• Kopyuter tarmoqlari.
  • Thank you
  • Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari. At-82 Murodjonov. M




    Download 1.59 Mb.
    Sana10.04.2023
    Hajmi1.59 Mb.
    #50173
    Bog'liq
    Mansur Murodjonov
    1, diplom 2022-03-03 at 7.45.34 PM, ТезисТДТУ О С Ахмедов,Т А Абдуваҳобов, Zenkerlar, 1-mustaqil ish, qonunloyihasi, “Shartnomani chegirma bilan qayta rasmiylashtirish” aksiyasini oʻtkazish va unda ishtirok etish shartlari, Betlik, YUSUFALIYEV BEKZODBEK ABDUKARIM O, OAT 2-amaliy mashg\'ulot, 1-Amaliy ish boyicha korsatma, SERTIFIKATLASH SXEMALARINI O’RGANISH, O‘zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. O‘tgan asrning 30--fayllar.org

    Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari.

    AT-82

    Murodjonov.M

    Reja:


    Kopyuter tarmoqi haqida tushuncha.
    Kopyuter tarmoqlarining turlari.
    Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari.
    Kompyuterlarning o’zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog’liq.
    Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig’indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin.
    Kompyuter tarmoqlari

    Kopyuter tarmoqlari.


    Lokal
    Mintaqaviy
    Global tarmoq
    Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
    Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birshalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
    Lokal tarmoq
    Shuning uchun, bittadan ko’p kompyuterga ega bo’lgan firmalar o’z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.
    Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo’lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
    Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo’ladi.
    Marshrutlash bu –kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash jarayonidir.
    Seleksiyalash –tegishli manzildagi axboroni saralash demakdir.
    Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo’yicha ikki sinfga ajratiladi.
    Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta’minlaydi.
     Ishchi tizimlar katta mikdordagi ma’lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta’minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
     Ma’muriyat tizimlari—tarmoqni boshqaradi. Kommunikasion tizimlar abonent tizimlar orasidagi axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog’lanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.
     Mintaqaviy tarmoq
     Mintaqaviy tarmoq—biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o’zida mujassamlashtirgan tarmoq.
     Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quvvatli serverlar mavjud bo’ladi va bunday serverlar o’rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun’iy yo’ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
    Global tarmoq—dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniga ega bo’lgan tarmoq. Bu tarmoq Internet (Internet) deb yuritiladi.
     Intranet—bu Internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalar asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo’lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog’idir.
     Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta servyerdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma’lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo’ladi.
    Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo’lib, uning foydalanuvchisiga bunday ma’lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, Internet tarmog’ida mavjud bo’lgan barcha elektron hujjatlar va ma’lumotlar omborini giperbog’lanishlar yordamida o’zaro bog’lab yagona axborot muhiti ko’rish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo’ladi.
    Konsentrator (HUB)—tarmoqdagi kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi maxsus qurilma. Ular 8, 12, 16 ta kompyuterlarni o’zaro bog’lashi mumkin.
    Server—tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.
    Server disklarida kompyuterlarning birgalikda ishlash imkonini
    Beruvchi dasturlar, ma’lumotlar omborlari va faksli aloqalarni,
    ma’lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Serverda
    joylashgan
    dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qo’yilishiga ko’ra cheklangan bo’lishi mumkin.
    Modem «modulyator» va «demodulyator» so’zlari birikmasidan hosil bo’lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyutyerda raqamli ko’rinishdan analog ko’rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyutyerda analog ko’rinishidan raqamli ko’rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning vazifasi kompyutyerda «0» va «1» ko’rinishida tasvirlangan ma’lumotni ikki asosiy chastotalik telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida kodlangan axborot ko’rinishiga o’tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy xaraktiristikasi bodlarda ulchanadigan ma’lumotlarni uzatish tezligidan iborat. Zamonaviy modemlarning tezligi 2400,9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan iborat. Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan foydalanish mumkin.
    Modem —axborotni kompyutyerdan uzatish kabeliga o’tkazuvchi maxsus elektron qurilma.

    Thank you


    Download 1.59 Mb.




    Download 1.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari. At-82 Murodjonov. M

    Download 1.59 Mb.