Kompyuter tarmoqlarida ishlatiladigan kommutatsiya turlari




Download 353,66 Kb.
bet1/3
Sana30.05.2024
Hajmi353,66 Kb.
#257572
  1   2   3
Bog'liq
1449298 (1)

Kompyuter tarmoqlarida ishlatiladigan kommutatsiya turlari

Internet – dunyo bo`ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab komp`yuter tarmoqlarining majmuidir. Internet «sovuq urush» mahsuli bo`lib, uning yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay olishga mo`ljallangan tajribaviy aloqa tizimi sifatida XX asrning 70- yillar boshlarida AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan ARPANET aloqa tarmog`i asos bo`lgan. ARPANET – buzilgan aloqa bo`g`inlarini avtomatik ravishda aylanib o`tishga va tarmoqdagi komp`yuterlarning ma`lumot almashinishiga imkon yaratuvchi kommunikatsiyalar paketidir. ARPANET da ma`lumotlarni uzatish texnologiyasi «aloqaliinformatsion paketlar» deb nomlanadi. Bu texnologiyada yuborilayotgan ma`lumotlar bir nechta paketlarga bo`linadi va har bir bo`lingan paket o`zining manziliga ega bo`ladi. Paketlar aloqa tizimi orqali mustaqil joylashtiriladi. Ma`lumotlarni jo`natish uchun foydalanuvchi o`z manzili orqali boshqa foydalanuvchilarni manzilini aniq ko`rsatishi kerak.Aloqa shunday yo`lga qo`yilganki, foydalanuvchilar tomonidan konkret tizimdagi struktura haqida hech qanday ma`lumot so`ralmasligi loyixalashtirilgan va dasturlashtirilgan

Barcha paketlar belgilangan manzilga uzatilgach, raqamlanishga keladi va butun ma`lumot tiklanadi. Paketlar butunligi tekshiriladi. Agar bu jarayon davomida axborot qismiga zarar etgan bo`lsa, qabul tizimi butun tizimni emas, balki kerakli axborot qismlarini qayta yuborishni so`raydi. Axborot uzatishning bu modeli paketlar kommutatsiyasi deyiladi. Telefon tarmoqlarini taqqoslash uchun kanallar kommutatsiyasi deb ataluvchi model qo`llaniladi. Bu siz va sizning abonentingiz o`rtasidagi aloqa boshlangach doimiy aloqa o`rnatiladi va sizdan boshqa hech kim sizning muloqotingiz davrida foydalana olmaydigan aloqa kanali o`rnatilishini va suxbat tugaguncha saqlanishini anglatadi. Aynan shu TCP/IP deb nomlangan standartlar mavjud tarmoqlar yordamida global komp`yuter tarmog`ini yaratish uchun asos bo`lgan


Download 353,66 Kb.
  1   2   3




Download 353,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter tarmoqlarida ishlatiladigan kommutatsiya turlari

Download 353,66 Kb.