• Aviakassa ma’lumotlar bazazi bilan ishlovchi dastur yaratish. MAVZUSIDA KURS ISHI
  • Mavzu: Aviakassa ma’lumotlar bazazi bilan ishlovchi dastur yaratish. Reja: I. Kirish. II.
  • Dastur interfeysi. Access dasturida so‘rovlarni qo‘llash. Dastur bilan to‘liq tanishish. IV. Xulosa. V.
  • Islom Karimov I. KIRISH
  • «kompyuter tizimlari» kafedrasi «himoyaga»




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/11
    Sana24.05.2024
    Hajmi1,3 Mb.
    #252473
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
    KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
     
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
    FARG’ONA FILIALI
     
     
    «KOMPYUTER TIZIMLARI» KAFEDRASI
    «
    HIMOYAGA
    »
     
    Kafedra mudiri 
    ______________________ 
    «___» ______ 2015 y 
    Aviakassa ma’lumotlar bazazi bilan
    ishlovchi dastur yaratish.
     
    MAVZUSIDA 
    KURS ISHI 
    Bajardi: 
    ________
    Abdurahimov M 
    (imzo) 
    (familiyasi

    613-13 KI guruh talabasi 
    Tekshirdi: ________
    _______________________ 
    (imzo) 
    (familiyasi) 
    Farg’ona 2015 yil 


    Mavzu: Aviakassa ma’lumotlar bazazi bilan
    ishlovchi dastur yaratish. 
     
    Reja: 
    I.
     
    Kirish. 
    II.
     
    Nazariy qism. 
    MBBT haqida umumiy ma’lumot 
    MBBT tillari haqida ma’lumot 
    III.
     
    Amaliy qism. 
    Dastur interfeysi. 
    Access dasturida so‘rovlarni qo‘llash. 
    Dastur bilan to‘liq tanishish. 
    IV.
     
    Xulosa. 
    V.
     
    Foydalanilgan adabiyotlar. 
    VI.
     
    Ilova. 


    “Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot, shiddat bilan 
    rivojlanayotgan 
    va 
    muntazam 
    yangilanayotgan 
    zamonaviy yuqori texnologiyalar, axborot – kompyuter 
    tizimlari orasida yashayotganimizni unutmasligimiz 
    kerak” 
    Islom Karimov 
     
    I.
     
    KIRISH 
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 4 fevraldagi 
    Farmoniga asosan, Axborot texnologiyalari va kommunikastiyalarini rivojlantirish 
    vazirligi tashkil etildi.Farmonning O’zAda keltirilgan matniga ko’ra, vazirlik 
    O’zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikastiya texnologiyalari davlat 
    qo’mitasi negizida tashkil etilgan.Yangi vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat 
    yo’nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:axborot texnologiyalari va 
    kommunikastiyalar soxasida, “elektron xukumat”ni joriy etishda yagona davlat 
    siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;aloqa va telekommunikastiyalar soxasidagi 
    faoliyatni, shuningdek, radiochastotali spektrdan foydalanishni davlat yo’li bilan 
    boshqarish, listenziyalash va nazorat qilish borasidagi funkstiyalarni amalga 
    oshirish;Internet tarmog’ining milliy segmenti yanada shakllantirilishini 
    ta’minlash;raqobatdosh dasturiy maxsulotlarning mamlakatimizda ishlab 
    chiqarilishini va ichki bozorini xamda ularga ko’rsatiladigan xizmatlarni 
    rivojlantirishga 
    ko’maklashish;axborot 
    xavfsizligini 
    ta’minlash;zamonaviy 
    kommunikastiya vositalari soxasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni 
    tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;vazirlik 
    faoliyati doirasiga kiruvchi boshqa yo’nalishlar bo’yicha xorijiy investistiyalarni 
    jalb etish va boshqalar.“Gazeta.uz”ning qayd etishicha, Aloqa, axborotlashtirish va 
    telekommunikastiya texnologiyalari davlat qo’mitasi 2012 yil 16 oktyabrida Aloqa 
    va axborotlashtirish agentligi negizida tashkil etilgan edi.O’zAAA esa, o’z 
    navbatida, 2002 yili Pochta va telekommunikastiyalar agentligi negizida, ushbu 
    agentlik esa 1997 yili Aloqa vazirligi negizida tashkil etilgan edi. Aloqa 
    vazirligining o’zi 1992 yilda tashkil etilgan. 
    Biz dasturchilar uchun bu qarorlar juda muhim qarorlardan biri bo’ldi. 2013-
    yildan 2020-yilgacha Elektron hukumat tizimiga o’tilish talab qilinmoqda. Shuning 
    uchun axborot tizimlariga o’tilishga kata ahamiyat berilmoqda.Yangi o’quv 
    yurtlari va yangi fakultetlar ochilmoqda. Dunyo globallashib borgani sari axborot 
    tehnalogiyalarga bo’lgan talab ortib bormoqda. O’zbekiston ham rivojlangan 
    davlatlar qatoriga kirib bormoqda. Bunda esa yoshlarni ongini saviyasini oshirish 
    va zamon talablariga mos ravishda kadrlarni tayyorlash davlatimiz taraqiyotini 
    rivojlanishiga sabab bo’ladi. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya 


