• Multimediali aloqa tarmoqlarining yuqori sath protokollari
  • Tarmoq interfeysi protokollari X.25, Fram Relay




    Download 419,42 Kb.
    bet3/3
    Sana24.05.2024
    Hajmi419,42 Kb.
    #252816
    1   2   3
    Bog'liq
    Kompyuter tarmoqlari Mustaqil ishlar (2)

    Tarmoq interfeysi protokollari X.25, Fram Relay

    X.25 protokoli. X.25 protokoli asosidagi paketlarni kommutatsiyalash tarmog‘i – 1970 yillar oxirlarida, analog uzatish muhiti orqali ikkita uzoqdagi punktlar orasida ma’lumotlar uzatishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Ularni qo‘llanilishining asosiy muhiti terminallar va ishchi kompyuterlar orasidagi aloqa bo‘lgan. ITU-T da ishlab chiqilgan X.25 protokoli OTO‘B modelining uchinchi sathining protokoli hisoblanib, tarmoq orqali paketlarni uzatishni ta’minlaydi. X.25 protokolda axborotni butunligini saqlash masalasi tarmoqga qo‘yilgan, ya’ni halaqitlarga chidamli kodlarni qo‘llash, so‘rash va tarmoq uzellari orasida paketlarni takrorlash yo‘llari orqali erishilgan.


    Qisqa masofali telefon tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan X.25 protokollarida xatolik ehtimolligi (10-3 - 10-4 ) katta (ma’lumotlar uzatish uchun), bu esa paketlarni yo‘qolishiga va ularni takror uzatish zaruratiga olib keladi. Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni yechimini Fram Relay texnologiyasi ta’minlaydi, ya’ni o‘zida X.25 protokolini soddalashtirilgan turini ifodalaydi.
    Fram Relay protokoli. Fram Relay protokoli (kadrlarni kommutatsiyalash/retranslyatsiyalash) 90-yillar boshida standartlashtirilgan, kanalda xatolik ehtimolligi 10-6 tartibda. X.25 texnologiyasi singari Fram Relay protokoli ulanishni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Fram Relay protokoli OTO‘B modelining birinchi ikkita sathida amalga oshiriladi. Fram Relay texnologiyasida protokolli bloklar sifatida kadrlar qo‘llaniladi. Fram Relay texnologiyasi kadrlarida foydali yuklama maydonining uzunligi 4096 baytgacha oshirilgan, X.25 protokolida esa 256 bayt.

    Multimediali aloqa tarmoqlarining yuqori sath protokollari

    Yuqori sath protokollari (5-7). Amaliy sath protokoli asosiy protokol hisoblanadi, aynan u tufayli qolgan barcha protokollar mavjuddir. U amaliy deyiladi, chunki u bilan boshqa ochiq tizimlarda joylashgan amaliy jarayonlar bilan birgalikda qandaydir masalani yechishi kerak bo‘lgan tizimning amaliy jarayonlari o‘zaro ta’sirlashadi. OTO‘B etalon modelning amaliy darajasi, ochiq tizimlar qandaydir oldindan ma’lum bo‘lgan masalani birgalikda yechishi jarayonida almashadigan ma’lumotlarning mazmuniy tarkibini aniqlaydi.


