|
Mavzu: boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish mеtodikasi fan sifatida boshlang’ich sinf matеmatika kursining mazmuni boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish
|
bet | 8/17 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 55,24 Kb. | | #120826 |
Bog'liq Mavzu boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish mеtodikasi fan si-fayllar.orgBirinchidan, o‘quvchilarda matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, tayanch kompetentsiyalarga erishish uchun ta’lim jarayonida amaliy va nostandart xarakterdagi masalalardan foydalanmasdan erishib bo‘lmaydi. Bunday masalalarni yechish o‘quvchilarda analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya va induksiya kabi mantiqiy mushohada yuritish faoliyatini, intuitsiya, egiluvchanlik va moslashuvchanlik kabi fazilatlarni rivojlantirib, o‘quvchilarni olingan natijalar ustida tanqidiy fikrlashni o‘rgatadi. Ko‘pincha amaliy va nostandart xarakterdagi masalalarni yechimi darxol topilmasdan, bir necha bor urinishlar natijasidagina aniqlanishligi sababli, bu maqsadga erishish uchun tirishqoq bo‘lishlikni, ya’ni shaxsning irodalilik kabi juda ahamiyatli sifatlarni tarkib topishiga imkon beradi. Va nihoyat, eng asosiysi: bunday masalalarni yechilishi o‘quvchilarga natijaga erishilganlik bilan, va shuningdek yechim yo‘lining go‘zalligi va an’anaviy emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan katta emotsional zavq berilishi katta ahamiyatga ega. Bunday masalalar barcha darajalarda kiritilishi lozim.
Ikkinchidan, matematik masalalarga o‘qitishning vositasi sifatida qaralsa unga ikki hil yondashish mumkin:
Masalaga an’anaviy yondashish usuli: Tayyor masala shartlarini tahlil qilish Masala yechilishining usulini aniqlash Yechish jarayoni Olingan natijani etalon javob bilan formal solishtirish.
Masalaga muammo sifatida yondashish usuli (Poyya tizimi, Singapur): Muammoli vaziyatni tahlil qilish Muammo qo‘yilishi Yetmaydigan ma’lumotlarni izlash va gipotezalarni (ilmiy tahminlarni) shakllantirish Gipotezalarni tekshirish va muammoli vaziyatga oid yangi bilimlarga ega bo‘lish Muammoni masalaga aylantirish Masala yechilishining usulini izlash Yechish jarayoni Olingan natijani tekshirish Yechimning to‘g‘riligini asoslash.
Ko‘rinib turibdiki ana’anaviy yondashishda o‘quvchining masala yechish o‘quv faoliyati reproduktiv xarakterga ega bo‘lib, u o‘zini bajaruvchi sifatida namoyon etadi. Tadqiq etish elementlari faqat masala shartlarini tahlil qilgandagina namoyon etadi. Standart masalalarini yechish –tabiati nostandart bo‘lgan, kundalik hayotda kam uchraydigan masalalarni yechishga aylangan. Shuning uchun ham barcha darajalarga oid darslik mualliflari ayrim o‘quv va, ayniqsa, amaliy masalalarga muammoli masala sifatida yondashishlari lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish mеtodikasi fan sifatida boshlang’ich sinf matеmatika kursining mazmuni boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish
|