Kompyuter injenering




Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana29.05.2024
Hajmi0,98 Mb.
#256763
1   2   3   4
Bog'liq
10-амалий

overley 
deb nomlanuvchi bir necha qismlarga bo’lib, xotiraga joylashtirgan. 
Dasturni to’liq ishlatish uchun dastlab 1-overley ishlatilgan, u ishini yakunlagach, 2-
overlay va h.k. dasturchi dasturni overleylarga bo’lish masalasini va qaysi overley 
yordamchi xotiraning qaysi qismida joylashihsi masalasini hal qilgan, yana asosiy va 
tashqi xotira o’rtasida overleylar almashinishini nazorat qilgan, umuman, bu jarayonni 
kompyuter ishtirokisiz o’zi bajargan. Bunday texnologiya juda murakkab bo’lishiga 
qaramasdan ancha vaqt davomida qo’llab kelingan. 1961-yilda bir guruh olimlar 
(Manchester, Angliya) bu jarayonni avtomatik bajarilish uslubini taqdim etgan. Hozirgi 
kunda virtual xotira deb nomlanuvchi bu metod 1960-yillarda ishlab chiqarilgan 
kompyuterlarda qo’llanilgan. 1970-yillardan keyin esa barcha kompyuterlarda joriy 
qilingan. Xotiraning sahifali tashkil qilinishi. Manchesterlik olimlar adres maydoni va 
xotira adresi tushunchalarini alohidalashni taklif qilishgan. Masalan, 16 bitli adres 
maydonli 4096 so’zli xotiraga ega mashinani qaraymiz. Bu kompyuterda ishlovchi dastur 
xotiraning 65 536 ta so’ziga murojaat qilishi mumkin (216=65 536).
E’tibor bering: adreslanadigan so’zlar soni adres bitlari soniga bog’liq bo’lib, xotiradagi 
real so’zlar soniga esa bog’liq emas. Bu xotiraning adres maydoni 0, 1, 2, 3, …, 65535 dan 
iborat. Xotira esa faqat 4096 so’zni saqlay oladi xolos. Bu yerda 4095 gacha va 4096 dan 
keyingi adreslar orasida keskin farqlanish yuzaga kelgan. 4095 gacha foydali adres 
makoni, 4096 dan keyingilari foydasiz adres makoni deyilgan. Chunki 4096 dan keyingi 
adreslar xotiraning real adreslariga mos kelmagan. Adres maydoni va xotira adresi orasida 
farqlanish mavjud bo’lmagan, chunki ular orasida o’zaro birxillik munosabati mavjud deb 


tushunilgan. Adres maydoni va xotira adresini alohidalash g’oyasi quyidagicha 
tushuntiriladi. Har bir joriy vaqtda xotiraning 4096 ta so’ziga bevosita murojaat qilish 
mumkin. Bu esa ushbu so’zlar 0 dan 4095 gacha adresda joylashishi shart degani emas. 
Masalan, 4096- adresga murojaat qilinganda xotiraning 0-adresidagi so’z ishlatilishi, 
4097-adresga murojaat qilinganda xotiraning 1-adresidagi so’z ishlatilishi, …, 8191-
adresga murojaat qilinganda xotiradagi 4095-so’z ishlatilishi lozim va h.k. Boshqacha 
aytganda adresli maydonni haqiqiy xotira maydonida akslanishi kuzatiladi. 
Adreslasrni bunday avtomatik yoyish texnologiyasi xotirani sahifali tashkil qilinishi 
deyiladi, diskdan o’qiladigan dastur qismlari esa sahifalar deyiladi. Adreslarni adres 
maydonidan xotiraning real adreslariga akslantirishining yana boshqa murakkabroq usuli 
ham mavjud. Dastur murojaat qilishi mumkin bo’lgan adreslarni 

Download 0,98 Mb.
1   2   3   4




Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish