predmet sohasi ob’ektlarini qanday qilib ma’lumotlar modellarining abstrakt
obektlari shaklida ifodalash. Ayrim hollarda bu masalaga ma’lumotlar bazasini
mantiqiy loyihalash masalasi deyiladi.
ma’lumotlar bazasiga so’rovlarning bajarilish effektivligini qanday
ta’minlash. Bu masalaga ma’lumotlar bazasini fizik loyihalash masalasi deyiladi.
Ixtiyoriy turdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichdagi predmet
sohasini tahlil qilish bo’lib, u axborot tuzilmasini (kontseptual sxemalar) tuzish
bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so’rovlari tahlil qilinadi,
axborot ob’ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o’tkazilgan tahlil
asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilishni uch
bosqichga bo’lish maqsadga muvofiqdir:
kontseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish;
axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash;
predmet sohasining kontseptual modelini qurish va MBni kontseptual
sxemasini loyihalashtirish.
Kontseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda quyidagi
masalalarni hal qilish kerak:
foydalanuvchilarning MBga bo’lgan talablarini tahlil qilish;
MBdan o’rin olishi lozim bo’lgan axborotlarga ishlov berish bo’yicha
mavjud masalalarini aniqlash;
kelajakda hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarni aniqlash;
tahlil natijalarini hujjatlashtirish.