|
Kompyuterlarni sinflash Kompyuterning ishlash prinsipi va tashkil etuvchilari Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi
|
bet | 8/8 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 28,9 Kb. | | #134233 |
Bog'liq Kompyuter haqida umumiy ma\'lumotKlaviatura. Klaviatura 101-105 klavishlardan iborat.
O`z vazifalariga ko`ra klavishlar beshta guruhga bo`linadi:
1. Harflar va sonlarni kiritadigan klavishlar. Ular oddiy yozuv mashinkalarning klavishlariga o`xshaydi.
2. Boshqaruvga oid klavishlar.
3. Funksional yoki amal klavishlar.
4. Kichik sonlar kiritadigan klavishlar.
5. Maxsus belgilardan iborat klavishlar.
Eng katta guruh-birinchi guruh bo`lib, ular yordamida rus va lotin katta-kichik harflari, sonlar, maxsus belgilar, tinish belgilari kompyuterga kiritiladi. Pastda joylashgan uzun, hech qanaqa belgisi bo`lmagan klavishning nomi Spacerbar yoki Space deb ataladi va bo`shliq belgisini kiritishga mo`ljallangandir. Boshqa klavishlar bir necha nomga ega, chunki ular klaviaturaning ish tartibiga (registriga) qarab turli belgilarni kiritishga mo`ljallangan.
Pastki registrda kichik yuqori registrda esa katta harflar kiritiladi.
Rus alifbosidan lotin (ingliz) alifbosiga yoki aksincha, lotinchadan ruschaga o`tish siz ishlaydigan programmaga bog`liq. Masalan, WINDOWS da alifbo avtomatik ravishda tanlanadi. (Ekranning eng pastki qismida).
Ekranga belgi tushadigan joy maxsus usul bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus belgi bor, u kursor deb ataladi. Agar ekran matn kiritish holatida ishlab turgan bo`lsa, unda kursor o`chib-yonib turadigan vertikal chiziqcha yoki harfning ustiga tushadigan to`rtburchakka o`xshaydi va matn kursori deb nomlanadi.
Boshqarishga oid klavishlar har xil boshqarish vazifalarini bajaradi. Ayrim klavishlar, masalan: CAPSLOCK, NUMLOCK va SCROLL LOCK klavishlarining ishlash vazifasini o`zgartirib turadi. SHIFT, CTRL, ALT klavishlari boshqa klavishlar bilan birga ishlaydi. Masalan, CTRL + ALT + F degani CTRL, ALT va F klavishlarini birdaniga bosishni bildiradi.
F1 dan F12 gacha bo`lgan klavishlar funksional klavishlar deb nomlanadi. Dastur tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil vazifalarni bajarishi mumkin. Bular 12 ta bo`lishiga qaramasdan, ko`pincha F1 dan F10 gachasi ishlatiladi. Odatda F1 klavishi yordamchi ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladi (Spravochnik).
Num Lock (sonlarni saqlash)-sonlar kiritishning kichik klaviaturasi sonni kiritishga yoki kursorni boshqarishga moslaydi. Sonlarni kiritish klavishlari ikki rejimda ishlashi mumkin:
1) sonlarni kiritishda,
2) kursorni boshqarishda.
Ikki holatning biridan ikkinchisiga o`tishni Num Lock (mahkamlash bilan) yoki Shift klavishi (mahkamlash kerak emas) bajaradi. Bunda Caps Lock klavishi sonlarni kiritish klaviaturasiga ta’sir ko`rsatmaydi.
Sonlarni kiritish paytida sonlarni kiritish klaviaturasi kalkulatorning klaviaturasiga o`xshaydi. Sonlarni va arifmetik amallar belgilarini kiritish uchun qulaylik yaratadi. Sonlarni kiritgan paytda Num Lock chirog`i yonib turishi kerak, agarda Num Lockni ko`rsatuvchi chiroq o`chgan bo`lsa, ushbu kichik klaviatura bilan kursorni boshqarish mumkin.
Ctrl (Control-boshqarish) – boshqa klavish bilan birga bosilganda, o`sha klavishning vazifasi o`zgaradi, ALT (Alternative-o`zgartiruvchi) – bu klavish ham boshqa klavishlar bilan birga bosilganda, o`sha klavishning ish vazifasini o`zgartiradi.
