|
Kompyuter grafikasining turlari, uning turkumlari va har XIL ko’rinishlari
|
bet | 6/16 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 2,37 Mb. | | #99233 |
Bog'liq rasrer6-mavzu: CHizish texnikasi
To’rtburchak - Rectangle (pryamougolnik) - [U] - to’rtburchak chizish.
Aylanasimon to’rtburchak - Rounded Rectangle (skruglyonnыy pryamougolnik) - [U] - aylanasimon to’rtburchak chizish. Xususiyatlar satrida burchaklar radiusini o’zgartirish sohasi - Radius paydo bo’ladi.
Aylana - Ellipse (ellips) - [U] - aylana chizish.
Ko’pburchak - Polygon (mnogougolnik) - [U] - ko’pburchak chizish. Ko’pburchak tomonlarning sonini Sides soha yordamida ko’rsatish mumkin.
Chiziq - Line (liniya) - [U] - to’g’ri chiziq chizish. Chiziq qalinligini Weight soha yordamida o’zgartirish mumkin.
Maxsus shakllar - Custom Shape (proizvolnaya figura) - [U] - har xil tayyor shakllar chizish. Xususiyatlar satridagi Shape sohasi yordamida kerakli shaklni tanlashimiz mumkin.
Xususiyatlar satrida quydagilar faol bo’ladi:
shakl chizilish holatini o’zgartirish tugmalari (yangi qatlamda -
Create New Shape Layer, faqat yo’l - Create New Work Path, faol qatlamda -
Filled Region)
shakl turini tanlash tugmalari.
shakl chizish yo’llari (Unconstrained - ixtiyoriy, Square - teng tomonli, Fixed Size - ko’rsatilgan xajmli, Proportional - proportciyali).
Layer Style - rang bilan bo’yash turi
7-mavzu: Erkin chizish uskunalari
Pero - Pen (pero) - [P] - sichqoncha yordamida nuqtalar orqali shaklni yaratish.
Ixtiyoriy pero - Freeform Pen (proizvolnoe pero) - [P] - sichqoncha yordamida harakat orqali shaklni yaratish.
Yangi nuqta qo’shish - Add Anchor Point (dobavit tochku) - sichqoncha yordamida shaklga yangi burilish nuqta qo’shish.
Nuqta o’chirish - Delete Anchor Point (udalit tochku) - sichqoncha yordamida shakldan burilish nuqtasini o’chirish.
Nuqta o’zgartirish - Convert Point (preobrazovat tochku) - shakl nuqtalarining joylanishini o’zgartirish (cho’zish).
Izohlar - Notes (zametki) - [N] - rasm ixtiyoriy sohasiga matnli izoh qo’shish.
Tovush izohlar - Audio Annotation (zvukovoe opisanie) - [N] - rasm
ixtiyoriy sohasiga tovush izohni mikrafon orqali qo’shish. Paydo bo’lgan oynada
Start tugmasini bosib yozishni boshlaymiz, to’xtatish uchun Stop tugmasini bosamiz, yozish oynasidan chiqib ketish uchun Cancel tugmasini bosamiz.
Tomizgich (pipetka) - Eyedropper (pipetka) - [I] - ixtiyoriy rangni qayta asosiy rang qilib tanlash imkoniyatini yaratadi. Agar sizga orqa rang qilib tanlash kerak bo’lsa u holda Alt tugmasini bosib turishingiz shart bo’ladi.
Ranglarni solishtirish - Color Sampler (sravnenie tcvetov) - [I] - Info yordamchi sohada 4 nuqtalar ranglari hakidagi ma`lumotlarni ko’rsatish imkoniyatini yaratadi. Nuqtani sichqoncha yordamida ko’yamiz, o’chirish uchun esa Alt tugmasini bosib turib sichqoncha bilan nuqtaga bosish kerak.
Chizg’ich- Measure (izmeritel) - [I] - rasmdagi masofani aniqlash uchun qo’llaniladi. Agar Alt tugmasidan foydalanib chizg’ich boshidan yoki oxiridan yana bitta chiziq chizish mumkin va u yordamida transportir sifatida foydalansa bo’ladi, chunki ikkita chiziqlar hosil qilgan burchak o’lchamini ko’rsatadi.
Xususiyatlar satrida quydagilar faol bo’ladi:
boshlovchi nuqta koordinatalari (X, Y)
birinchi nuqtadan ikkinchisigacha bo’lgan masofa vertikal va gorizontal bo’yicha (W, H) X o’qi bo’yicha egilish burchagi (A)
birinchi nuqtadan ikkinchisigacha bo’lgan masofa (D1)
birinchi nuqtadan uchinchigacha bo’lgan masofa (transportirdan foydalanganda) (D2)
|
| |