Yaratish usuliga ko'ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana30.05.2024
Hajmi0,61 Mb.
#257367
1   2   3   4
Bog'liq
Raximov Anvar Maxmudovich

Yaratish usuliga ko'ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi:

2D 
(inglizcha 
two dimension 
- ikki o'lchamli jumlasidan olingan). 

3D 
(inglizcha 
three dimension 
- uch o'lchamli jumlasidan olingan). 
Ikki o'lchamli grafika yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar bo'lib, ularga 
misol sifatida printerda qog'ozga chop etilgan fotosurat, rassom tomonidan xolst 
(maxsus mato)da chizilgan rasmlarni keltirish mumkin.
Uch o'lchamli grafika yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi. Bunda 
jismning fazoda egallagan o'rni mayda kublar bilan to 'ldiriladi. Agar bu kublar 
yetarlicha kichik bo'lsa, inson ko'zi ularni ilg'amaydi va kublar yaxlit bir jism 
sifatida ko'z o'ngimizda gavdalanadi. 
Uch o'lchamli grafikadan animatsiya, kompyuter o'yinlari va virtual (xayoliy) 
borliq yaratishda keng foydalaniladi. Virtual borliq, asosan, maxsus bosh kiyim - 
shlemlarda tasvirlanadi. 
Oddiy grafika vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydigan tasvirlarni yaratish bilan 
shug'ullanadi. Ularga misol sifatida rasmlar, fotosuratlar, chizmalarni keltirish 
mumkin. Kompyuter animatsiyasi vaqt o'tishi bilan o'zgaradigan tasvirlar yaratadi. 
Masalan, multfilmlar, videoklip va videoroliklar. 
Multimedia mahsulotlari rasmlar va animatsiya bilan birga boshqa turdagi 
axborotlarni, masalan, ovoz va matnni ham o'z ichiga oladi. Multimedianing o'ziga 
xos jihati uning interfaolligi bo'lib, unda bir joy dan ikkinchi joyga o'tish imkoniyati 
ko'zda tutilgan bo'ladi. Multimediaga yorqin misol sifatida butun olam to'ri - wwwni, 
undagi www-saytlar va www-sahifalarni keltirish mumkin. 
Hozirgi davrda kompyuter grafikasi qo'llanilmaydigan sohaning o'zi yo'q. 
Jamiyatning barcha jabhalarida kompyuter grafikasidan foydalaniladi. Ayniqsa, 
keyingi paytlarda matbaa sohasida rang-barang suratli adabiyotlar, o'quv 
qo'llanmalar, badiiy asarlarning paydo bo'lishida yuksak bezash texnikasidan 
foydalanish rivojlandi. Dars jarayonida ham o'quvchi yoshlarni oddiy rang tasvir 
bilan e'tiborini jalb qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Sababi hozirgi 
kunda o'quvchi qo'lidagi telefon, kompyuter, planshet kabi tex nikalarning dasturiy 
ta’minoti, dizayni, ilovalari yuksak darajada ishlab chiqilgan. Shu sababli 
o'quvchilar kompyuter grafikasi fanini yaxshi o'zlashtirishi, kelajakda sifatli tasvirlar 
yaratilishiga olib keladi. Jamiyat sohalarida ishlatilishiga qarab, g rafika quyidagi 
turlarga ajratiladi: 

Ilmiy grafika. Ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini tasvirlash uchun 
ishlatiladi. 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
350 

Tijorat grafikasi. Iqtisodiy ko'rsatkichlar va jarayonlarni yaqqol ko'rsata 
bilish uchun xizmat qiladi. 

Konstruktorlik grafikasi. Iqtisodiyot, texnika, qurilish va boshqa 
sohalarda loyihalash ishlarini osonlashtirish, yaxshilash, jadallashtirish va 
avtomatlashtirishni ta'minlaydi. 

Illyustrativ grafika. Xizmat ko'rsatishning turli sohalarida bezatish 
ishlarida foydalaniladi. 

Badiiy grafika. San'at asarlarini yaratishda keng qo'llaniladi.
Ilmiy sohada izlanish natijalarini, ko'rsatkichlarini oson va qulay ko'rinishda 
tasvirlashda grafika foydalaniladi. Ayniqsa, matematika, geometriya, kimyo, 
biologiya kabi fanlarni o'qitishda turli shakllarni ikki, uch o'lchovli ko'rinishda 
tasvirlashda, tasvirni o'quvchi ko'z oldida gavdalantirishda, tasavvur hosil qilishda 
kompyuter grafikasining o'rni beqiyosdir. 

Download 0,61 Mb.
1   2   3   4




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yaratish usuliga ko'ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi

Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish