OMMAVIY DASTURLASH TILLARIDA GRAFIKANI DASTURLASH
3. diagrammani sozlash:
•
Diagrammani tanlang va lentada “Конструктор” sahifasiga o’ting.
•
Kerakli dizayn variantini tanlang. Diagrammaning kontekst menyusidan
foydalanib sarlavhasi, o'qlar nomi, legenda va boshqalar kabi
elementlarni sozlang.
•
Lentada «Формат» sahifasida diagramma elementlarining ko'rinishini
yanada batafsil sozlash mumkin, masalan, chiziq rangini o'zgartirish,
matn parametrlarini sozlash va boshqalar.
OMMAVIY DASTURLASH TILLARIDA GRAFIKANI DASTURLASH
Excelda funksiya grafigini qurish uchun avval ma'lumotlarni to'g'ri hisoblash
va kiritish juda muhim. Ma'lumotlar qanchalik ko'p va aniq bo'lsa grafik
shunchalik aniq bo'ladi. Bu jarayon turli xil matematik funksiyalarni
vizualizatsiya qilishda ham qo'llanilishi mumkin, faqatgina y qiymatlarini
hisoblash formulasi mos ravishda o'zgartirilishi kerak.
Excelda funksiya grafiklarini yaratish ma'lumotlarni tahlil qilish va
vizualizatsiya qilishning kuchli vositasidir. Bu usul o'quv maqsadlarida ham,
ilmiy-tadqiqot ishlarida ham, shuningdek biznesda ma'lumotlar tahlilida
keng qo'llaniladi.
OMMAVIY DASTURLASH TILLARIDA GRAFIKANI DASTURLASH
MS Excelda VBAda dasturlash orqali funksiya grafigini qurish
MS Excelda VBA (Visual Basic for Application) dasturlash muhiti yordamida
ham grafik qurish mumkin.
Misol uchun Excel VBA yordamida kvadratik funksiya uchun grafik qurishni
qarab chiqaylik.
1-qadam
. MS Excel dasturini ishga tushiramiz.
2-qadam
. Lentada “Разработчик” sahifasi yoki Alt, F11 klavishalarini
birgalikda bosish orqali VBA muhitiga o’tamiz.
|