|
Kompyuter tashkil etilishi
|
Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #252965 |
Bog'liq Safarboyeva K(KTE A9)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
POCHTA ALOQASI TEXNOLOGIYASI YO‘NALISHI
2-BOSQICH PAT-11-22-GURUH TALABASINING
“KOMPYUTER TASHKIL ETILISHI”
FANIDAN TAYYORLAGAN
9-AMALIY ISHI
Bajardi: Safarboyeva Komila
Qabul qildi: Abduvaliyev Asror
QARSHI-2024
Mavzu: Shina turlari va portlar.
Ishdan maqsad: Shinalar va portlarning turlarini o‘rganish. Ma’lumotlarni kiritish jarayonini o‘rganish.
Shaxsiy kompyuterlarda odatda quyidagi portlar mavjud bo'lishi mumkin:
USB (Universal Serial Bus): Bu portlar ko'p mashhur bo'lib, ular ko'p turdagi qurilmalarni ulashish, xotiralarni qo'llab-quvvatlash va boshqa qurilmalar bilan birgalikda ishlash uchun ishlatiladi.
HDMI (High Definition Multimedia Interface): Bu portlar video va audio ma'lumotlarni qurilmalardan televizorlarga, monitorlarga yoki projektorlarga uzatish uchun ishlatiladi. Ko'p mashhur televizorlar, monitorlar va multimediyalarning ko'pida bu portlar mavjud.
Ethernet (LAN): Bu portlar kompyuterni bir tarmoqqa ulashish uchun ishlatiladi. Ushbu portlar orqali internetga ulanish va lokal tarmoqqa qo'shilish mumkin.
Audio ports: Ko'p mashhur audio portlar 3.5mm jack (ya'ni headphone jack) va RCA bo'lib, ular ko'p mashhur bo'limlarda audio qurilmalarni kompyuterga ulashish uchun ishlatiladi.
Thunderbolt: Ushbu portlar o'zining baland bandli siqnal o'tkazish qobiliyati va bir necha funksiyalarga ega bo'lgani uchun chidamlanadi. Ular sifatida tezlik, tezlik qurilmalarini qo'llab-quvvatlash, har disk va boshqa qurilmalarga ulanish uchun ham ishlatiladi.
SD kart portlari: Bu portlar xotirani o'qish va yozish uchun ishlatiladi. Ko'pchilik portlarda SD kartlarni ulash uchun ko'paytirilgan.
Kompyuterning ichki va tashqi portlari. Bu maqolada biz kompyuterning ichki va tashqi portlari haqida ma`lumotga ega bo`lish va ishlash tartibini o`rganish. Kompyuter interfeysi va tarmog`i haqida ko`nikmaga ega bo`lish haqida malumotga ega bo‘lamiz. Informatsion texnologiyalarda port – bu yuborilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlar o`rtasidagi bog`lanishni tashkil etadi (mantiqiy yoki fizik). Odatda quyidagilar:
Qurilmali (apparatli) portlar – bu asosan kompyuterning fizik qurilmasi bo`lib u asosan vilka yoki kabel yordamida kompyuterga bog`lanadi.Ularga quyidagilar kiradi: Parallel port, Davomli port, USB, PATA/SATA, IEEE 1384 (FireWire), PS/2Kiritish- chiqarish porti – mikroprotsessorlarda (masalan Intel) qurilmalar yordamida ma`lumotlar almashish imkonini beradi. Kiritish- chiqarish porti dasturga ma`lumotlar berish va uni almashishni tashkil etadi. Tarmoqli port – TCP va UDP protokol parametrlari bo`lib u IP formatidagi ma`lumotlar paketi qo`llanilishini aniqlaydi. Kompyuterning tashqi qurilmalari bilan axborot almashishi jarayonini, kopmyuterning tashqi interfeysi tashkil qiladi. Tashqi interfey tashqi portlar, shinalar, kopmyuterlar birlashmasi va tashqi qurilmalar jamlamasidan iboratdi. Asosan kopmyuter va tashqi qurilmalarni bir-biriga bog’lashda shinalardan foydalaniladi. Kopmyuterga printer, scaner, sichqoncha, klaviatura va shunga o‘xshash qurilmalarning kompyuterga ulanishi tashqi interfeysga misol bo‘ladi. Tashqi interfeysni amalga oshirish uchun unga apparat va dasturiy ta’minot: tashqi qurilmani boshqaruvchisi (controller) va controller ni boshqaruvchi maxsus dastur, drayver (driver) kerak bo‘ladi. Har qanda kopmyuterda tashqi interfeys bir qancha portlar, jumladan, LPT, PS/2, COM, USB, … kabilar orqali amalgam oshiriladi. (1- rasmga qarang). Har bir portning o‘ziga yarasha vazifasi bor. IEEE 1284 (Printer port, parallel port, LPT) – shaxsiy kompyuterga