    Oltinchi daraja taqdim etish darajasi deyiladi. U asosan uzatiladigan ma’lumotlarni kerakli tarmoq shaklida taqdim etish jarayonini aniqlaydi. Bu tarmoq turli oxirgi punktlarni (masalan, turli kompyuterlarni) birlashtirishiga bog‘liq. Agar tarmoqdagi barcha oxirgi punktlar bitta turda bo‘lganida edi, taqdim etish darajasini kiritish kerak bo‘lmas edi. Har xil turlardagi kompyuterlarni birlashtiradigan tarmoqda, tarmoq bo‘ylab uzatiladigan axborotlar ma’lum yagona taqdim etish shakliga ega bo‘lishi kerak. Aynan bu shaklni oltinchi daraja protokoli aniqlaydi.
    Protokollarning navbatdagi beshinchi darajasi sessiyalar yoki seanslar protokoli deyiladi. Uning asosiy vazifasi amaliy jarayonlar orasidagi o‘zaro ta’sirlashish – amaliy jaryonlarning o‘zaro ta’sirlashishi uchun ularni ulash usullarini tashkil etish, jarayonlarning o‘zaro ta’sirlashishi va “ulanishni uzish” vaqtlari jarayonlari orasida ma’lumotlarni uzatishni tashkil etish hisoblanadi.
    So‘ngra pastki makro sathning to‘rtta protokoli keladi. Pastki sath protokollarining asosiy vazifasi ma’lumotlarni tezkor va ishonchli uzatish hisoblanadi. Shuning uchun pastki sath protokollari ba’zan transport tarmog‘i protokollari deyiladi. Transport tarmog‘iga chiqish port orqali amalga oshiriladi. Har bir jarayon o‘z portiga ega bo‘ladi. Transport tarmog‘iga kirishdan oldin foydalanuvchining ma’lumoti, uni yaratgan jarayonning sarlavhasini oladi. Transport tarmog‘i pastki sath protokollarini qo‘llab, jarayon (xabar) sarlavhasiga ega foydalanuvchining ma’lumotini manzilga (adresga) uzatishni ta’minlaydi. Internet protokollarining arxitekturalari to‘rtta sathli hisoblanadi. Keyinroq paydo bo‘lgan ISO etalon modeli protokollarining yetti sathli arxitekturasini TCP/IP ning keyingi rivojlanishi sifatida qarash mumkin. Haqiqatdan ham, ikkkita arxitekturaning farqi shundan iboratki, TCP/IP arxitekturasidagi OSI modelining uchta yuqori sathlari (amaliy, taqdim etish, seanslar) bitta amaliy darajaga birlashtirilgan (4.3-rasm). TCP/IP tarmoq interfeyslarining sathi, OSI modelining ikkita kanalli va tarmoq sathlariga mos keladi.
    TCP/IP amaliy sathi quyidagi an’anaviy xizmatlarni qo‘llabquvvatlaydi:
    - elektron pochtani uzatishning oddiy protokoli SMNP (Simple Mail Transfer Protocol) yordamida ishlatiladigan elektron pochta va yangiliklarni almashish;
    - IMAP (Internet Massage Access Protocol), POP (Post Office Protocol) va X.400 pochta protokollari; NNTP (Network News Transfer Protocol) yangiliklarni almashish tarmoq protokoli;
    - Telnet protokoli yordamida amalga oshiriladigan virtual terminal;
    - fayllarni uzatish FTP (Fail Transfer Protocol), TFTP (Trivial Fail Transfer Protocol) NFS (Network File Systems) protokollari yordamida amalga oshiriladi;
    - ma’lumotnoma xizmatlari DNS (Domain Name System) domen nomlari va X.500 tizimlari yordamida amalga oshiriladi;
    - yordamchi protokollar: shaxsiy identifikatorlarni olish;
    - BOOTR, vaqt - NTP (Network Time Protocol), diagnostika;
    - Echo va tizim haqidagi ma’lumotlar – Finger.
    1990-yillar o‘rtalarida URL (Universal Recourse Locator) va URN dan (Universal Recourse Names) foydalanib gipermatnni uzatish protokoliga HTTP asoslangan WWW (World Wide Web) texnologiyasi bazasidagi xizmatlar faol joriy etildi. Bugungi kunda SIP (Session Initiation Protocol), RTP (Real-time Protocol), RTCP (Real-time Transport Control Protocol) protokollari, H.323 tavsiyalari asosidagi paketli IP-telefoniya xizmatlari ommaviy hisoblanadi.
    Stekdagi alohida o‘rinni quyidagi monitoring va boshqarish protokollari egallaydi:
    - SMNP (Simple Management Transfer Protocol) –boshqaruv uzatishni oddiy protokoli ;
    - RMON (Remote Monitoring) – masofaviy monitoring.
