1.5.Uzatish protokollari standartlari va normalari.
Foydalaniladigan ko‘pchilik protokollar Xalqaro Aloqa Ittifoqi tomonidan standartlashtirilgan bo‘lib bu tashkilot ilgari Telegrafiya va Telefoniya buyicha Xalqaro maslahat qo‘mitasi MKKTTT deb nomlanar edi. ITU ning telefon aloqasiga oid bo‘limi ITU-T bilan belgilanadi.
ITU-T ning telefon liniyalari buyicha ma`lumotlarni uzatish sohasidagi tavsiyalari “V” bo‘limda, ma`lumotlarni uzatish tizimlarni qurish buticha umumiy tavsiyalari “X” bo‘limda jamlangan.
Moddiy aloqalar protokolidan quyidagilar eng ko‘p tarqalgan: Bell103J, V.21, Dupleksli simmetrik, 4M ni qo‘llashadi. Dupleksni tashkil etish uchun kanalning chastotalar yo‘nalishii ikkita qismkanal bo‘linadi, bunda quyisi ma`lumotlarni uzatish, yo‘qorigisi esa qabul qilish uchun xizmat qiladi.
Modulyatsiyalashda quyidagi chastotalar ishlatiladi:
-quyi qism kanal 0-1070 Гц, 1-1270 Гц;
-yo‘qori qism kanal 0-2025 Гц, 1-2225 Гц;
-quyi qism kanal 0-1180 Гц, 1-980 Гц,
-yo‘qori qism kanal 1-1850 Гц, 1-1650 Гц,
Chastotaning bir modulyasiyasodagi bitta bit uzatiladi ; Shunday qilib, modulyatsiyalash va uzatish tezliklari tengbo‘lib, ular 300 bod va bit/s ni tashkil etadi.
-
V.22 (ITUT) Dupleksli, simmetrik axborotni eltuvchi signal fazosini siljitish yo‘li bilan uzatadigan nisbiy fazoviy modulyatsiyalash NF ni (Differential Place Shift Keying -DPSK) eltuvchi chastotalar -1200 va 2400 Гц, modulyatsiya tezligi 1600bod. Protokol ikkita rejimga ega, ulardan birida bitta modulyatsiyada bitta bit, ikkinchisida esa ikkita bit (dibit) uzatiladi. Mos ravishda, fazoni 180 va 90 graduslarga nisbiy siljitish bilan birinchi holda ikkita, ikkinchi holda esa to‘rtta modulyatsiya pozitsiyasi bo‘ladi, uzatish tezligi esa 600 va 1200 bit/s ga teng. Protokolning amalga oshirilishi signalning chastotaviy va fazoviy harakteristikalarini to‘g‘rilaydigan ekvalayzer mavjud bo‘lishini nazarda tutadi .
-
V.22 bis (ITU-T) V.22 ni, bir pozitsiyalikni o‘chirib va bitta signalni moduliyatsiyalash uchun o‘n olti pozitsiyali kvadraturali amplitudali modulyatsiyalashni kiritish yo‘li bilan rivojlantirilgan. Shunga mos ravishda, uzatishning maksimal tezligi 2400 bit/s gacha yetkazilgan .
-
V.32 (ITU-T). O‘n olti pozitsiyali KAM va Trellis-kodlashdan foydalanadi, uzatish tezliklari 4800 va 9600 bit/s.
-
V.32 bis (ITU-T). V.32 ning uzatish tezligi 14400 bit/s bo‘lgan kengaytmasi, 7200 va 12000 bit/s oraliq tezliklari kiritilgan. Protokolga seans vaqtida liniya sifati o‘zgarishidagi tezlikni avtomatik o‘zgartirish protseduralarini qo‘llab-quvvatlash kiritilgan, biroq bir qator modemlarda bu tezlikni, boshlang‘ich tezlikka qaytmasdan, faqat pasaytirish ko‘zda tutilgan.
-
HST(US Robotics).Original holatga turg‘un nosimmetrik protokol bo‘lib, bir tomonga uzatish tezligi 16800 bit/s gacha, teskari kanalda esa tezlik 300 yoki 450 bit/s qilib tayinlangan. Protokol ma’lumotlar oqimining eng zich tomoniga avtomatik yo‘naltiriladi; taqqoslanadigan oqimlarda protokolning davriy “aylanishi ” (kengayishi) ro‘y beradi.
-
V.34(ITU-T). Oxirgi avlod protokoli, uzatish tezligi 28800 bit/s gacha, oraliq tezliklar 2400 diskretlik bilan 2400...26400 bit/s. ITU protokolining qabul qilinishi oldidan turli ishlab chiqaruvchilarning v.fast va V.FS protokollari mavjud edi. Modulyatsiyasi-qo’shimcha vaqtni kodlash bilan 256 pozitsiyani KAM, qaror bunda qabul qiluvchi oxirgi tomonda signalning ikki qo‘shni holati bo‘yicha qabul qilinadi.Bir modulyatsiyada uzatiladigan ma’lumotlar elementi o‘lchamining ortishi munosabati bilan “bod” tushunchasi o‘rniga “bir sekundda bir simvol” tushunchasi ishlatiladi, mazkur holda simvol o‘lchami 8 bitga yoki bir baytga teng. Shunga mos ravishda “simvolli tezlik” tushunchasi kiritilgan-2400, 2743, 2800, 3000, 3200, 3429 simv/s. So‘nggi ikki tezlik telefon traktini o‘tkazishning standart yo‘nalishiga sig‘maydi, biroq bir qator telefon liniyalari hozirda kerakli o‘tkazish qobilyatiga ega .
-
V.34 bis (ITU-T). V.34ning 31200 bit/s oraliq tezlik bilan 33600 bit/s tezlikkacha kengaytmasi.
-
V.90(ITU-T). Nosimmetrik, “yarim raqamni ” tezkor protokol, bir tomondagi uzatish tezligini 56 kbit/s ga ko‘tarish imkonini beradi,bu standartdan oldin x2(USR/3COM) va k56 flex (Rockwell/Lucent) protokollari mavjud edi. Mazkur protokollar guruxi, shuningdek, V.PCM va 56k nomlari bilan ma’lum. 56k protokollari faqat nosimmetrik liniyalarda amalga oshiriladi, bunda bir tomonda bevosita biriktirish bloki (“raqamli modem”) T1/E1, ISDN va boshqa raqamli kanalga ulash bilan o‘rnatiladi, ikkinchi tomonida esa V.90 ni qo‘llaydigan analogli modem o‘rnatiladi. Bunday ulanishda raqamli kanal tomonidan signal, masofaning katta qismida o‘zgarmas raqamli shaklda va faqat abonent komplektidan odatdagi modemgacha analogli shaklda uzatiladi. Axbotni raqamli analogli shaklda uzatiladi. Axborotni raqamli shakldan analogli shaklga o‘zgatirish, teskarisiga o‘zgartirishga qaraganda kamroq yo‘qotishlarda bajarilganligi uchun, raqamli kanalning chegaraviy o‘tkazish qobiliyati (64 kbit/s) faqat 56 kbit/s gacha (haqiqatda odatda 45-53 kbit/s) pasayadi. Teskari tomon uchun esa chegaraviy tezlik 33.6 kbit/s dir.
Tarmoq kartasi. Uni umumiy ishlash prinsipi. Tarmoq kartasini o’rnatish va sozlash.
|