• Amalga oshirish muhiti sathi (Android Runtime.).
  • Obyektlar va ularning funksiyalari Obyekt funksiyalari
  • Kutubxona sathi (Libraries)




    Download 7,03 Mb.
    bet7/12
    Sana26.01.2024
    Hajmi7,03 Mb.
    #146376
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Individual
    ilmiy talim 1, kahoot (wecompress.com), Behzod BIA-82 menejment, Signallarning uzatish sathlari, SARDOR.2004, Presentation 2, Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali-fayllar.org, Essentia Word 1, Essential Word 4, Essential Word 6, Laboratoriya ishi-1
    Kutubxona sathi (Libraries). Android platformasi OTning turli xil kompanentalarida ishlatiladigan C/C++ kutubxonalari to’plamini o’z ichiga oladi. Dasturchilar uchun bu kutubxonalar vazifalariga ruxsat Application Framework dan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Quyida ulardan bir nechtasi taqdim etilgan:

    1. System C Library – Linuxga asoslangan o’rnatilgan qurilmalar uchun C (libs) standart kutubxonalar tizimini amalga oshirish.

    2. Media Libraries – PacketVideo’s OpenCORE ga asoslangan MPEG4, H.264, MP3, AAC, AMR, JPG, PNG va boshqa formatlardagi audio va videolarni o’qish va yozish uchun mo’ljallangan.

    3. LibWebCore – o’rnatilgan android brauzerining bor quvvatini amalga oshiruvchi kutubxona.

    4. SGL – 2D- tasvirlar bilan ishlovchi kutubxona.

    5. 3D libraries – OpenGL ES 1.0 API ga asoslangan 3D-tasvirlar bilan ishlovchi kutubxona.

    6. FreeType – yozuv shriftlari bilan ishlash uchun mo’ljallangan kutubxona.

    7. SQLite – relatsion MBlari bilan ishlovchi kutubxona.

    Amalga oshirish muhiti sathi (Android Runtime.). Android tarkibiga Java tilining asosiy kutubxonalarining ko’p funksiyasini ta’minlovchi yadro kutubxonalari to’plami kiradi.
    II BOB. ANDROID STUDIO DASTURIDA VAZIFALAR MOBIL ILOVASINI YARATISH
    2.1. Android studio dasturida qo’llaniladigan obyektlar
    AutoPlayda har bir loyiha uchun bir yoki bir nechta sahifalar to’plami taqdim etiladiki, bu sahifalar bilan ishlaganda bir nechta obyektlardan foydalanish mumkin. Bu obyektlardan har birining alohida funksiyalari mavjud bo’lib, ular orqali dasturni boshqarishda foydalanuvchi uchun muloqot interfeysini yaratish alohida ahamiyat kasb etadi.
    Obyektlar va ularning funksiyalari
    Obyekt funksiyalari
    1. Button Buyruq tugmasi. Bir nechta rangdagi turli variantlari mavjud.
    Asosan boshqaruv funksiyasini bajaradigan buyruqlar bu tugmaga biriktiriladi.
    2. Label yozuv maydonchasi. Ishchi sohadagi yozuvlar shu obyekt bilan beriladi. Yozuv gorizontal va vertikal ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
    3. Paragraph Bir nechta satrdan iborat matnni o’z ichiga oladigan yozuv maydonchasi. Ko’rinish sohasiga sig’may qolgan pastdagi yozuvlar uning o’ng tomonidagi lift yugurdagi orqali o’qilishi mumkin, .txt va quiz - kengaytmali matn fayllarini yuklab olib o’qitish ham mumkin.
    4. Image turli formatdagi ikonkalar va rasmlarni ishchi sohada joylashtirish uchun ishlatiladi.
    5. RichText WordPad, Блокнот, MS Word kabi matn muharrirlarida tayyorlangan .txt va .rtf -fayllarni yuklash va uni samarali o’qish imkonini beradigan yozuv maydoni.
    6. Hotspot shaffof holatdagi to’g’rito’rtburchak ko’rinishdagi faollashtiruvchi obyekt. U orqali sahifada bo’sh turgan sohani biror funksiyani bajaruvchi faol sohaga aylantirish mumkin.
    7. Video Video fayllarni (.avi, .mpg, .wmv, mp4, …) ishchi sohaga joylashtirish va turli o’lchamlarda ko’rish uchun foydalaniladigan obyekt.
    8. Flash Macromedia Flashda tayyorlangan .swf-fayllarni ishchi sohaga joylashtirish va unda foydalanish imkonini beradigan obyekt.
    9. Web Bu obyekt orqali .htm, .mht kengaytmali fayllarni ishchi sohaga web-sahifa orqali joylashtirish va ko’rish mumkin.
    10. SlideShow Bir nechta grafik fayllarni bu obyekt orqali yuklab olish va
    ma’lum vaqt oralig’ida ketma-ket slayd ko’rinishida namoyish etish mumkin.
    11. Input dasturga parol qo’yish yoki klaviaturadan kiritiluvchi biror ma’lumotga ehtiyoj sezilganda mazkur obyektdan samarali foydalanish mumkin.
    12. CheckBox Bu obyekt orqali ishchi sohada e’lon qilingan bir nechta variantli ma’lumotlardan bir nechtasini tanlash va jarayonni davom ettirish mumkin.
    13. RadioButton Bu obyekt orqali ishchi sohada e’lon qilingan bir nechta variantli ma’lumotlardan faqat bittasini tanlash va jarayonni davom ettirish mumkin.
    14. ListBox Ishchi sohaga ro’yxat shaklidagi ma’lumotlarni joylashtirish va ulardan birini tanlash orqali jarayonni davom ettirish imkonini beradigan obyekt.
    15. ComboBox ishchi sohaga ro’yxat shaklidagi ma’lumotlarni “yashirin” tarzda joylashtirish va ulardan birini tanlash orqali jarayonni davom ettirish imkonini beradigan obyekt.
    16. Tree ma’lumotlarni daraxt ko’rinishida ishchi sohada tasvirlash imkonini beradigan obyekt.
    17. Progress vaqtga bog’liq jarayonni vizual tarzda ishchi sohada aks ettiruvchi obyekt. Xususan, ko’p o’lchamli fayllarni nusxalashda, o’chirishda, xotiradan katta joy egallovchi dasturni ishga tushirishda jarayonning kechishini bu obyekt orqali vizual tarzda kuzatib turish mumkin.
    Bu obyektlar sichqoncha yordamida dastur galeriyasidagi tayyor to’plamdan olib qo’yiladi. Multimedia hujjatlarini tayyorlash, uning dasturlanuvchi qismlari uchun scriptlar yozish, tayyorlanayotgan amaliy dasturni boshqarish interfeysini yaratishda bu obyektlar dasturchiga imtiyozli yordam ko’rsatadi. AutoPlayning ajoyib xususiyatlaridan yana biri shundaki, bu obyektlar xossalarini tanlash uchun maxsus xossalar panelini ham dasturchiga taqdim etadi va u orqali bir qiymatli xossalar qiymatidan samarali foydalanish mumkin.



    Download 7,03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 7,03 Mb.