• Fayl viruslarini tarqalish mexanizimi
  • Antiviruslar quyidagi turlarga bo’linadi. 1.Detektor 2.Dokrot 3.Revizor 4.Filtr Dedekrot
  • Kompyuter viruslari




    Download 13,2 Kb.
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,2 Kb.
    #248500
    Bog'liq
    Kompyuter viruslari


    Kompyuter viruslari- O’zini-o’zi ko’paytirib,dasturlar va xotiralarning tizimli sohalariga kira oluvchi buzg’unchi dasturlardir.
    Virus-larning asosiy maqsadi kompyuterlarni bir maromda ishlash tizimiga zarar yetkazish,foydalanuvchilarni kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlar va axborotlar manbalaridan foydalanishni cheklashdan iborat.
    Fayl viruslarini tarqalish mexanizimi .exe fayllarini boshlang’ich qismlariga joylashib, o’z-o’zini ko’paytirishga asoslangan.Ushbu virus ma’lum davrda uxlash xolatida saqlanishi mumkin va zararlangan faylni vaqti soati kelganda ishlatilishi natijasidakompyuter faoliyat ko’rsatayotgan tarmoqdagi barcha .exe fayllar orqali halokatli vaziyatlarni xosil qilishi mumkin.
    Troyan –nomi ostida ma’lum bo’lgan virus kompyuter xotirasiga biror ochiq dasturiy ta’minot ko’rinishida kiradi va axborotni yig’ish,kerakli manzilga jo’natish,kompyuter tizimini ishdan chiqarish ,kompyuet resurslaridan g’ayriqonuniy maqsadlarda foydalanish vazifalarini bajaradi.

    Antiviruslar quyidagi turlarga bo’linadi.
    1.Detektor
    2.Dokrot
    3.Revizor
    4.Filtr
    Dedekrot-dasturlar oldindan ma’lum bo’lgan virus belgilarini tahlil qilish orqali borligi aniqlangandan so’ng,ushbu virus mavjudligi haqida ma’lumot chiqaradi.

    Doktor-dasturlar viruslarni topibgina qolmay,undan kompyuter dasturlarini xalos qiladi,ya’ni davolaydi.Ushbu dasturlarni ichida keng tarqalgani poligrafi deb nomlanuvchi bir yo’la ko’p turli viruslarni topishga yo’qotishga mo’ljallangan doktor dasturlarni alohida ta’kidlashimiz mumkin.Eng mashhurlariKaspersky Antivirus,Norton Antivirus,Eset endpoint Antivirus va Doktor weblar hisoblanadi.

    Antiviruslar ichida eng ishonchli himoya vositasi sifatida REVIZOR- dasturlar hisoblanadi.REVIZORLAR kompyuterdagi dasturlarning viruslar bilan zararlanmagan dastlabki xolatini yodda saqlaydi va joriy xolatini solishtirib boradi.Bunga KASPERSKIY MONITOR dasturini misol qilishimiz mumkin.



    FILTR-dasturlar yoki’’qorovul’’lar ixcham rezident fayllar bo’lib kompyuter faoliyatidagi shubhali xarakatlarni tekshirib biradi va eng boshlang’ich holatida, yani ko’payishiga ulgurmasdan aniqlaydi.
    Download 13,2 Kb.




    Download 13,2 Kb.