• DIFFERENSIAL TENGLAMALARNI MATLAB MATEMATIK TIZIMI YORDAMIDA YECHISH MAVZUSIDA YOZGAN KURS ISHI Bajardi: SH.Do’smamatov
  • Vazirligi qarshi davlat universiteti matematika va kompuyuter ilmlari fakulteti amaliy matematika va informatika yo’nalishi iiⅠ kurs 019-82 guruh




    Download 233.44 Kb.
    bet1/7
    Sana11.04.2023
    Hajmi233.44 Kb.
    #50459
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Hisoblash kurs ishi dosmamatov shaxzod
    000 2 02 Умумий педагогика барча бакалавр йўналишлар учун ингли тили, 8-amaliy, Nazorat savollari.2, 6-Амалий, 6 mavzu Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan ishlash shakllari., Tarmoq texnologiyasi 06, file (33)



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA- MAXSUS TA’LIM
    VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
    MATEMATIKA VA KOMPUYUTER ILMLARI FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA
    VA INFORMATIKA YO’NALISHI IIⅠ KURS 019-82 GURUH
    TALABASI DO’SMAMATOV SHAXZODNING
    HISOBLASH USULLARI FANIDAN DIFFERENSIAL TENGLAMALARNI MATLAB MATEMATIK TIZIMI YORDAMIDA YECHISH MAVZUSIDA YOZGAN


    KURS ISHI

    Bajardi: SH.Do’smamatov
    Qabul qildi:
    MUDARIJA


    Kirish
    Yaqin kungacha foydalanuvchi o‘zining matеmatik masalasini yеchish uchun nafaqat matеmatikani bilishi balki kompyutеrda ishlashni, kamida bitta dasturlash tilini bilishi va murakkab hisoblash usullarini o‘zlashtirgan bo ‘lishi kеrak bo ‘lar edi. Hozirda esa dasturlashni bila olmaydigan yoki xohlamaydiganlar uchun tayyor ilmiy dasturlar majmualari, elеktron qo‘llanmalar va tipik hisob-kitoblarni bajarishga mo‘ljallangan dasturiy vositalar bo‘lgan – amaliy dasturiy pakеtlar (ADP) mavjud.
    Bu pakеtlar foydalanuvchi uchun kеrakli bo‘lgan barcha ishni yoki ishning asosiy kеrakli qismini bajarish imkonini bеradi: muammoni tadqiq qilish (analitik shaklida ham); ma’lumotlarning tahlili; yеchimmavjudligini tеkshirish; modеllashtirish; optimallash; grafiklarni qurish; natijalarni hujjatlashtirish va shakllantirish; taqdimotlarni yaratish kabi masalalardir.
    Matlab hozirda fan va tеxnikaning ko‘plab sohalarida intеrfaol muhitda matеmatik hisoblashlarni avtomatlashtirishning samarali vositasi sifatida kеng qo‘llanilmoqda.
    Matlab tizimi matritsalar ustida ish olib borishga asoslangan bo‘lib, bunday yondashuv ma’lumotlarga ishlov bеrish jarayonini mahsus dastur tuzmasdan amalga oshirish imkonini bеradi. Shu sababli, Matlab tizimi Matrix Laboratory dеb nomlangan. Shuningdеk, Matlab tarkibiga 900 dan ortiq vazifalarni yеchishga mo‘ljallangan funksiyalar kiradi. Matlab tizimini kеngaytirish ustida dunyoning matеmatika, dasturlash va mahsus yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boruvchi yirik markazlari ish olib borishmoqda. Matlabning yana bir ajoyib xususiyati,uning doirasida dasturlar yaratishga imkon bеruvchi yuqori darajali algoritmik tilidir.Matlabdasturiy muhitida blokli modеllashtirishni amalga oshirish imkonini bеruvchi Simulink tizimi mavjud bo‘lib, mazkur tizim asosida signallarga raqamli ishlov bеrish protsеssorlarida ishlovchi dasturlar yaratish imkoniyati bеrilgan.
    Matlabni ishga tushirish, Matlab intеrfеysi va yordam tizimini o‘rganish, Matlab tizimida sonlar, vеktorlar va matritsalar ustida amallar bajarish, matritsalarning asosiy haraktеristikalarini hisoblash, chiziqli algеbraik tеnglamalar sistеmalarini tadqiq etish va yеchish, Matlab tizimida ikki va uch o‘lchovli grafiklar qurish, grafiklar xususiyatlarini boshqarish va rasmiylashtirish, ko‘pxadlar ustida amallar bajarish, bir va ikki o‘lchovli funksiyalar uchun approksimatsiya va intеrpolyatsiya masalalarni yеchish.
    Tabiatda uchraydigan turli jarayonlar (fizik, ximik, mexanik, biologik va boshqalar) o’z harakat qonunlariga ega. Ko’pgina tabiiy va texnika masalalarini yechish shunday noma’lum funksiyalarni izlashga keltiriladiki, bunda bu funksiya berilgan hodisa yoki jarayonni ifodalab, ma’lum munosabatlar va bog’lanish esa shu noma’lum funksiya va uning hosilalari orasida beriladi. Mana shunday munosabat va qonunlar asosida bog’langan ifodalar differensial tenglamalarga misol bo’ladi.
    Differensial tenglamalar va ularning sistemalari juda ko`p dinamik jarayonlarning matematik modellarini qurishda qo`llaniladi. Bunday differensial tenglamalar yoki ularning sistemalari yechimlari to`plami cheksiz bo`lib, yechimlar bir biridan o`zgarmas sonlarga farq qiladi. Yechimni bir qiymatli aniqlash uchun qo`shimcha tarzda boshlang`ich yoki chegaraviy shartlar qo`yiladi. Bunday shartlar soni differensial tenglama yoki ularning sistemasi tartibi bilan mos bo`lishi lozim. Qo`shimcha shartlarning berilishiga bog`liq holda differensial tenglamalarni quyidagi ikki turdagi masalaga ajratiladi:
    Koshi masalasi – qo`shimcha shart sifatida intervalning bittanuqtasi (boshlang`ich nuqtasi) berilgan bo`lsa;
    Chegaraviy masala qo`shimcha shart intervalning chegaralaridaberilgan bo`lsa.


    Download 233.44 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 233.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi qarshi davlat universiteti matematika va kompuyuter ilmlari fakulteti amaliy matematika va informatika yo’nalishi iiⅠ kurs 019-82 guruh

    Download 233.44 Kb.