• Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Elektron apparatlarni ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • Kompyuter injiniiringi




    Download 18,99 Kb.
    Sana31.05.2024
    Hajmi18,99 Kb.
    #258444
    Bog'liq
    taqriz


    “Kompyuter injiniiringi” fakultetining 213-20 KI guruh talabasi
    Ibodullayev Davron Anvar o’g’lining « Sun’iy intelekt usullari yordamida yuzni tanib olish modeli va algoritmini ishlab chiqish » mavzusidagi bitiruv ishiga


    TAQRIZ

    Inson yuzini tanib olish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ma’lumki korxonalarda xavfsizlikni yoki shaxsini tasdiqlash uchun eng samarali yo‘llardan biri hisoblanadi. Yuzni tanib olish bugungi kunda nihoyatda tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Xususan Respublikamizda ham yuzni tanib olish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.


    Ushbu bitiruv ishida ham aynan yuzni tanib olish bo‘yicha kerakli ishlar olib borilgan.
    Mazkur bitiruv ishida talaba tomonidan quyidagi ishlar bajarilgan:

    • Yuzni tanib olish bo‘yicha modellar tahlil qilingan.

    • Yuzni tanib olishda tanlab olingan modellarning ishlash samaradorligi tahlil qilingan.

    • MTCNN, FaceNet, OpenBR va CNN modellari taqqoslangan.

    Shular bilan bir qatorda bitiruv ishi bo‘yicha quyidagi ayrim kamchiliklar mavjud:

    • Kichik sintaksis xatolarga yo‘l qo‘yilgan.

    • Dasturni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma kamchiliklari bor.

    Yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklarga qaramay mazkur bitiruv ishi yuqori saviyada bajarilgan va hozirgi paytda bunday tizimlarga bo‘lgan talab yuqori.


    Talaba Ibodullayev Davron Anvar o‘g‘lining bitiruv ishi, ushbu xildagi ishlarga qo‘yiladigan talablar darajasida bajarilgan va uning muallifi esa “aʼlo” bahoga hamda 5330500-Kompyuter injiniringi (kompyuter injiniringi) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavri darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.



    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Elektron apparatlarni ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi



    Kimizbayeva.O.E


    _________________


    s
    Download 18,99 Kb.




    Download 18,99 Kb.