi organlariga qaratilgan bo‘lib, oddiy qilib aytganda axborot berish uchun tasvir va tovushdan keng foydalaniladi. Asosiy maqsad axborotni tasvir va tovushga aylantirishdan iborat.
    Bugungi kunda juda ko‘plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo‘lib, ularni qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o‘z faoliyatlari uchun qulay bo‘lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma’lum bir sohaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Demak, grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo‘llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlar murakkablashib boradi.
    Kompyuter grafikasi fani birinchi navbatda informatika fani bilan bog‘ liqdir. Kompyuterda oddiy operatsiyalar majmuasini bilmasdan turib kompyuter grafikasini o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Demak ta’lim tizimida avval informatika fani talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim ekan. Keyingi talab o‘rganiladigan grafik dasturni talabidan kelib chiqadi.



    Download 2,64 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 2,64 Mb.