    Bu protokollar yordamida tarmoqning holati kuzatiladi va uni ma’murlashtirish o‘tkaziladi.
    FTP fayllarni qayta jo‘natish protokoli. Olisdagi servyerda joylashgan ma’lumotlar fayllariga ulanish usullaridan biri mijozning so‘rovi bo‘yicha fayl nusxasini uzatish hisoblanadi. Internet tarmog‘ida bu maqsad uchun FTP (File Transfer Protocol) standart protokoli – fayllarni qayta jo‘natish protokoli qo‘llaniladi. Eng eski protokollardan biri hisoblanadigan FTP protokoli (u oldingi asrning 70 - yillarning boshlarida ishlab chiqilgan) ilovalar sathi protokollariga kiradi va ma’lumotlarni uzatish uchun TCP transport protokolidan foydalanadi.
    FTP protokoli mijozlar (mijozlar guruhi) va ma’lumotlarni saqlaydigan server (FTP serveri) orasida ma’lumotlar fayllarini almashish uchun qo‘llaniladi, binobarin, har bir oxirgi nuqta fayllarni uzatish va so‘rash/olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday fayllar matnlar, grafik tasvirlar, tovushlar, video va multimediali ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. FTP protokoli foydalanuvchining (mijoz) kompyuteriga dasturiy ta’minotni yuklash uchun ham ishlatiladi. FTP protokoli yordamida foydalanuvchi oladigan fayllarni to‘g‘rilashi (o‘chirishi, qayta nomlashi, ulardan nusxa ko‘chirishi va h.k.) mumkin. Ko‘pgina FTP-serverlarda yozish uchun ochiq bo‘lgan va server orqali fayllarni olishni ta’minlaydigan katalog (incoming, upload nomlarli va boshqalar) mavjud. Bu foydalanuvchilarga serverni yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirishga imkon beradi.
    XX asrning 90-yillar boshlanishigacha FTP protokoliniing hissasiga Internet tarmog‘idagi trafikning taxminan yarmi to‘g‘ri kelgan. Bugungi kunda ham protokol olisdagi serverlar va xostlarga ulanish uchun qo‘llanilmoqda, lekin uning o‘rniga Butun Dunyo To‘ri texnologiyasiga asoslangan ulanish usullari kirib kelmoqda.
    HTTP gipermatnli xabarlarni yuborish protokoli va Butun Dunyo To‘ri. 1989 yilda Tomas Berners-Li Jenevadagi Yadro tadqiqotlari bo‘yicha Yevropa kengashida (SERN) ishlashi bilan endi Butun Dunyo To‘ri (World Wide Web) sifatida ma’lum bo‘lgan loyihani taklif etdi. Loyihani amalga oshirish uchun Tomas Berners-Li, ularsiz zamonaviy Internetni tasavvur qilish mumkin bo‘lmagan uchta asosiy vositani - URI identifikatorlari, HTTP protokoli va NTML tilini ishlab chiqdi.
    Texnik nuqtai nazardan WWW ni HTTP sifatida ma’lum bo‘lgan yagona protokol yordamida muloqot qiladigan ko‘pgina mijozlar va serverlar sifatida qarash foydali bo‘ladi. Butun Dunyo To‘rida gipermatnni yaratish, saqlash va aks ettirishni osonlashtirish uchun HTML gipermatnni belgilash tili qo‘llaniladi. HTTP va HTML protokollarining kombinatsiyasi matnlar, grafikalar, tovush, video va boshqa multimediali fayllarni Internet global tarmog‘i orqali yetkazishni ta’minlaydi.
    SIP protokoli. IETF da VoIP tizimi uchun signalizatsiya protokollarini yaratish sohasidagi ishlar draft-ietf-mmusic-cip-OO spetsifikatsiyasini ishlab chiqilishi bilan boshlandi, bunda keyinchalik SIP/1.0 nomini olgan Session Invitation Protocol protokoli tavsif etilgan.
    Bu hujjat faqat aloqa seansini o‘rnatilishiga so‘rovni spetsifikatsiyalaydi, lekin istiqbolda bu spetsifikatsiya o‘sha vaqtda yaratilgan konferensiyalarni multimediali arxitekturaga integratsiyalanishiga yo‘naltirildi, bu hujjatning nomi MMUSIC - Multiparty Mulimedia Session Control.
