Virusdan himoyalanish usullarini qo‘llash




Download 348,1 Kb.
bet29/81
Sana17.01.2024
Hajmi348,1 Kb.
#139448
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi

Virusdan himoyalanish usullarini qo‘llash.
«Virus-himoya vositalari» muammosi xuddi «hujum quroli - himoya quroli»
muammosiga o‘xshaydi. Himoya vositalari ko‘paygan sari hujum vositalari ham
takomillashib, uni ishlatuvchilar rag‘batlantirilmoqda. Nachora, hayot shunday
kurashdan iborat. Shuning uchun aytish darkorki, har ikki tomon ham rivojlana
borgani sari kompyuter viruslari ham ko‘p vaqt dolzarb muammo bo‘lib qolaveradi.
Himoyalanishning asosiy texnologik sxemasi. Himoyalanishning bunday
sxemasi quyidagi bosqichlardan iborat:
- yangi dasturiy mahsulotning dastlabki nazorati;
- qattiq diskni bir necha mantiqiy disklarga ajratish;
- rezident revizor (taftishchi) dasturlar bilan davriy ravishda axborot
butligini tekshirib turish;
- arxivlashtirish.
Yangi kiritilayotgan dasturiy ta’minotni nazorat qilish: birinchi va juda
zarur himoya kiritilayotgan dastur va disketalarni nazorat qilishdir. Go‘yoki,
samolyotning muvaffaqiyatli parvoz qilishi uchun passajirlar batafsil
tekshirilganidek, kompyuterda kiruvchi axborotlarni batafsil tekshirish
viruslar yuqishining oldini oladi. Har qanday «firma» disketalariga ham
ishonaverish kerak emas. Ularda ham virus bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik mashhur fayl va boot-viruslar mavjudligini kirish nazoratining
o‘zidayoq aniqlash mumkin. Bu jarayon bor-yo‘g‘i bir necha daqiqani oladi, xolos. Aks
holda ko‘p vaqt axborotlarni viruslardan tozalashga ketib qoladi. Kirish
nazoratini bir nechta marta saralab, maxsus tanlab olingan detektor va fagalardan
o‘tkazgan ma’qul. Biz quyidagilarni tavsiya etamiz. SCAN, AIDSTEST, DOCTOR,
AV, TP48CLS. Fagalarni detektor rejimida ishlatish zarur.
49
Karantin rejimi: Agar dasturiy ta’minot «begona qo‘ldan» olingan yoki yot
tashkilotlardan kelgan bo‘lsa, mazkur dasturlarni ishlatishda «karantin
muddati»ni belgilash foydali. Bunda har bir dastur uchun qat’iy sinov muddatini
joriy etish zarur. Bu muddat oy, haftaning kunlari bo‘lishi mumkin. Nega? Chunki,
biz yuqorida ayganimizdek, ba’zi bir viruslar ma’lum oy yoki aynan oyning bir
kunida o‘z «hunarini» ko‘rsatadi. Zararlangan dasturlardan tashqari, ba’zida
«singan» himoyadagi dasturlar ham xavf tug‘diradi (ular ko‘proq ofis va o‘yin
dasturlarida uchraydi). Gap shundaki, dasturning himoyasini olish viruslar
faoliyatini kuchaytirib yuboradi. Ayniqsa, “troya” viruslari faollashadi.
Masalan, Ukrainaning Donesk shahrida noqonuniy nusxalangan Formula o‘yinlari
davriy ravishda SMOS-xotirani o‘chirib tashladi.

Download 348,1 Kb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




Download 348,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Virusdan himoyalanish usullarini qo‘llash

Download 348,1 Kb.