|
Kompyuter injiringi fakulteti 210-20-guruh talabasi Shodmonov Jasurbekning Operatsion tizimlar fanidan tayyorlagan
|
bet | 2/3 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,59 Mb. | | #108118 |
Bog'liq ornatilgan tizimlarQobiq-dastur – operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan va foydalanuvchiga shu operatsion sistema bilan ishlashga ko‘maklashadigan dasturdir. Eng birinchi ommalashgan qobiq-dasturlardan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu qobiq-dastur amerikalik mashhur dasturchi Piter Norton tomonidan ishlab chiqildi va juda tez ommalashib ketdi. Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander, Far manager kabi qobiq-dasturlar Norton Commander dasturining asosiy ish tamoyillarini o‘zida saqlab qolgan.
Norton Commander kompyuter ekranida disk, katalog va fayllar strukturasini ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatib turadi. Ma’lumki, matnli interfeysda operatsion sistemaning buyruqlarini kompyuterga kiritish ko‘p mehnat, vaqt va qunt talab qiladi. Norton Commander foydalanuvchini bu mehnatdan va operatsion sistemaning o‘nlab buyruqlarini doimo yodda saqlashdan xalos etdi. Mazkur dasturning eng afzal tomonlaridan biri – u operatsion sistema buyruqlaridan oson va samarali foydalanish imkonini beradi.
Norton Commanderdan foydalanuvchi qobiq-dasturni tark etmasdan turib, biror dasturni tuzishi yoki matnni tayyorlashi, ularni tahrirlashi va ishga tushirishi mumkin. Norton Commander foydalanuvchi kiritgan buyruqlarni esda saqlab boradi va ishlash jarayonida yana shu buyruqlardan foydalanishga to‘g‘ri kelsa, ularni takroran klaviatura orqali termasdan amalga oshirish imkonini beradi. Foydalanuvchi tomonidan tanlangan operatsion sistema buyrug‘i yoki amaliy dastur bajarib bo‘lingandan so‘ng yana Norton Commanderga qaytiladi.
Operatsion qobiq hozirgi kompyuterlarga Norton Commander, Volkov Commander, PowerDesk, DOS Navigator, Disco Commander, Far, Windows Commander, Total Commander va boshqa qobiqlar o'rnatilmoqda. Ular nafaqat qulaylik yaratib berishadi, balki kompyuter bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilishga moslashgan bo'lib, yangi imkoniyatlarni dasturlar ishlashi uchun grafik interfeys, multidasturlash va dasturlar orasida axborot almashish uchun muhitni kengaytirib beradi.
UTILITALAR
Muhim tizimli dasturlar sinfiga yordamchi dasturlar - utilitalar qo'shiladi (lot. Utilites - foyda, nat). Utilitalar OTning komponentlarini kengaytiradi va to'ldiradi yoki kompyuterga va boshqa dasturlarga xizmat ko'rsatishda muhim masalalami hal etadi.
Ba'zi utilitalaming ko’rinishlari:
• Tekshirish dasturlari, teslovchi va diagnostika - foydalanish jarayonida nosozliklami bartaraf etish uchun va kompyuter qurilmalarining funksionalligini, to'g'riligini tekshirish uchun xizmat qiladi.
• Drayver dasturlari - kiritish-chiqarish qurilmalarini tezkor xotira va h.k.lami boshqarishda operatsion tizimning imkoniyatlarini kengaytiradi. Har qanday ulangan qurilma uchun drayver dasturlari mavjud.
• Ixchamlovchi dasturlar (arxivatorlar) - diskka ma'lumotlarni yozishda, saqlashda bir-qancha yaxlitlikka erishiladi va qisqartirilgan holati vujudga keladi.
•antivirus dasturlari - zararli kompyuter viruslarini oldindan bartaraf etish va ular ustida ish olib borish, tizirnni nazorat qilish kabi vazifalami bajaradi.
• Optimallashtiruvchi va disklar aro o'zoro munosabatlarda sifatli interfeysni nazotar qiluvchi dasturlar. • Axborotlami qayta tiklovchi, formatlovchi, himoyalovchi dasturlar.
• Kommunikatsiya (aloqa) dasturlari, kompyuterlar o'rtasida ma'lumotlar almashuvini ta'minlaydi.
• Hotirani boshqaruvchi dasturlar, tezkor xotiraning yengil tarzda epchillik bilan foydalanilishini ta'minlaydi.
• Disk yurituvchilar (CD-ROM; CD-R; CD-RW; DVD-ROM; CDR W+DVD; DVD-R; DVD-RW) va boshqa ko'plab dasturlar uchun.
Utilitalarning bir qismi operatsion tizim tarkibiga kiradi, boshqa biT qismi esa funksional mustaqil ravishda ajralib chi qadi. Birlashgan yoki avtonom holatda bo'ladi. U1arga Chukit, Norton Utilities, Sisoft Sandra, Nuts&Bolts, TuneUp Utilities dasturlari kiradi. Utilitlar - yordamchi dasturlar. Unga nusxa olish uchun ishlatiladigan antivirus, arxivator, himoya va shunga o'xshash yordamchi funksiyalami bajaruvchi programmalar kiradi.
Utilitlar - ma'lumotlami qayta ishlashda qo'shimcha operatsiyalami bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko'rsatishga tashxis, apparat va dasturiy vositalami testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirishga mo’ljallangan dasturlardir. Ba'zan utilitlar majmualarga birlashib ketadi. Utilit dasturlarga quyidagilar kiradi:
- kommunikatsion dasturlar; kompyutemi diagnostikasi uchun dasturlar;
- qattiq disk, kesh va boshqa dasturlar uchun.
YUKLOVCHILAR
Tizimli va dasturiy ta'minotni kompyuterda ishlab chiqish uchun uskunaviy muhit yordami bilan yuzaga keladi:
- yuqori darajali translyatorlar tilli; tahrirlash muhiti,
- yuklovchi va komponovka dasturlari;
- assemblerlar va makroassemblerlar (mashinaga mo'ljallangan tillar)
- otladchik mashina dasturlari;
- dasturlash tizimlari;
|
| |