|
Kompyuterlarni sinflash Kompyuterning ishlash prinsipi va tashkil etuvchilari Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi
|
bet | 6/8 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 28,9 Kb. | | #134233 |
Bog'liq Kompyuter haqida umumiy ma\'lumotTashqi qurilmalar
Tashqi qurilmalar quyidagi uskunalardan iborat: Printer, skaner, modem, strimer, grafik quruvchi va boshqalar
Printer. Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, programma va berilganlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko`rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo`ladi: matritsali, oqimli va lazerli.
Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun ham ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham katta emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar mavjud bo`lib, albatta ignalar soni ko`pligi yaxshi ekanligi tushunarlidir.
Oqimli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yo`li bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo`lib, ularning-kamchiligi siyohining tez tamom bo`lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez, grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.
Lazer printerlar. Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi printer hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo`ladi.
Bunday printerlarning andozasi sifatida HEWLETT-PACKARD (HP) firmasi chiqaradigan HP LaserJet rusumli printerlar qabul qilingan. Lazer printerlarda chop etish juda qulay bo`lib, u tez (minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha) chop etishi mumkin. Ammo tabiiyki, bunday printerlarning narxlari nisbatan balandroqdir. Uning bir kamchiligi – unda ishlatiladigan toner rang va kartridjning tez almashtirib turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi. Albatta bu raqam tejab ishlatishga bog`liq albatta. Shuning uchun lazer printerda chiqarilgan nusxani kseroks orqali ko`paytirish maqsadga muvofiqdir.
Modem. Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so`zlaridan olingan bo`lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o`rnatishdir. U o`zining kommunikatsion programmalariga ega bo`lib, bu programmalar yordamida uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Hozirda ko`p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.Kompyuter telefon tarmog`i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganda, telefon tarmog`idan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma lozim bo`ladi. Qurilmaning kirishida axborot modulyatsiya qilinadi, chiqishda esa aksincha, demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog`i ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantirishdan iborat. Bu tarmog`ning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota yo`laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo`lak ma’lumotlarni uzatishda ishlatiladi, yuqori yo`lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo`llaniladi.
Modemning, yuqorida aytganimizdek, ikki turi mavjud: ichki va tashqi modem. Ichki modem plata ko`rinishida kompyuter ichiga maxsus joyga o`rnatiladi. Tashqi modem esa, ham faks ham modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi.
Modemlarning xalqaro standartlari:Eng ko`p tarqalgan modem birinchi modemlarni ishlab chiqargan firma nomi – HAYES deb nomlangan moslashtirilgan modemlardir. Bunday modemlar Hayes Smart modem bilan moslasha oluvchi AT buyruqlarni ishlatadi (inglizcha Attention diqqat so`zidan). Barcha Hayes -moslashgan modemlar uchun standart bo`lgan buyruqlardan tashqari, har bir ishlab chiqaruvchi foydalanuvchiga keng spektrdagi spetsifik buyruqlarni taklif etadi va bu buyruqlar o`sha firma modemlaridagina kuchga ega bo`ladi (masalan, US Robotics, Rockwell, ZYXEL va h.k.).
Buyruqlar modem va telefon tarmog`i orqali uzatiladigan axborotning qaysidir bir standartiga xos bo`lishi kerak. 2400 bod (bod ma’lumotlarni uzatish tezligini belgilaydi va 1 bod =1 bit/sek.) tezlik uchun mos bo`lgan standartdagi modemlar axborotlari erkin almasha olishlari mumkin.
ZYXEL firmasining modemlari ham keng qo`llanila boshladi. Ular ZYXEL ning ma’lumotlarini uzatish imkonini beruvchi maxsus ZYX protokoliga ega. Ularning keng qo`llanishi ma’lumotlarini uzatish imkonini beruvchi maxsus ZYX protokoliga ega. Ularning keng qo`llanilishi 90-yillar xaridorlarining boshqa turdagi modemlarini xarid qilish imkonlari yo`qligidan kelib chiqadi. Ularning asosiy kamchiligi-yuqori narx, xaridorni cho`chitadi. Biroq, shunga qaramay, bank strukturasi va davlat idoralari, odatga ko`ra, shu firma modemlaridan foydalanadilar. Telebit firmasining TraiBlazer nusxasi va mashhur protokol PEP (Packet Eusemble Protosol) ham keng tarqalgan.
Skaner :Skaner-matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. U hozir asosan rangli ko`rinishda chiqarilayapti. Uning andozasi sifatida HP (Hewlett Packard) firmasi ishlab chiqaradigan HP Scanjet rusumli skanerlar qabul qilingan.
Uning asosiy xarakteristikasi ma’lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo`lgan rangda (xususan qora rangli) va ko`rinishda chiqarish qobiliyatidir. Ushbu tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni orqali belgilanadi.
Odatda bu xarakteristika, misol uchun, 300×600, 600×1200 ko`rinishda bo`ladi. Bu degani gorizontal chiziqlar bo`yicha nuqtalar (piksellar) soni 300 (600), vertikal bo`yicha piksellar soni 600 (1200)ta ekanligini bildiradi.
Nuqtalar soni qancha ko`p bo`lsa ma’lumotlar aniqroq tasvirga ega bo`ladi. Tabiiyki, skanerni HP dan boshqa firmalar ham ko`plab ishlab chiqaradi. Lekin ular HP Jcanjet andozasiga mos kelishi kerak. Hozirda bunday skanerlar Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ko`plab chiqarilmoqda. Shuni aytish lozimki, programma vositalari yordamida skanerning tasvirlash qobiliyati ancha kuchaytirilishi mumkin. Skanerlarni ishlatish jarayonida, ayniqsa, matnlar bilan ish ko`rilganda u yoki bu milliy til drayverlarni aniq aks ettiruvchi programmalardan (masalan Fine Reader) foydalanish zarur.
Skanerni kompyuterga ulash uchun turli usullarda foydalaniladi. Ba’zi skanerlar maxsus kontrollerga (kengaytiruvchi plata) ega bo`lib, ular u orqali ulanadi. Bunda plata kompyuterning asosiy platasiga (ona platasi) maxsus joyga va o`sha plata orqali o`rnatiladi.
Ba’zi skanerlar parallel portga to`g`ridan-to`g`ri ulanadi. Hozirda asosan SCSI-3 interfeysi orqali ulanadi. Bu andoza kompyuterga ko`plab tashqi qurilmalarni, shu jumladan, skanerni ulash imkoniyatini beradi. Turli kompyuterlar uchun programma birligini ta’minlash maqsadida TWAIN qaydnomasi ishlatiladi.
Demak, agar WINDOWSda shu qaydnoma o`rnatilgan bo`lsa, u skanerlar bilan bemalol ishlay oladi. Odatda skaner sotib olinayotganda uni qaysi operatsion sistemaga mo`ljallanganini bilish lozim. Shu bilan birga hozirda chiqarilayotgan skanerlarning aksariyati WINDOWSga mos skanerlardir. WINDOWS 98 dan boshlab esa operatsion sistemalar TWAIN qaydnomasini yaxshi taniydigan bo`ldi. Shuning uchun ham bu operatsion sistemalarda skanerlar bilan bevosita ishlash imkoniyati mavjud.
|
| |