ulashga mo`ljallangan xalqaro parallel interfeys standartiga mos tushuvchi qurilma. “LTP” nomi MS DOS oilasidagi operatsion tizimdagi “LTP1” (Line Printer Terminal yoki Line PrinTer) standart nomidan kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda bu interfeys asosan USB interfeysi bilan mos tushadi va u yi`g`ma apparatlarni (skaner – printer - kserokopiya) ulashsh uchun ishlatiladi. Lekin asosan yuqori tezlikda chop etish va printer uchun ishlatiladi. Bu bilan asosan Cetronics, Betronics, HP, HewlettPackard firmalari tomonidan ishlab chiqariladi. Ular 1284.3-2000 va 1284.4-2000 standartiga asoslangan. Ishchi rejimlari: ➢ SPP (Standart Paralell Port) — bir yo`nalishli port, to`laligicha Cetronics interfeysi bilan mos tushadi. ➢ Nibble Mode — SPP rejimida ikki yo`nalishli ma`lumotlar almashinishga asoslangan (4 baytli) qo`shimcha qurilmalar bilan jihozlangan ➢ Byte Mode — Ba`zida qo`llaniluvchi IEEE 1284 standartiga asoslangan eski kontrollerlardan ikki tomonlama ma`lumot almashish uchun foydalaniladi. ➢ EPP (Enhanced Parallel Port) —ishchi qurilma Intel, Xircom va Zenith Data Systems — firmalariga tegishli ikki tomonlama ma`lumot almashish, 2 Mbayt/sekund tezlikda ➢ ЕСР (Extended Capabilities Port) — ishchi qurilma Hewlett-Packard va Microsoft kompaniyalari, qo`shimcha ravishda ma`lumotlarni siqish appatiga ega va DMA rejimida ishlovchi qurilma Tarmoq kommutatori (TCP/IP port) yoki svitch (switch- qo`shmoq, qaytaulagich)- kompyuter tizimlarida bir necha uzellarni bir segmentda birlashtirish uchun mo`ljallangan qurilma. Konsentratorlardan asosiy farqi bitta qurilmaga berilgan ma`lumotlar kommutator orqali boshqa kommutatorlarga uzatiladi.
Kommutatorlar OSI modelining kanal rejimida ishlaydi va bir- bir biriga MAC adresslari orqali uzellar bir tarmoqqa bog`lanadi. Bir necha tarmoqlarni birlashtirish uchun tarmoq darajali marshrutizatorlardan foydalaniladi. Kompyuterning ichki portlari bilan ishlash. Kompyuterning ichiki portlari ichiqi qurilmalarning bir-biri bilan aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi, xuddi tashqi portlarga o‘xshab. Ichiki portlarda ham axborot (signal) lar uzatish uchun qo‘llaniladi va har bir portning maxsus raqami mavjuddir. Har qanday ichiki qurilmaning o‘zining porti mavjud. Bu portlardan protsessorning buyrug’iga qarab, shu portdan axborot qabul qilishi yoki uzatishi mumkin. Agar microprotsessor ma’lum raqamli portga OUT buyrug’ini bersa, shu portdan ma’lumot uzatish mumkin. Bu ma’lumotning o‘lchami 1 yoki 2 bayt bo‘lishi mumkin. Agar microprotsesseor IN buyrug’ini bersa, deman shu portdan axborot o‘qilishi lozimligini bildiradi. Masalan, klaviaturada ixtiyori tugmaning bosilgani holati. Bu holatda darhol natijasi namoyon bo‘ladi. Lekin bu jarayon bir necha bosqichlardan o‘tadi. Klaviaturanig tugmasi bosilganda markaziy protsessor klaviaturaning portiga IN buyrug’ini beradi. Qaysi tugma bosilgani aniqlanib chiqish portlariga uzatiladi. Ichki portlarning 944 (ЗВ0(16))-sidan boshlanadigan bir qancha portlar oq-qora grafikali rejim uchun, 976(3D0(16)) boshlanadiganlari ragli grafik rejim uchun. 1008 (3F0(16)) dan boshlanadiganlari yumshoq disk (floppy) ni boshqarish uchun, 1013(3F5(16)) da esa floppy diskka yozish va floppy diskdan o‘qish uchun qo‘lladinlar. Agar kopmyuterda tashqi portlar mavjud bo‘lmasa u kopmyuterda faqat o‘zining ichida bor ma’lumotlar bilan ishlash mumkin, ya’ni tashqi qurilmalar ulab bo‘lmaydi. Bu esa ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Ichiki portlarning mavjud bo‘lmasligi mumkin emas. Chunki ularsiz kopmuuter ishlashi emas yonishi qiyin. Insonning qon tomirlari inson tanasini kislorodni eltib bersa, portlar esa kopmyuterning qurilmalarini axborot (berilgan