Kompyuterli modellash 6 mavzu




Download 383.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana11.04.2023
Hajmi383.22 Kb.
#50468
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarmoq texnologiyasi 06
000 2 02 Умумий педагогика барча бакалавр йўналишлар учун ингли тили, 8-amaliy, Nazorat savollari.2, 6-Амалий, 6 mavzu Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan ishlash shakllari., Hisoblash kurs ishi dosmamatov shaxzod, file (33)
 
HTTP PROTOKOLI 
 
HTTP Bu protokol protokollar orasida eng ko'p ishlatiladigani bo'lib, u bilan millionlab foydalanuvchilar 
Internetda dunyo bo'yicha har kuni ishlaydilar. HTTP (Hyper Text Transfer Protocol) protokoli maxsus 
Internet uchun loyihalashtirilgan. U 
«mijoz — server» tex- nologiyada ishlaydi, ya'ni axborotni so'rovchi 
mijoz mavjud va bu so'rovlarga ishlov berib uni jo'natuvchi server qismi ham mavjud deb bilinadi. HTTP 
ilovalar bosqichida ishlaydi. Bu shuni bildiradiki, ko'rilayotgan protokol transport protokolining 
xizmatidan foydalanishi darkor, ya'ni TCP protokolidan. O'z ishida protokol URI (Uniform Resource 
Identifier) resursni noyob identifikatori tushunchasi ishlatiladi. URI parametrlar bilan ishlashni 
quwatlaydi, bu hoi esa protokol- ning vazifasini kengaytiradi. Parametrlardan foydalanib server- dan 
javobni qanday formatda va kodirovkada olishni ta'kidlash mumkin. Bu esa o'z navbatida HTTP 
yordamida nafaqat matnli hujjatlarni, har qanday ikkilik tizimidagi ma'lumotlarni ham uzatish imkonini 
beradi. HTTP protokolining asosiy kamchiligi matnli axborotni ortiqcha hajmdaligi bo'lib, mijoz serverdan 
olingan javoblarni to'g'ri ifodalay olishi uchun zarurdir. Veb 
— sahifalarning haj- mi katta bo'lganda, 
ortiqcha katta trafik hosil qilishi mumkin. Undan tashqari protokol holatini saqlashning mexanizmidan 
to'liq mahrum, bu esa Veb 
— sahifalar bo'yicha bitta HTTP yordamida harakat qilishga imkon bermaydi. 
Shu sababli HTTP protokol bilan birgalikda foydalanuvchi brauzerlar bilan ishlash zarur. 


 
FTP PROTOKOLI 
 
FTP FTP 
— protokoli (File Transfer Protocol) HTTP protokoli- dan farqli fayllar bilan ishlaydi. Bu 
protokol amaliy bosqichda ishlaydi va transport protokoli sifatida TCP 
— protokolini ish- latadi. Uning 
asosiy vazifasi fayllarni FTP 
— serverga uzatish hamda undan olishdir. FTP — protokoli buyruqlar 
to'plamidan iborat bo'lib, axborotlarni uzatish va ulash tartiblarini bayon qiladi. Bu holda buyruqlar va 
axborotlar turli portlardan foydalanib uzatiladi. Standart portlar sifatida 21 va 20 
— portlar ishlatiladi: 
birinchisi 
axborotlarni uzatadi, ikkinchisi — buyruqlarni uzatadi. Undan tashqari portlar dinamik 
bo'lishi mumkin. FTP 
— protokolning asosiy kamchiligi, axborotlarni shifrlash mexanizmi yo'qligidir. Bu 
esa bosh trafikka ega 
bo‘lib, uning yordamida foydalanuvchining nomini va shuningdek, uning FTP — 
serverga ulanish parolini aniqlash imkonini beradi. Bu holni bartaraf etish uchun parallel ravishda SSL 
protokolidan foydalaniladi, bu esa axborotlarni shifrlashni amalga oshiradi.



Download 383.22 Kb.
1   2   3   4   5




Download 383.22 Kb.
Pdf ko'rish