|
TAQDIMOT DASTURI.
10.1. POWERPOINT
|
bet | 65/81 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 348,1 Kb. | | #139448 |
Bog'liq Kompyuter savodxonligi10. TAQDIMOT DASTURI.
10.1. POWERPOINT dasturida taqdimot yaratish
Bu dastur taqdimot yaratish dasturidir. Bunda o‘zida matnlar, rasmlar,
sxemalar, grafiklar, animatsion effektlar, ovoz, videokliplar va h.k.larni
mujassam etgan slaydlardan taqdimotlar ishlab chiqish mumkin. Slaydlar ketmaketligidan hosil bo‘lgan taqdimotni kompyuter ekranida, videomonitorlar va
katta ekranlarda namoyish qilsa bo‘ladi. Taqdimot yaratish bu slaydlar ketmaketligini qurish va bezagini berishdir.
Quyidagi rasmda siz POWERPOINT dasturining ekrani va uning asosiy
elementlarini ko‘rishingiz mumkin:
1-rasm. Slayd sarlavhasi va sarlavha izohi yoziladigan sahifa.
Bunda taqdimotingiz dizaynini didingizga ko‘ra mavjud dizaynlar
to‘plamidan, rangini ranglar to‘plamidan tanlashingiz mumkin. Buning uchun
“Dizayn” menyusidan foydalanish kerak.
Slayd tuzilishini esa “Bosh menyu”ning “Maket” menyusidan tanlashingiz
mumkin.
109
2-rasm. Taqdimot slaydi shaklini tanlash oynasi.
10.2. Slaydlarga matn kiritish
Yangi slayd yaratishda (agar yangi taqdimotni tanlamagan bo‘lsangiz)
PowerPoint har bir slaydni namunaviy matn bilan to‘ldiradi. Bu matnlarni siz
o‘zingizning matningiz bilan almashtirishingiz lozim.
O‘z matningizni kiritish uchun bu maydonlardan biri ustida dastyorning chap
tugmasini bosing. So‘ng matnni kiriting.
3-rasm. Slaydga sarlavha kiritish.
Bu dasturda matnli muharrirlardagi barcha imkoniyatlar mavjud: nusxa
olish, shrift, rang tanlash va h.k.
110
10.3. Taqdimotga rasm qo‘shish
Taqdimot slaydiga rasm qo‘shish uchun bosh menyuning Vstavka (Joylash)
menyusini ochib, Risunok punktini tanlash kerak. So‘ng chiqqan darchada kerakli
rasmni tanlab, Vstavit tugmasini bosish kerak:
4-rasm. Taqdimotga rasm qo‘shish oynasi.
Rasmni slaydga qo‘yganingizdan so‘ng siz oddiy usul bilan uning o‘lchami va
joyini o‘zgartirishingiz mumkin.
Shunga o‘xshash holda taqdimotga diagramma, klip, audio- va videofayllar va
boshqa elementlar qo‘shsangiz ham bo‘ladi. Buning uchun Vstavka menyusi
imkoniyatlarini mustaqil ravishda o‘rganishingizni tavsiya qilamiz.
|
| |