buyruq) ni eltib beradi. Ayonki, insonning qon tomirlari bo‘lmasa yashamasligi aniq, kopmyuter ham shundoq portlari bo‘lmasa u kopmyuter emas. Interfeys bu ikki tizim, qurilma yoki dastur orasidagi chegara bo`lib u elementlar orasidagi bog`lanishni tashkil etuvchi yordamchi boshqaruvchi mikrosxemalar yoki bog`lanish qurilmasidir. Foydalanuvchi interfeysi – foydalanuvchi bilan qurilmalar o`rtasidagi aloqani ta’minlab beruvchi muhit: Buyruqlar qatori interfeysi: matnli qator (buyruq) yordami bilan yo`l ochuvchi kompyuter konstruksiyasi; Foydalanuvchining grafik interfeysi(graphicaluserinterface, GUI): Monitorning elementlarini taqdim etuvchi dasturiy funksiya; Dialogli interfeys; Yagona tilli interfeys: foydalanuvchi dastur bilan uning ona tilisida “gaplasha oladi”. Miya interfeysi (in english: brain- computer interface) – kompyuter elektordlar va miyaga o`rnatilgan retseptorlar yordamida foydalanuvchi miyasidagi o`zgarishlarga mos ravishda ovoz va nurlanishni boshqarib turishga javobgar bo`ladi. Fizik interfeys – bu fizik qurilmalar bilan ishlash muhiti. Bu muhit haqida gapirilganda asosan kompyuter portlari tushuniladi: Tarmoqli interfeys; Shlyuz (telekommunikatsiya) – mahalliy tarmoqlarni undan kattaroq tarmoqlar bilan, misol uchun Internet, bog`lovchi qurilma; Shina(Kompyuter);
COM interfeys (Component Object Model interface) – mavhum funksiyalar va xususiyatlarni shu interfeys komponentalari orqali boshqa dasturlarda aniq funksiya ko`rinishida qo`llash imkonini beradi; Ma’lumotlar almashish uslubiga ko`ra interfeys parallel va interfeyslarga bo`linadi.
2-rasm. HDD va SSD disklarni portlari.
Hozirgi kunga kelib hayotimizning turli jabxalarida kompyuter texnikasini uchratishimiz mumkin. Kompyuter texnikasi uchun esa turli ehtiyot qismlar, aksessuarlar(xuddi qizlarni ziragiga o‘xshab — hazil) va boshqa ko‘pgina qurilmalar mavjud. Ularning ichida asosiylaridan biri magnit xotira (vinchester, HDD) hisoblanadi. Vinchesterlar ham o‘z navbatida ulanish jihatidan bir qancha turlarga bo‘linadi. (Bo‘linganni bo‘ri yer-bo‘linmasdan yurila). PATA yoki SATA? qaysi biri afzal? har qanday o‘zini hurmat qiladigan kompyuter foydalanuvchisi magnit xotiralarni (vinchester)ulovchi turlarini farqlay oladi. PATA – bu parallel ATA demakdir. Qattiq magnitli xotiralarni (vinchester)larni ulash uchun parallel interfeys – AT Attachment. Ushbu standart 1986 yilda Western Digital firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. PATA ni IDE interfeys deb ham nomlanadi. PATA shleyf 40 va 80 kontaktdan iborat bulishi mumkin. Umuman olganda PATA deb nomlanishiga yangi texnologiya SATA ning yaratilishi sabab bo‘lgan. Chunki undan oldin ATA deb nomlangan. PATA interfeysi SATA interfeysidan 4 marotaba kattadir. PATA shinasining eng yuqori tezligi 133 MB/s bo‘lsa, bu ko‘rsatkich SATA1 dan ham past natija edi. Hozirgi kunga kelib ATA interfeys(shinali, razyomli motherboard lar) ishlab chiqarishdan olib tashlangan. PATA shleyf kabeli maksimal uzunligi 46 smdan oshmaydi. SATA – Serial ATA – ketma ket ATA interfeys hisoblanadi. Bu interfeys PATA(ATA) ga nisbatan ixcham va tezligi bilan afzaldir. Uning bugungi kunga kelib SATA1, SATA2 SATA3 kabi versiyalari mavjud. SATA1 ning shina tezligi 1,5 Gbit/s(150MB/s), SATA2 niki 3 Gbit/s (300MB/s)va nixoyat SATA3ning shina tezligi 6 Gbit/s(600M) gacha o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega. SATA ning yana eng muxim afzal va qulay tarafi – djamperning yo‘qligidir. SATA shina kabeli 7 kontaktdan iborat, elektr ta'minot kabeli esa 15 kontaktdan iborat. SATA kabellari o‘zining ko‘rinishi bilan ham ko‘p marotaba uzib-ulash uchun qulay hisoblanadi. SATA shleyf kabeli uzunligi oxirgi versiyalarida 2 m gacha boradi.
|
| |