Print Ssreen (ekrandagi chop etish) – ushbu klavish ekranda bo`lgan ma’lumotni printerga chiqarib beradi.
PAUSE (vaqtinchalik to`xtash) – ushbu klavish bosilganda kompyuter o`z ishini vaqtincha to`xtatadi.
TAB (tabulyatsiya so`zidan) – faqat pastdagi registrda ishlaydi va gap matn, hujjatlar haqida ketganda, kursorni o`ng tomonga, navbatdagi maxsus ko`rsatilgan (belgilangan) nuqtaga (pozitsiyaga) suradi. Bu klavishning qulayligi shundaki, uning yordami bilan jadvallar tuzish oson va matnni yozganda ham belgilangan pozitsiyadan boshlab terish mumkin. Klavishlarni yuqori registrda bosganda, kursorni chap tomonga, belgilangan pozitsiyaga surish mumkin.
BackSpace (Orqaga qaytish) – qaytarish klavishi. Bu klavisha yordamida, matn terish paytida, ekrandagi kursordan chap tomondagi xato terilgan belgilarni o`chirish mumkin. Kursorning o`zi esa bitta belgi chap tomonga suriladi.
Enter (kiritish) – kiritish klavishi. Matn terish paytida ushbu klavish bosilsa, kursor yangi abzatsga (satrga) o`tadi.
Caps Lock (bosh yoki kichik harflarga o`tish klavishi) – yuqori registrga o`tish imkonini yaratib beradi. Haqiqatda esa ushbu klavish faqat harflar terish klavishlariga o`z ta’sirini ko`rsatadi, bosh harflar kiritish imkonini yaratib beradi. Bu klavishni bosib ushlab turish kerak emas. Ishlovchiga qulaylik yaratish maqsadida klaviaturaning o`ng burchagida yonib turadigan indikatorlar joylashgan. Bu indikatorlar rejimni ko`p vaqt davomida saqlab turadigan klavishlar bilan bog`langan. Shularning ichida bittasi Caps Lock ga tegishli.
Scroll Lock (surishni saqlaydi) – bu klavish yordamida kursorni harakatga keltirmoqchi bo`lsangiz, kursor ekranga sakraydi. Bu klavish ham o`z holatini mustahkamlash (fiksatsiya) bilan bajaradi.
Shift (surish) – vaqtinchalik yuqori registrdan pastki registrga, yoki aksincha, pastki registrdan yuqori registrga o`tish imkonini beradi. Hammasi Caps Lock klavishining holati bilan bog`langan. Bu klavishning xizmati vaqtinchalik bo`lganligi sababli, boshqa klavishlarning xizmatini o`zgartirish kerak bo`lsa, ularni bosish paytida Shift klavishi vaqtinchalik bosib ushlab turiladi.
Quyida klavishlar va ular bajaradigan vazifalarni ko`rib chiqamiz.
Ekranda ko`rsatilgan obyektni surish yoki ko`chirish. Ekranda ko`rsatilgan obyektni topib, chap klavisha bosiladi va klavishani qo`yib yubormasdan, obyektni yangi joyga suriladi va sichqoncha klavishasi qo`yib yuboriladi. Windows muhitida ishlayotganda ekrandagi obyektlarni ham chap, ham o`ng tomonda joylashgan klavishalar bilan ko`chirish mumkin.
Chap klavisha bosilganda, mo`ljallash bo`ladi, o`ng klavisha bosilganda esa aniq vazifa berish kerak bo`ladi.
Sichqoncha yordamida quyidagi asosiy harakatni bajarish mumkin:
Point-ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish;
Slick-sichqoncha klavishasini bosib darhol qo`yib yuborish;
Double click-sichqoncha klavishasini ikki marta tez bosish;
Select-biror obyektni tanlash.
Tanlab olingan tasvir, matn qismi yoki grafik simvollarni boshqa joyga ko`chirish (Drag and Drop texnologiyasi) mumkin. Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko`rsatkichni olib borib, sichqoncha klavishasi bosiladi va obyektni kerakli joyga ko`chiriladi, so`ngra sichqoncha klavishasi qo`yib yuboriladi.
Windowsda sonlarni kiritish klaviaturasini sichqoncha o`rnida ishlatish mumkin. Bunday holat har xil sabablarga ko`ra, sichqoncha ishlamay qolganda yuz berishi mumkin.
|
| |