1
Kompyuter grafikasi haqida tushuncha va uning turlari.
Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy qismini ko‘zlari
yordamida
qabul qiladi. Ko‘rish tizimi turli obyektlarning tasvirini qabul qilib oladi. Ular
yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida tasawur paydo
bo‘ladi.
Obyektlarning tasvirini yaratish,
ularni saqlash, qayta ishlash va tasvirlash
qurilmalarida tasvirlab berish kompyuterning eng qiyin va asosiy masalalaridan
biridir. Kompyuterga hech
qanday topshiriq berilmaganda, ya’ni bekor turganida
ham ekranida ko‘rinishi kerak bo‘lgan tasvimi sekundiga o‘nlab marta qayta ishlab
ko‘rsatadi.
Kompyuterning ekranida paydo bo‘ladigan tasvirlar
uning videokarta deb
ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga chiqariladi. Videokartalar
uchun
maxsus
videoprotsessorlar
ishlab
chiqariladi.
Videoprotsessorlar
kompyuterning asosiy protsessorini murakkabligi va hisoblash ishlarini bajarish
tezligi bo‘yicha ortda qoldirib ketgan.
Kompyuter ekranida tasvir qanday yaratilishi bilan tanishib chiqamiz.
Kompyuterning ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda tasvirlash
qurilmasi monitor
(monitor - kuzatish, nazorat) deb ataladi. Kompyuterda bo‘layotgan jarayonlarni
monitor orqali kuzatish mumkin. Monitorning tasvirlar ko‘rsatiladigan qismi,
ya’ni ekrani displey (display - tasvirlamoq) deb ataladi.
Hozirgi paytda alohida
korpusda yig‘ilgan tasvirlash qurilmalari kompyuter monitori, kompyuter bilan
birga joylangan tasvirlash qurilmalari (masalan, noutbuk,
planshet hamda
telefonlarda) displey deb atalmoqda.
Кompyuter grafikasi o’zoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham
to’laqonli grafik tizimlar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (КG)
va kompyuter animasiyasi (КA) atamalaridan foydalaniladi.