Kompyuter viruslari va antivirus dasturlari haqida ma’lumot. Kompyuter viruslari. Kompyuter viruslarini sinflarga ajratish




Download 348,1 Kb.
bet26/81
Sana17.01.2024
Hajmi348,1 Kb.
#139448
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi

5.2. Kompyuter viruslari va antivirus dasturlari haqida ma’lumot.
Kompyuter viruslari. Kompyuter viruslarini sinflarga ajratish.
Kompyuter viruslari bugungi kunda ko‘pchilikning eng dolzarb muammosidir. Bu hammani tashvishga solmoqda.
Virus dasturi kompyuterdagi ma’lumotlar butunligini buzishga yoki ularni
o‘chirishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Ilk bor virus dasturlari AQShda ishlab chiqarilgan, chunki aynan bu davlatda shaxsiy kompyuterlar keng tarqalgan edi. Ilk bor
ishlab chiqarilgan virus dasturlari foydalanuvchining xotirjamligini buzishga
va asabiga tegishga qaratilgan edi. Lekin keyinchalik ular zarar yetkazishni
o‘zining maqsadi sifatida qabul qilib oldi. Hozirgi paytda butun dunyo bo‘yicha
200000 dan ortiq virus dasturlari mavjud. Ular kompyuter viruslari bo‘lib,
kompyuterdagi ma’lumotlarga zarar yetkazadi yoki kompyuterning ishlash
samaradorligini tushirib yuboradi.
Kompyuter virusi o‘zi nima? Ular ma’naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan alamzada dasturchilar tomonidan g‘arazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular
odatda ko‘p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga «yopishib oladi». Ularning
«ishga tushishi» oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo‘lishi, goh
disqdagi yozuvlar (fayllar) o‘chirib yuborilishi mumkin.
Odatda foydalanuvchiga virus dasturlarining nomigina ma’lum bo‘lishi
mumkin. Masalan, Black Hole (qora teshik), Black Friday (qora juma), Friday 13 (o‘n
uchinchi juma), «sekin ta’sir qiluvchi virus» va hokazo. Mazkur viruslar ekranning
chap burchagidan qora teshik ochishi yoki 13 sana juma kunlari ishlayotgan fayllarni
yo‘qotishi, bundan tashqari, har 5 minutda kompyuter ishini bir necha yuz marotalab
sun’iy sekinlashtirib yuborishi mumkin.
Odatda TR-viruslar deb nomlanuvchi viruslar guruhi ajoyib xossaga ega.
Zararlangan dasturni ko‘rish chog‘ida virus dasturi tuzatilgan dastur ichiga
«suqilib» kirib oladi va o‘zini namoyon etmaydi. Shunga o‘xshash pokistoncha
viruslar (Brain Ashet) ham zararlangan kompyuterlarda o‘z «faoliyatini» ayyorlarcha
olib boradi.
Keng tarqalgan viruslarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
-fayllar uchun (SOM, YeXE va DLL ni zararlaydi);
-Boot-viruslar (disketlarni boshlang‘ich yuklovchi sektorlar yoki MBR (Master
Boot Record) qattiq diskning yuklovchi sohasini zararlaydi.
Tarmoqqa zarar keltiruvchi alohida viruslar ham mavjud. Ular replikatorlar deb atalib, tarmoqdagi barcha yoki ba’zi abonentlarni zararlaydi. Ulardan eng
«taniqlisi» Morrisa nomlisidir. 1988 yilda ushbu virus Internet tarmog‘idagi
30000 ta kompyuterdan 6000 tasiga zarar keltirib, «karomat» ko‘rsatgan.

Download 348,1 Kb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81




Download 348,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter viruslari va antivirus dasturlari haqida ma’lumot. Kompyuter viruslari. Kompyuter viruslarini sinflarga ajratish

Download 348,1 Kb.