• Document Outline
  • Kompyuter grafikasi haqida tushuncha




    Download 118,49 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana30.01.2024
    Hajmi118,49 Kb.
    #148744
    Bog'liq
    1M Kompyuter grafikasi haqida tushuncha



    Kompyuter grafikasi haqida tushuncha.
    Kompyuter grafikasi — grafik displey (monitor) ekranida tasviriy informatsiyani
    vizuallash (ko'rinadigan qilish) jarayonidir. Tasvirni qog'ozda, fotoplyonkada, kinolenta va
    boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda kompyuter grafikasida kompyuterda hosil
    qilingan tasvirni darhol o' chirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yo'nalishda
    toraytirish yoki cho'zish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini
    o'zgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni
    tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda,
    multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa ko'p
    sohalarda qo'llaniladi.
    Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar qatoriga bir qancha dasturlarni sanab
    o'tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel
    Draw, Adobe Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady, Adobe Flash, Discreet,
    Cinema 4d, Alias, Autodesk Maya, LightWave, Adobe Brush va hokazolardir. Ushbu
    dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy
    rasm chizish mumkin bo'lsa, ba’zilarida uylar proyektlari, ba’zilarida esa uch o'lchamli
    modellashtirish va hattoki to'rt o'lchamli modellashtirish mumkin bo'ladi. Inson tashqi
    dunyo haqidagi axborotning asosiy qismini ko'zlari yordamida qabul qiladi. Ko'rish tizimi
    turli obyektlarning tasvirini qabul qilib oladi. Ular yordamida insonda tashqi muhit va
    undagi obyektlar haqida tasavvur paydo bo'ladi. Obyektlarning tasvirini yaratish, ularni
    saqlash, qayta ishlash va tasvirlash qurilmalarida tasvirlab berish kompyuterning eng qiyin
    va asosiy masalalaridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq berilmaganda, ya’ni
    bekor turganida ham ekranida ko'rinishi kerak bo'lgan tasvirni sekundiga o'nlab marta
    qayta ishlab ko'rsatadi. Kompyuterning ekranida paydo bo'ladigan tasvirlar uning
    videokarta deb ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga chiqariladi.
    Videokartalar uchun maxsus videoprotsessorlar ishlab chiqariladi.
    Videoprotsessorlar kompyuterning asosiy protsessorini murakkabligi va hisoblash
    ishlarini bajarish tezligi bo'yicha ortda qoldirib ketgan.
    Kompyuterning ma’lumotlarni elektron ko'rinishda tasvirlash qurilmasi monitor
    (monitor - kuzatish, nazorat) deb ataladi. Kompyuterda bo'layotgan jarayonlarni monitor
    orqali kuzatish mumkin. Monitorning tasvirlar ko'rsatiladigan qismi, ya’ni ekrani displey
    (display - tasvirlamoq) deb ataladi. Hozirgi paytda alohida korpusda yig' ilgan tasvirlash
    qurilmalari kompyuter monitori, kompyuter bilan birga joylangan tasvirlash qurilmalari
    (masalan, noutbuk, planshet hamda telefonlarda) displey deb atalmoqda.
    Displey to'g'ri to'rtburchak ko'rinishida bo'lib, uning tomonlari nisbati odatda 16 ga
    9 kabi bo'ladi. Bundan tashqari, displey tomonlari nisbati 16 ga 10, 4 ga 3, 5 ga 4 kabi
    bo'lishi ham mumkin. So'nggi paytda 21 ga 9 nisbatdagi displeylar ishlab chiqarila
    boshlandi. 16x9 va 16x10 nisbatli displeylar keng, 21x9 nisbatlilari o'ta keng, 5x4
    nisbatlilari kvadrat displeylar deb ataladi. Piksellar soni bo'yicha displeylardan keng
    tarqalganlari va ularning nomlari quyida keltirilgan:
    320x240 CGA (Color Graphic Adapter - rangli grafik qurilma);


    640x480 VGA (Video Graphic Adapter - video grafik qurilma);
    800x600 SVGA (Super VGA);
    1024x768 XVGA (extended VGA - kengaytirilgan VGA);
    1280x720 HD (High Definition - yuqori aniqlik);
    1280x800 HD+ (HD dan ko'proq);
    1366x768 WXVGA (Wide XVGA - keng XVGA);
    1440x900 HD++ (HD dan yanada ko'proq);
    1600x900 HD+++ (HD dan yanada ko'proq);
    1920x1080 FHD (Full HD - to'liq HD);
    2560x1440 QHD (Quadra HD - to'rtlangan HD);
    3840x2160 4K (4 kilo - to'rt ming ustun) yoki UHD (Ultra HD - o'ta HD)
    Displey ekrani satrlarga va ustunlarga ajratib chiqilgan bo'lib, har bir qator va
    ustun kesishgan joyda piksel deb ataluvchi juda kichik tasvir bo'laklari joylashgan.
    Piksellarning har biri alohida manzilga ega va mustaqil boshqarilishi mumkin. Har bir
    piksel uchun xotirada bir baytdan to'rt baytgacha joy ajratilishi mumkin. Demak, har bir
    piksel 256 tadan 4 milliardgacha bo'lgan ranglardan birida bo'lishi mumkin. Ekrandagi har
    bir pikselning o'zi uchga bo'linadi. Ulardan biri qizil, ikkinchisi yashil, uchinchisi ko'k
    rangda porlaydi. Bu ranglar asosiy ranglar deb ataladi va turli nisbatda qo' shilib, tabiatda
    uchraydigan ranglarning deyarli barchasini yarata oladi.
    Kompyuter grafikasi faoliyatning shunday turiki, unda kompyuter va maxsus
    yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli ko'rinishga
    o'tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko'rinishda tasvirlanadi. Kompyuter
    grafikasi o'tgan asrning 70-80-yillaridan boshlab ommaviylasha boshladi. Hozirgi kunda
    kompyuter grafikasi shu qadar rivojlanganki, uning ehtiyojlarini qondirish kompyuter
    texnikasining jadal rivojlanishining asosiy sabablaridan biri bo'lib qolmoqda.
    Kompyuter grafikasi ilm-fanga, tijoratga, san'at va sportga ham tegishli bo'lib,
    barcha sohalarda keng qo'llaniladi. Kompyuter grafikasi bo'yicha har yili ko'plab
    konferensiyalar o'tkaziladi, ilmiy jumallar va o'quv qo'llanmalar chop etiladi,
    dissertatsiyalar himoya qilinadi. Har yili bir necha yuz milliard dollarlik kompyuter
    grafikasi mahsulotlari ishlab chiqariladi va sotiladi. San'at durdonalari yaratiladi.
    Kompyuter grafikasi asosida yaratilgan elektron o'yinlar bo'yicha jahon birinchiliklari
    o'tkaziladi va ularda millionlab qatnashchilar ishtirok etadilar.
    Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinflarga
    ajratiladi:
    1) statsionar (o'zgarmas) yoki oddiy grafika;
    2) kompyuter animatsiyasi;
    3) multimedia.
    Yaratish usuliga ko'ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi:
    ► 2D (inglizcha two dimension - ikki o'lchamli jumlasidan olingan).
    ► 3D (inglizcha three dimension - uch o'lchamli jumlasidan olingan).
    Ikki o'lchamli grafika yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar bo'lib, ularga
    misol sifatida printerda qog'ozga chop etilgan fotosurat, rassom tomonidan xolst (maxsus
    mato)da chizilgan rasmlarni keltirish mumkin.


    Uch o'lchamli grafika yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi. Bunda jismning
    fazoda egallagan o'rni mayda kublar bilan to'ldiriladi. Agar bu kublar yetarlicha kichik
    bo'lsa, inson ko'zi ularni ilg'amaydi va kublar yaxlit bir jism sifatida ko'z o'ngimizda
    gavdalanadi.
    Uch o'lchamli grafikadan animatsiya, kompyuter o'yinlari va virtual (xayoliy)
    borliq yaratishda keng foydalaniladi. Virtual borliq, asosan, maxsus bosh kiyim -
    shlemlarda tasvirlanadi.[ 16]
    Oddiy grafika vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydigan tasvirlarni yaratish bilan
    shug'ullanadi. Ularga misol sifatida rasmlar, fotosuratlar, chizmalarni keltirish mumkin.
    Kompyuter animatsiyasi vaqt o'tishi bilan o'zgaradigan tasvirlar yaratadi. Masalan,
    multfilmlar, videoklip va videoroliklar.
    Multimedia mahsulotlari rasmlar va animatsiya bilan birga boshqa turdagi
    axborotlarni, masalan, ovoz va matnni ham o'z ichiga oladi. Multimedianing o'ziga xos
    jihati uning interfaolligi bo'lib, unda bir joy dan ikkinchi joyga o'tish imkoniyati ko'zda
    tutilgan bo'ladi. Multimediaga yorqin misol sifatida butun olam to'ri - wwwni, undagi
    www-saytlar va www-sahifalarni keltirish mumkin.
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
    1. Kompyuter grafikasi qanday fan?
    2. Kompyuter grafikasining qanday turlari mavjud?
    3. Rastri nima?
    4. Fraktal grafikasi nimaga asoslangan?
    5. Fraktal geometriyasi asoschisi kim?
    6. Vektorli grafika bugungi kunda qaysi sohalarda keng qo'llanilmoqda?
    7. Microsoft Paint dasturida kompyuter rasmini chizing.
    8. Microsoft Paint dasturi ranglar palitrasidan foydalanib tasvirni bo'yang.
    9. Kompyuter ekrani o'lchamini aniqlang va boshqa o'lchamga o'zgartiring.
    10. Kompyuter ekrani rangi va fonini almashtiring.

    Document Outline

    • Слайд номер 1
    • Слайд номер 2
    • Слайд номер 3

    Download 118,49 Kb.




    Download 118,49 Kb.
    Pdf ko'rish