virtuall adres
muhiti
deyiladi, xotiradagi real adreslarni esa
fizik adres
muhiti deymiz. Xotirani taqsimlash
sxemasi va sahifalar jadvali virtual adres va fizik adreslarni o’zaro moslashtiradi. Diskda
to’liq virtual adres muhitini saqlash uchun joy yetarli deb hisoblanadi (juda bo’lmaganda
joriy vaqtda bajarilib turgan qismini). Dasturlar virtual adres muhitidan so’zlarni o’qishi
va/yoki virtual adres muhitiga yozishi mumkin, aslida fizik xotira muhitida bunga joy
bo’lmasa ham. Virtual xotira kompyuterning xotirasi katta ekanligi haqida tasavvur
uyg’otadi xolos. Aslida kompyuterning fizik xotirasi ancha kichik bo’ladi. Katta hajmli
xotira tasavvuri xotiraning sahifali tashkil qilinishidan kelib chiqqanligini dasturiy
vositalar bilan aniqlab bo’lmaydi. Xohlagan adresga xohlagan vaqtda murojaat qilinsa,
ma’lumotlar yoki komandalar chiqib kelaveradi. Bu mexanizm s
haffof
mexanizm
deyiladi.
Qattiq disk
Qattiq disk har bir kompyuterning asosiy tashkil etuvchisidir. Ular asosida qurilgan RAID
massivlar tashkilqilinish uslubiyati quyidagicha. (RAID – Redundant Array of
Independent Disks) Ma’lumki, qattiq disklar mustahkamlik zahirasi deb ataluvchi ish
vaqtiga va unumdorligiga ta’sir qiluvchi xarakteristikalarga ega. Bu disklarning va undagi
ma’lumotlarning ishonchli saqlanishini ta’minlash uchun reyd-massivlar tushunchasi
mavjud. Bunday massivlar tartib raqamlariga ega bo’ladi (0, 1, 2, 3,…) va turli
funksiyalarni bajaradi. RAID – bu disk massivi (yoki kompleksi) bo’lib, bir necha qattiq
disklardan tashkil qilinadi. Ba’zan bunday tashkil qilinishdan ma’lumotlarni ishonchli
saqlash ko’zlansa, ba’zan o’qish/yozish tezligini oshirish ko’zlanadi, ba’zanhar ikkalasi
ham. Shu kabi vazifalardan birini bajaruvchi RAID massivnifoydalanuvchi ehtiyojiga
moslashtiradi. Boshqacha aytganda RAIDning konfiguratsiyasini tanlaydi. Bu
konfiguratsiyaning turli tiplari turlicha raqamlanadi, 1, 2, 3, 4,…, va turli vazifalarni
bajaradi. RAIDlarni ishlatish 1 ta qattiq diskni ishlatishdan ko’ra qulay va unumdorligi
keskin seziladi. Boshqa qurilmalarni kuzatadigan bo’lsak, masalan MP da yadro, chastota,
kesh, arxitektura; videokartalarda pikselli konveyer soni, xotira hajmi va razryadliligi,
sheyder bloklari; O.X.Q esa chastota, tayming kabi tashkil qiluvchilardan iborat va
ularning qaysidir bir elementining unumdorligi oshirilsa, shu qurilma unumdorligi ham
oshadi. Qattiq disklar esa faqat hajm va golovka aylanish soniga bog’liq bo’sa, bu
ko’rsatkich 7200 ayl/min ga chiqqandan keyin o’zgargani yoq. Kompyuter tizimini asosiy
tashkil etuvchisi bo’lib hosiblansada, unumdorlik bo’yicha xotira diski o’rnida qotib
qolgan deyish mumkin.
Texnik jihatdan RAID massiv bu –2 dan ortiq qattiq diskni ona platada joylashtirish va
dastur yordamida massiv hosil qilishdir. Bu dastur RAID tipini tanlash, RAIDga
qo’shilgan disklar qanday tartibda ishlashini aniqlaydi va ta’minlaydi. Dasturiy jihatdan
qaraganda RAID hosil qilingan tizimda hech qanday alohida xususiyatlar namoyon
bo’lmaydi. Faqat BIOS ning sozlanmalarida o’zgarish bo’ladi, shuningdek drayverni
ishlatishda ham. Boshqa o’zgarish sezilmaydi, o’sha-o’sha Мой компьютер, папкалар,
файллар, С, D disklar va h.k. Massivni o’rnatish uchun ona plata RAID texnologiyada
ishlashi talab etiladi. Bu plataga 2 ta (yoki undan ortiq) to’liq bir xil bo’lgan (hajmi, keshi,
interfeysi va h.k.) xarakteristikali va ishlab chiqaruvchisi va modeli ham bir xil bo’lgan
disklar ona plataga o’rnatiladi. Keyin kompyuter ishga tushiriladi, BIOSga kirib,
Configuration: RAID deb o’rnatiladi. Kompyuterni qayta yuklab, yuklanish jarayonida
disklar haqidagi ma’lumot ekranga chiqqanda Ctrl+I bosiladi, va RAID sozlanmalari
o’rnatiladi. RAIDni hosil qilayotganda yoki o’chirayotganda disklardagi hamma
ma’lumotlar o’chiriladi, shu sababli RAID bilan eksperiment o’tkazilganda kerakmas
disklar bilan ishlagan ma’qul.
Xotirada faqat qisman bo'lgan dasturni bajarish qobiliyati bir qator aniq afzalliklarga ega.
Dastur jismoniy xotira miqdori bilan cheklanmaydi. Dasturiy ta'minotni
ishlab chiqish
soddalashtirilgan
, chunki katta virtual bo'shliqlardan foydalanilgan
xotira miqdori haqida tashvishlanmasdan foydalanish mumkin.
Dasturni (jarayonni) xotiraga qisman joylashtirish va dasturlar o'rtasida xotirani
moslashuvchan tarzda qayta taqsimlash imkoniyati paydo bo'lganligi sababli,
xotiraga ko'proq dasturlarni joylashtirish mumkin, bu esa protsessor yukini va
tizim o'tkazuvchanligini oshiradi.
Dasturning bir qismini diskka tushirish uchun zarur bo'lgan kiritish / chiqish
miqdori klassik almashtirish versiyasiga qaraganda kamroq bo'lishi mumkin va
buning natijasida har bir dastur tezroq ishlaydi.
|