    texnologiyalarini rivojlantirish jarayoni izchil davom ettirib kelinmoqda. Eng 
    avvalo, O‘zbekistonda mazkur sohani tartibga soluvchi mukammal qonunchilik 
    bazasi yaratilganini alohida ta'kidlash joiz. Shu bilan birga, bugun dunyoda shiddat 
    bilan kechayotgan globallashuv sharoitida AKT sohasining keskin taraqqiy etib 
    borishi kuzatilayotganligi, ilg‘or davlatlarning ushbu soha rivojiga alohida e'tibor 
    qaratayotgani bejiz emas. Darhaqiqat, hozirgi davrda AKT orqali uzatiladigan 
    axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo‘lib qoldi. U ishlab 
    chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani ta'minlovchi qudratli vositaga aylandi. 
    Shu bois, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, umuman, jamiyatning axborot 
    uzatish tezligi hamda sifatiga bo‘lgan talablari kun sayin ortib bormoqda. 
    AKT sohasini jadal sur'atlar bilan taraqqiy ettirish O‘zbekiston 
    iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar hamda iqtisodiy 
    islohotlarning bosh yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki bu yo‘nalish nafaqat 
    respublikani axborotlashgan jamiyatga aylantirish uchun xizmat qiladi, balki 
    mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal sur'atlar bilan rivojlantirishda o‘ziga xos 
    yetakchi tarmoq — «lokomotiv» rolini o‘ynaydi.Dasturiy vazifalardan kelib 
    chiqib, mamlakatimizda komputer va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya 
    va ma'lumot uzatish tarmoqlarini, internet xizmatlarini rivojlantirish va 
    zamonaviylashtirish, ularni dunyo standartlari darajasiga yetkazish maqsadida 
    keng ko‘lamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Albatta, ijtimoiy 
    hayotning 
    barcha 
    sohalarida 
    bo‘lgani 
    kabi 
    axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘z 
    navbatida, ushbu sohaning huquqiy asosini shakllantirish va takomillashtirib 
    borishni taqozo etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda mazkur sohada 
    samarali huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishga jiddiy e'tibor 
    qaratilmoqda. 
    O‘tgan davr mobaynida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan 11ta 
    qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni, O‘zbekiston 
    Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining 40dan ortiq qarorlari va 
    300dan ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Mustaqillik yillarida 
    yaratilgan keng huquqiy maydon mamlakatimizda siyosiy modernizatsiya 
    jarayonlarida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi yo‘lida qulay 
    imkoniyatlar yaratmoqda.Jamiyatni axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2003-2004 yillarda «elektron» 
    qonunlar bloki qabul qilindi. Bular «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, 
    «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi 
    O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridir. Mazkur qonun hujjatlarini ishlab chiqishda 
    ushbu sohadagi xalqaro huquqiy me'yorlar hamda bir qator rivojlangan 


    davlatlarning tajribalari ham atroflicha o‘rganilib, milliy qonunchiligimizga 
    maqbul jihatlari uyg‘unlashtirildi. Ushbu qonunlarning qabul qilinishi va joylarda 
    ularning ijrosi ta'minlanishi, o‘z navbatida, ish yuritish madaniyatining elektron 
    ko‘rinishi shakllanishiga, masofa qisqarishiga, vaqt tejalishiga hamda iqtisodiy 
    samaradorlikning oshishida muhim omil bo‘ldi. Mamlakatimizda axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi elektron hujjat 
    aylanishi, elektron raqamli imzo, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi yana bir 
    qancha yangi xizmat turlarining shakllanishiga, jumladan, tadbirkorlarimizga 
    masofadan turib dunyoning xohlagan mamlakatidan o‘ziga hamkor topish va tijorat 
    ishlarini yuritishiga keng yo‘l ochdi. 
    Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida yangi yo‘nalish hisoblangan mazkur 
    tizimlarning tez sur'atlarda taraqqiy etishining yana bir omili — bu axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish darajasining ortishi, xususan, 
    xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi o‘tgan yilga 
    nisbatan 61 foizga oshib, bugungi kunda 7780 Mbit/s.ni tashkil etayotgani va 
    ulardan foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligidadir. Shuningdek
    joriy yil boshida ma'lumotlar uzatish, jumladan, internetga ulanish bo‘yicha xizmat 
    ko‘rsatuvchi xo‘jalik subyektlarining soni 930taga yetgan bo‘lsa, jamoaviy 
    foydalanish maskanlari 1063tani tashkil etdi.Xorijiy mamlakatlar tajribasidan 
    ma'lumki, 
    elektron 
    tijoratning 
    shiddat 
    bilan 
    rivojlanishiga 
    internetdan 
    foydalanuvchilar soni aholining 20-25 foizini tashkil etgandagina erishish mumkin. 
    Bugungi kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 10 millionga 
    yetgani elektron tijoratning kelgusidagi yorqin istiqbolidan darak berib turibdi. 
    O‘zbekistonda elektron hujjatlarga huquqiy mavqe beruvchi «Elektron hujjat 
    aylanishi to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, shubhasiz, elektron hujjat 
    aylanishi tizimini rivojlantirishga ko‘maklashib, davlat hokimiyatining turli 
    idoralari o‘rtasidagi hujjat aylanishini avtomatlashtirishga qulay imkoniyat 
    yaratmoqda. Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish o‘zaro axborot 
    almashinuvi darajasi va sifatini oshirishga, axborot izlash samaradorligi o‘sishiga, 
    katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash va ulardan foydalanishga ko‘maklashib, 
    qog‘ozli hujjat aylanishi ulushining kamayishiga yordam bermoqda. Ushbu qonun 
    elektron hujjatning huquqiy maqomini va uning rekvizitlarini aniqlagan bo‘lib, 
    elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarini, elektron hujjatni olish, jo‘natish, ularni 
    saqlash va muhofaza etish tartibini belgilab berdi. 
    «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 
    elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo va qog‘ozdagi shaxsiy imzo teng kuchga 
    ega ekanligini ta'minlab berdi. Natijada yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
    internet tarmog‘idan foydalangan holda kerak bo‘lgan barcha hisobot formalari va 
    boshqa ma'lumotlarni elektron ravishda interaktiv holda olish hamda soliq va 


    statistika hisobotlarini topshirish imkoniyatini yaratdi. Bu tizim kichik biznes va 
    tadbirkorlik subyektlarining vaqtini tejash, davlat xizmatchilari bilan bevosita 
    muloqot uchun navbat kutish yoki soliq hisobotlarini to‘ldirishdagi xato va 
    kamchiliklarni tuzatishga emas, balki o‘z tadbirkorlik ishlarini rivojlantirishga sarf 
    etishlariga imkon bermoqda.Shuningdek, mazkur qonunning qabul qilinishi va 
    ijrosining ta'minlanishi natijasida respublikamizda 9ta elektron raqamli imzo 
    kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari tashkil etildi. Agar elektron raqamli imzo 
    kalitlari soni 2006 yilda 93tani tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib 300 
    mingtadan ortib ketdi.Shu bilan bir qatorda, mijozlarga yangi xizmat turlarini 
    ko‘rsatishning huquqiy asoslari kafolatlab qo‘yildi. Bu bilan iqtisodiyotimizga 
    «Paynet» kabi elektron to‘lovlar xizmatini ko‘rsatuvchi muassasalar kirib keldi, 
    «SMS-banking»,«Internet-banking» kabi yangi elektron to‘lov xizmatlari joriy 
    etildi. Endilikda ushbu xizmatlar sharofati bilan mijozlar kommunal, mobil aloqa 
    va internet xizmatlarini hisob-kitob qilib, uy-ro‘zg‘or mollarini internet orqali sotib 
    olishmoqda.2005 yildan boshlab O‘zbekistonda davlat organlarining internetdagi 
    rasmiy veb-saytlari ochilishi tatbiq etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
    Mahkamasining 
    «Axborotlashtirish 
    sohasida 
    normativ-huquqiy 
    bazani 
    takomillashtirish to‘g‘risida»gi 256-qarori bilan ushbu saytlarga asosiy talablar 
    belgilangan bo‘lib, unda saytlarni to‘laqonli rasmiylashtirish, undan foydalanish va 
    yangilash maqsadida veb-saytda joylashtiriladigan zaruriy axborotlar ro‘yxati, 
    mazmuni va boshqa kerakli shartlarga nisbatan xalqaro standartlar aniq 
    shakllantirildi. 
    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik 
    shaxslar bilan o‘zaro tezkor hamkorligini ta'minlash, shuningdek, davlat va 
    xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan 
    ko‘rsatiladigan xizmatlardan keng foydalanilishni ta'minlash maqsadida Vazirlar 
    Mahkamasi tomonidan 2007 yil 23 avgustda «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, 
    mahalliy 
    davlat 
    hokimiyati 
    organlarining 
    axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro 
    hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul 
    qilinib, u bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda 
    interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 
    Ma’lumotlarni boshqarish vositalarining rivojlanishi axborot texnologiyalari 
    bazasiga qurilgan har qanday axborot tizimining asosi hisoblanadi. 
    Ma’lumotlar bazasi (date base) - bu EHM ning tashqi xotirasida 
    saqlanadigan, har qanday jismoniy, ijtimoiy, statistik, tashkiliy va boshqa 
    ob’yektlar, jarayonlar, holatlarning o‘zaro bog‘liq va tartiblashtirilgan 
    majmuidir.Ma’lumotlar bazasi (MB) har xil foydalanuvchilarning axborot 


    yetishmovchiligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Amaliyotda ko‘pchilik 
    ma’lumotlar bazasi chegaralangan predmet sohasi uchun loyihalashtiriladi. Bitta 
    EHMda bir qancha ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Vaqti bilan turdosh vazifalarni 
    bajarishga mo‘ljallangan ba’zi bir ma’lumotlar bazasi birlashishi ham mumkin. 
    MB ni loyihalashtirishda asosan ikkita masala echiladi:

    predmet sohasi ob’ektlarini qanday qilib ma’lumotlar modellarining abstrakt 
    obektlari shaklida ifodalash. Ayrim hollarda bu masalaga ma’lumotlar bazasini 
    mantiqiy loyihalash masalasi deyiladi.

    ma’lumotlar bazasiga so‘rovlarning bajarilish effektivligini qanday 
    ta’minlash. Bu masalaga ma’lumotlar bazasini fizik loyihalash masalasi deyiladi.
    Ixtiyoriy turdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichdagi predmet 
    sohasini tahlil qilish bo‘lib, u axborot tuzilmasini (konseptual sxemalar) tuzish 
    bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so‘rovlari tahlil qilinadi, 
    axborot ob’ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o‘tkazilgan tahlil 
    asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilishni uch 
    bosqichga bo‘lish maqsadga muvofiqdir: 

    konseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish; 

    axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash; 

    predmet sohasining konseptual modelini qurish va MBni konseptual 
    sxemasini loyihalashtirish. 



    Download 1,3 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «kompyuter tizimlari» kafedrasi «himoyaga»

    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish