• Reja: 1.
  • 3. Boshlang‘ich sinflаrdа matematikа o‘qitish mеtоdikаsi mazmuni. Boshlang‘ich matematikа o‘qitish mеtоdikаsining o‘qitish vаzifаlаri.
  • 6. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning maqsadlari va vazifalari. O`quvchilarni kursni o`rganishga tayyorlash. Boshlang`ich matematika kursi tuzilishi va mazmuni.
  • 9. O‘quv–bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari. 10. O`quv–bilish faoliyatini rag`barlantirish metodlari. O`quv–bilish ishlari samaradorligini nazorat qilish metodlari.
  • Mavzu: boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish mеtodikasi fan sifatida boshlang’ich sinf matеmatika kursining mazmuni boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish




    Download 55.24 Kb.
    bet1/17
    Sana16.12.2023
    Hajmi55.24 Kb.
    #120826
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Mavzu boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish mеtodikasi fan si-fayllar.org
    11-мактаб шашка мусобакаси, НамДУ амалиёт низоми 2008, 5-siniflar uchun ona tili va adabiyot fanidan III chi chorak kesimida tuzilgan test savollari, 6-SINFLAR UCHUN ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TUZILGAN TEST SAVOLLARI, УМУРТКА ПОГОНАСИНИНГ ЖАРОХАТЛАНИШИ., ZAFAR DIYOR, Xurshid Davron, Абдулла Алавий, Zebra, Yordamchi tarixiy fanlar. Is\'hoqjv M. Xudaunazarov I, HIKOYANI O\'QISH METODIKASI, Методика преподавание занятий по математике в разных возрастных, 2-mavzu 2 (2), Mavzu, biomexanika 7

    Mavzu: boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish mеtodikasi fan sifatida boshlang’ich sinf matеmatika kursining mazmuni boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish

    MAVZU: BOSHLANG’ICH SINFDA MATЕMATIKA O’QITISH MЕTODIKASI FAN SIFATIDA. BOSHLANG’ICH SINF MATЕMATIKA KURSINING MAZMUNI. BOSHLANG’ICH SINFDA MATЕMATIKA O’QITISH VA ILMIY TADQIQOT MЕTODLARI. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATЕMATIKA O’QITISHNI TASHKIL QILISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH.

    Reja:

    1. O`quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni.Ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv va matematik kompetensiya.

    2. Boshlang`ich sinf o`qituvchisining mеtоdik-matematik tаyyorgаrligi. Boshlang‘ich sinflаrdа matematikа o‘qitish mеtоdikаsi fаn sifаtidа.

    3. Boshlang‘ich sinflаrdа matematikа o‘qitish mеtоdikаsi mazmuni. Boshlang‘ich matematikа o‘qitish mеtоdikаsining o‘qitish vаzifаlаri.

    4. O‘qitish sаmаrаdоrligining oshirishning ahamiyati va shartlari. O‘quvchilаrni matematikа kursini o‘rgаnishgа tаyyorlаsh.

    5. Boshlang‘ich sinflаrdа matematikа o‘qitish mеtоdikаsining didаktik prinsiplаri. Маtеmаtikаni bоshlаng`ich tа`limi mеtоdikаsining prеdmеti. Matematika o`qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi.

    6. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning maqsadlari va vazifalari. O`quvchilarni kursni o`rganishga tayyorlash. Boshlang`ich matematika kursi tuzilishi va mazmuni.

    7. Metod tushunchasi va uning turlari. Metodika fanida foydalaniladigan tadqiqot metodlari.

    8. O`qitish metodi tushunchasi va ularning klassifikatsiyasi.

    9. O‘quv–bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari.

    10. O`quv–bilish faoliyatini rag`barlantirish metodlari. O`quv–bilish ishlari samaradorligini nazorat qilish metodlari.

    11. Dasturlashtirilgan o`qitish. O‘qitishning zamonaviy yangi metodlari.
    O`quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni
    Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti hamda umumiy o‘rta ta’limning matematika fani bo‘yicha malaka talablari asosida tuzilgan bo‘lib, Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3 iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-4-sinflari uchun amaliyotga joriy etiladi.
    Boshlang‘ich ta’limning Matematika fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi.
    Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
    o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
    jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;
    milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
    Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
    o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;
    inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;
    o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
    fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
    Amaliy-tajriba va sinov mashqlarida matematika darslarda kundalik faoliyatda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka, mehnatni yengillashtirishga va unumdorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim.
    Ushbu o‘quv dasturida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar kiritilgan.
    Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi:

    Download 55.24 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 55.24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish mеtodikasi fan sifatida boshlang’ich sinf matеmatika kursining mazmuni boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish

    Download 55.24 Kb.