SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF
SCIENTIFIC RESEARCH
International scientific online
conference
347
KOMPYUTER GRAFIKASI TUSHUNCHASI. KOMPYUTER
GRAFIKASINING ROLI, QO‘LLANILISH SOHALARI
Raximov Anvar Maxmudovich
katta o‘qituvchi, Toshkent davlat texnika universiteti
Burxonova Sevara Xikmatilla qizi
talaba, Toshkent davlat texnika universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada quyidagi asosiy tushuncha va tamoyillar to'lib
yoritib berilgan: kompyuter grafikasi geometrik jismlar, shakl va tamoyillarining
matematik modellari hamda ularni namoyish etish usullari; kompyuter grafikasi
tushunchasi, uning turlari, rang modellari, tasvirlarni sifatini yaxshilash usullari,
kontrastni o'zgartirish, shovqunlarni tekislash, tasvirlarni filtrlash usullari
.
Kalit so‘zlar:
kompyuter grafikasi, grafik display, kuzatish, nazorat, tasvirlash,
tijorat grafikasi, statistika
Kompyuter grafikasi
— grafik displey (
monitor
) ekranida tasviriy
informatsiyani vizuallash (ko'rinadigan qilish) jarayonidir. Tasvirni qog'ozda,
fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish
usulidan farqli ravishda
kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol o' chirib tashl ash,
unga tuzatish kiritish, istalgan yo'nalishda toraytirish yoki cho'zish, yaqinlashtirish
va uzoqlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini o'zgartirish
va boshqa amallarni
bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni
loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, multfilmlarni
yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa ko'p
sohalarda
qo'llaniladi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar qatoriga bir qancha dasturlarni
sanab o'tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe
Illustrator,
Corel Draw, Adobe Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady,
Adobe Flash, Discreet, Cinema 4d, Alias, Autodesk Maya, LightWave, Adobe Brush
va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga
oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm chizish mumkin bo'lsa, ba’zilarida uylar
proyektlari, ba’zilarida esa uch o'lchamli modellashtirish va hattoki to'rt o'lchamli
modellashtirish mumkin bo'ladi. Inson tashqi dunyo
haqidagi axborotning asosiy
qismini ko'zlari yordamida qabul qiladi. Ko'rish tizimi turli obyektlarning tasvirini
qabul qilib oladi. Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida
tasavvur paydo bo'ladi. Obyektlarning tasvirini yaratish, ularni saqlash, qayta ishlash
va tasvirlash qurilmalarida tasvirlab berish kompyuterning eng qiyin va asosiy
masalalaridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq berilmaganda, ya’ni bekor
turganida ham ekranida ko'rinishi kerak bo'lgan tasvirni sekundiga o'nlab marta
qayta ishlab ko'rsatadi. Kompyuterning ekranida paydo bo'ladigan tasvirlar uning
videokarta
deb ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga chiqariladi.