Berk
idishdagi
bosimni
o'lchash
uchun
ishlatiladigan
asboblarga
manometrlar, atmosfera bosimini o'lchash uchun ishlatiladigan asboblarga esa
barometrlar deyiladi.
Paskal qonuni: harakatsiz suyuqlikning istalgan joyidagi bosim hamma
yo'nalishlarda bir xil va harakatsiz suyuqlik egallagan hajm bo'yicha bir xilda
uzatiladi.
Gidrostatik bosim. Suyuqlikning vazni harakatsiz, siqilmaydigan suyuqlik
ichidagi bosimning taqsimlanishiga qanday ta’sir qilishini ko'raylik. Suyuqlikning
muvozanat holatida gorizontal satx bo'yicha bosimi bir xil bo'ladi. Aks holda
muvozanat bo'lmas edi. Shuning uchun ham harakatsiz suyuqlikning erkin satxi doimo
gorizontal holatda bo'ladi. Agar suyuqlik siqilmaydigan bo'lsa uning zichligi bosimga
bog’liq bo'lmaydi. Zichligi
D
bo'lgan suyuqlik ko'ndalang kesim yuzasi S, balandligi
h ustunining vazni
P=mg =pVg
=[]
gSh bo'ladi.
Bu yerda; m - suyuqlik ustunining massasi; g - erkin tushish tezlanishi; V -
suyuqlik ustunining hajmi.
Pastgi asosdagi bosim
P pgSh
poUTI Dpgh
S S
gidrostatik bosim deyiladi.
Arximed
qonuni. Suyuqlikning pastki qatlamidagi bosim yuqori qatlamdagidan ko'ra kattaroq
bo'ladi va shuning uchun ham suyuqlikka botirilgan jismga itarib chiqaruvchi kuch
ta’sir etadi.
Suyuqlikka botirilgan jismga shu suyuqlik tomonidan yuqorigayo'nalgan
va jism siqib chiqargan suyuqlik vazniga teng bo Igan itaruvchi kuch ta ’sir etadi.
Arximed kuchi