• Genetik algoritmning asosiy tushunchalari.
  • Populyatsiya
  • Kompyuter injiniringi ” fakultеti




    Download 1,31 Mb.
    bet2/3
    Sana21.05.2024
    Hajmi1,31 Mb.
    #247843
    1   2   3
    Bog'liq
    1-mustaqil ish AL VA TQ

    Genetik algoritm(GA) - bu tabiatdagi tabiiy seleksiyalashga o'xshash mexanizmlardan foydalanib, kerakli parametrlarni tasodifiy tanlab olish, birlashtirish va o'zgartirish orqali optimallashtirish va modellashtirish muammolarini hal qilish uchun ishlatiladigan evristik qidiruv algoritmi. Bu evolyutsion hisoblashning bir turi bo'lib, evolyutsiya muammolarini tabiiy evolyutsiya usullaridan foydalangan holda, masalan meros, mutatsiyalash, tanlab olish va chatishtirish kabi muammolarni hal qiladi. GAning o'ziga xos xususiyati o'rni yovvoyi tabiatda o'tish roliga o'xshash bo'lgan nomzod echimlarining rekombinatsiyasini amalga oshiruvchi «chatishtirish» operatoridan foydalanishga qaratiladi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, GAlar o'z ishlarida irsiyat, o'zgaruvchanlik va tabiiy tanlanishning evolyutsion tamoyillaridan foydalanadilar. GAlar g'oyasi J. Xolland tomonidan XX asrning 60-yillari oxiri 70-yillari boshlarida taklif qilingan va uning birinchi tadqiqotlar natijalari "Tabiiy va sun'iy tizimlarga moslashish" [4] monografiyasida, shuningdek, uning aspiranti Kennet De Yongning dissertatsiyasida [10] umumlashtirilgan. Shuningdek, D. E. Goldberg [16] tomonidan oddiy GA tuzilmasi to`g`risida ilmiy ishlar chop etilgan. Genetik ma'lumotlar. DNK va xromosomalar. Tirik organizmning har bir hujayrasida u haqida kodlangan ma'lumotlar mavjud bo’ladi. Irsiy material "gen" deb nomlanadi. Genlarning katta qismi, shu jumladan inson genini DNK (Dezoksiribonuklein kislotasi) tashkil etadi va bir qator viruslarda gen RNK(Ribonuklein kislotasi)dan hosil bo'ladi. Genomning genetik ma'lumotlari genlardan yig'iladi. Gen - bu irsiy ma'lumotni uzatish birligi va organizmning ma'lum bir xususiyatiga ta'sir qiladigan DNK hisoblanadi. Genlar to'plami genotip deb nomlanadi.

    Genetik algoritmning asosiy tushunchalari.
    GAlarda genetikadan olingan bir qator atamalar, birinchi navbatda genlar va xromosomalar, shuningdek populyatsiya, individual, allel, genotip, fenotip kabilar ishlatiladi. Shuningdek, ushbu atamalarga mos keladigan texnik leksikadagi tushunchalar, xususan, zanjir, ikkilik ketma-ketlik, tuzilma kabilardan ham foydalaniladi [17].
    Populyatsiya - bu cheklangan xromosoma (zot)lar to'plami. GAlarda populyatsiyaga kiritilgan xromosomalar ular ichida kodlangan muammoli parametrlar to'plami bo'lgan xromosomalar bilan ifodalanadi, ya'ni, echimlar, boshqacha qilib aytganda qidiruv fazosidagi nuqtalar (qidiruv nuqtalari) deb ataladi. Ba'zi bir ilmiy ishlarda xromosomalar organizmlar deb ham ataladi. Xromosoma - bu irsiy ma'lumotlarning tashuvchisi. Xromosomalar to'plami individni xarakterlaydi. Xromosoma genlardan tashkil topgan. Xromosomalar (qatorlar yoki kodlar ketma-ketligi deb ham ataladi) - bu genlarning tartiblangan ketma-ketliklari hisoblanadi.
    Gen (xususiyat, belgi yoki detektor deb ham ataladi) - bu genotipning atomar elementi, xususan xromosomalar hisoblanadi. Genlar - irsiy axborotni kodlash elementlari. Axborotni bitli kodlash ko'pincha genlar vazifasini bajaradi.

    Download 1,31 Mb.
    1   2   3




    Download 1,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter injiniringi ” fakultеti

    Download 1,31 Mb.