    SIP protokoli foydalanuvchilar orasida aloqa seanslarini o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. H.323 protokoli. IP-telefoniya tarmoqlarini qurish uchun birinchi tavsiya H.323 tavsiyasi bo‘ldi. ITU tarixan UFTT muammolari bilan shug‘ullandi va taklif etilgan tavsiya haqiqatda IP-tarmoq ustiga qo‘yilgan ISDN (Integreted Services Digital Network) tarmog‘ini aniqlagan. Xususan, IP-telefoniya tarmog‘ida H.323 bo‘yicha ulanishni o‘rnatish jarayoni Q.931 tavsiyaga asoslanadi va ISDN tarmoqlardagi jarayonga deyarli aynan o‘xshash bo‘ladi. H.323 tarmog‘ining asosiy qurilmalari terminal, shlyuz va konferensiyalarni boshqarish qurilmasi hisoblanadi. SMTP elektron pochta protokoli. Elektron pochta IP-tarmoqlardagi eng eski ilovalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda elektron pochta orqali ma’lumotlarni almashish kuniga millionlab insonlar tomonidan qo‘llanilmoqda. Mijoz va server orasidagi ma’lumotlarni almashishning yana bir shakli hisoblanadigan bu almashish SMTP (Simple Mail Transfer Protocol – pochta xabarlarini yetkazishning oddiy protokoli) protokoli yordamida qo‘llaniladi. RFC 822 tasnifi xabarning ikki qismini – sarlavha va asosni aniqlaydi. Har ikkala qismlar 7-razryadli ASCII kodi bilan kodlanadi. Shaxsiy pochta manzillari (foydalanuvchini ismi@tarmoq osti) ko‘rinishidagi formatga ega bo‘ladi. Pochta qutilarining bu manzillari SMTP sathida taniladi. Odatda pochta xabari mijozdan SMTP lokal serveriga uzatiladi, ya’ni mijozlarning so‘rovi bo‘yicha pochtaning yetkazilishiga javob beradi. Servyerda pochtaning qayta ishlanish jarayoni, har bir yuboruvchi va oluvchining manzili, shuningdek yuborish vaqtiga ega bo‘lgan keluvchi xabarlarni to‘plashdan iborat. Dastlabki xabarni olgan lokal server yuborish punktidagi olisdagi serverning IP-manzilini identifikatsiyalaydi va bu olisdagi server bilan TCP seansini o‘rnatishga urinishni amalga oshiradi. Ulanish o‘rnatilganidan keyin, yuborish serverida pochta xabaridan nusha ko‘chiriladi. Server-yuboruvchi muvaffaqiyatli uzatishga tasdiqlanishni olishi bilan, xabar lokal server xotirasidan o‘chiriladi. Keyin olisdagi foydalanuvchi o‘z serveriga ulanishni olishi va yetkazilgan xabarni qabul qilishi mumkin. MIME protokoli. SMTP protokolini ishlab chiqishda elektron pochta faqat oddiy matnni uzatish uchun foydalanilishi ko‘zda tutilgan. 1993 yilda RFS 822 tasnifi har xil turlardagi ma’lumotlar – audio, video, Word hujjatlarini uzatishni ta’minlash uchun kengaytirilgan. Bu maqsadlar uchun MIME (Multiprpose Internet Mail Extension – Internetning ko‘p maqsadli pochta kengaytirilishi) qo‘llaniladi. MIME protokoli elektron pochta yordamida har xil turlardagi ma’lumotlarni, shu jumladan ASCII kodidan farqli bo‘lgan kodlash turi qo‘llaniladigan tillardagi matnlar, musiqa, grafika va filmlarni uzatish mexanizmlarini aniqlaydi. MIME formatini o‘zgartirish odatda elektron xabarlarni uzatishda va qabul qilishda pochta serverlari yoki mijoz pochta dasturlari orqali amalga oshiriladi.
    Xulosa
    Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, IP tarmoqlarda talab qilingan xizmat ko‘rsatish sifati muammosi yechimlariga kafolatlangan o‘tkazish polosasi taqdim qilinishi, tarmoq mexanizmlarining, ya’ni, marshrutizatorlar va shlyuzlarning unumdorligining oshirilishi, yuqori o‘tkazish xususiyatiga ega magistral liniyalar ishlatilishi va tarmoq resurslaridan samarali foydalanilishi orqali erishish mumkin.
    Eng katta IP tarmoq bu, shubhasiz, Internetdir. Internet va korporativ Intranetlar o‘sishda davom etayotgan ekan, shu bilan birga, noan’anaviy turdagi xabarlarni uzatishga yo‘naltirilgan ilovalar soni ham ortib bormoqda. Bunga IP tarmoq orqali nutqni uzatish (Voice over IP, VoIP) yoki videokonferensiyani misol qilish mumkin. Demak, Internet foydalanuvchilari va turli tarmoq ilovalari soni kun sayin ortib borishi bilan mavjud tarmoqlar qatorida yangi paydo bo‘layotgan ilovalar va xizmatlarni qo‘llab — quvvatlay olish ham zarur bo‘ladi.
    Download 419,42 Kb.
    1   2   3




    Download 419,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarmoq interfeysi protokollari X.25, Fram Relay

    Download 419,42 Kb.