|
Kompyuter tarmoqlarini loyihalash va qurish
|
Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 22,91 Kb. | | #139899 |
Bog'liq Mirjalolga
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.E. BEGBO’TAYEV
KOMPYUTER TARMOQLARINI LOYIHALASH VA QURISH
O’quv qo’llanma
(5110100 - Matematika va informatika)
TOSHKENT
« » nashriyoti
2022
UO'K 004:37(075.8)
A. E. Begbo’tayev. Kompyuter tarmoqlarini loyihalash va qurish (O’quv qo’llanma). – O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi - Toshkent, « » nashriyoti, 2022. 145 bet.
O’quv qo’llanmada kompyuter tarmoqlarini yaratishning asosiy tushunchalari, modellari va usullari, TCP/IP protokollar stekini tashkil qilish (IPv4 va IPv6), asosiy marshrutlash va kommutatsiya protokollari, Internet, IoT – buyumlar interneti va multimediyali tarmoq texnologiyalari haqida nazariy tushunchalar hamda mavzularga oud laboratoriya mashg’ulotlarini tashkillashtirish bo’yicha ko’rsatmalar keltirilgan.
Ushbu o’quv qo’llanmadan tarmoq texnologiyalari bo’yicha mustaqil o`rganuvchilar, 5110100 - “Matematika va informatika” bakalavriyat yo’nalishi talabalari, 5A110102 – “Ta’limda axborot texnologiyalari” yo’nalishidagi magistrlar va o`qituvchilar foydalanishlari mumkin.
В учебном пособии представлены основные сведения о базовых понятий, моделей и способов построения компьютерных сетей, организации стека протоколов TCP/IP (IPv4 и IPv6), базовых протоколах маршрутизации и коммутации, Интернет, IoT — Интернет вещей, мультимедийные сетевые технологии и инструкция организации лабораторных занятий.
Этот учебное пособие предназначено для самостоятельными изучающими сетевые технологии, студентами бакалавриата по направлению 5110100 - «Математика и информатика», магистрантами направления 5А110102 - «Информационные технологии в образовании».
The tutorial provides basic information about the basic concepts, models and methods of building computer networks, the organization of the TCP / IP protocol stack (IPv4 and IPv6), basic routing and switching protocols, Internet, IoT - Internet of Things, multimedia network technologies and instructions for organizing laboratory studies.
This study guide is intended for independent students of network technologies, undergraduate students in the direction 5110100 - "Mathematics and Informatics", undergraduates in the direction 5A110102 - "Information Technologies in Education".
Taqrizchilar
|
Pedagogika fanlari doktori, professor F.M.Zakirova
Texnika fanlari nomzodi, dotsent R.M.Yusupov
| KIRISH
Mamlakatimiz ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari bilan uyg‘unlashtirib, oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifati hamda raqobatbardoshligini ta’minlash, jahon amaliyotiga asoslangan oliy ta’lim tizimining sifat darajasini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimiga ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali metodlarini ishlab chiqish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish ustuvor vazifalardan biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi, 2020 yil 6 oktyabrdagi PQ-4851-sonli «Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4672-sonli “Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risid qarorida belgilangan vazifalarni bajarish, oliy ta’lim muassasalarini ilgʻor jahon tajribalari asosida yaratiladigan yangi avlod darslik, oʻquv qoʻllanmalari hamda davriy nashrlar bilan tizimli taʻminlash maqsadida qabul qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʻminlash toʻgʻrisida” gi 2018 yil 10 oktyabr, 816-son qarori hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi va hayotga tatbiq etilishiga ushbu o’quv qo’llanma muayyan darajada xizmat qiladi.
|
| |