|
Boshlang`ich matematika kursi tuzilishi va mazmuni
|
bet | 16/17 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 55,24 Kb. | | #120826 |
Bog'liq Mavzu boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish mеtodikasi fan si-fayllar.orgBoshlang`ich matematika kursi tuzilishi va mazmuni.
Maktablarning I-IV sinflarida o`rganiladigan matematika kursi maktab matematika kursining ajralmas tarkibiy qismidir. Shu sababli boshlang`ich matematikani muvaffaqiyatli o`zlashtirish maktabda butun matematik ta’limni to`g`ri yo`lga qo`yishga asos bo`lishi tushunarli bo`lib qoladi.
Amaldagi boshlang`ich matematika dasturi tuzilishi va mazmuni ham oldingi dasturlardagi metodik myerosdan va ilg`or o`qituvchilarning tajribalaridan kelib chiqib, o`qitishning an’anaviy tizimidagi izchillikni saqlagan holda yaratiladi.
Matematika boshlang`ich kursining tuzilishi o`ziga xos xususiyatlariga ega.
1. Boshlang`ich kursning asosiy o`zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat bo`lib, bu o`zak atrofida algebra va geometriya elementlari birlashadi, bu elementlari arifmetik bilimlar sistemasiga tarkiban qo`shilib son, arifmetik amallar va matematik munosabatlar haqidagi tushunchalarning yuqoriroq darajada o`zlashtirishiga imkon beradi.
. Boshlang`ich kurs materiali konsentrik kiritiladi. Dastlab birinchi o`nlik sonlarini nomerlash o`rganiladi, bu sonlarni yozish uchun raqamlar kiritiladi, qo`shish va ayirish amallari o`rganiladi, so`ngra 100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi, xona tushunchasi, o`nli xonalarga ajratish mumkin bo`lgan sonlarni yozishning pozitsion printsipi ochib beriladi, 2 xonali sonlarni qo`shish va ayirish o`rganiladi, ko`paytirish va bo`lish amallari kiritiladi. Keyin, 1000 ichida sonlarni nomerlash o`rganiladi, bu yerda ko`p xonali sonlarni nomerlashning asosi bo`lgan 3 ta xona (birlar, o`nlar, yuzlar) qaraladi, arifmetik amallar to`g`risidagi bilimlar umumlashtiriladi, yozma qo`shish va ayirish usullari kiritiladi va nihoyat, ko`p xonali sonlarni nomerlash o`rganiladi, sinf tushunchasi qaraladi, raqamlarning egallagan o`rniga, ko`ra qiymatini bilish umumlashtiriladi, yozma hisoblash algoritmlari kiritiladi. Shunday qilib, boshlang`ich kursda 4 ta konsentr o`rganiladi: 10, 100, 1000, (k.x.s), bu konsentrlarda kattaliklar, kasrlar, Algebraik va geometrik materiallar ham birgalikda o`rganiladi, bu sxyematik tasviri:
Tajribalarning ko`rsatishicha, kurs bunday tuzilganda sistematik takrorlanib, ilgari o`rganilgan bilim, ko`nikma va malakalar sonlarning yangi sohasida o`z rivojini topadi. Natijada kursni o`zlashtirishga yaxshi imkoniyat yaratiladi.
3. Nazariy va amaliy xarakterdagi masalalar o`zaro uzviy bog`lanadi. Ko`pgina nazariy masalalar induktiv ravishda kiritiladi, ular asosida esa amaliy xarakterdagi masalalar ochib beriladi. Masalan, ko`paytirishning taqsimot xossasi xususiy faktlarni umumlashtirish asosida kiritiladi, bu xossadan foydalanib, ushbu ko`paytirish usuli ochib beriladi:
17x3=(10+7)x3=10x3+7x3=30+21=51
4. Kursda matematik tushunchalar, qonuniyatlar va xossalar o`zaro bog`lanishda ochib beriladi. Masalan, arifmetik amallarni o`rganishda ularning xossalari orasidagi bog`lanishlar va aloqalar ochib beriladi. Bu ma’lum qonuniyatlarga ega bo`lgan amallar tushunchasini chuqur ochib berishga, bolalarni funktsional tasavvurlar bilan boyitishga imkon beradi.
5. Matematika kursini o`rganish jarayonida har qaysi tushuncha o`z rivojini topadi. Masalan, arifmetik amallarni o`rganishda, dastlab ularning konkreti ma’nosi, so`ngra amallarning xossalari, komponentalar va amallar natijalari orasidagi bog`lanishlar birgalikda ochib beriladi. Tushunchalarni o`rganishga bunday yondashish o`quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladi.
6. Tajribalarning ko`rsatishiga, o`xshash yoki o`zaro bog`liq masalalarni taqqoslab o`rganish maqsadga muvoffiqdir. Bu holda muhim o`xshash va muhim farq qiladigan tomonlarni darhol ajratib ko`rsatish mumkin, bu esa o`quvchilarning o`xshash masalalarni aralashtirib yuborishi kabi xatolarini olidin oladi. Shuning uchun dasturda ba’zi masalalar bir vaqtda kiritiladi (masalan, + va - amallari), shuningdek, ilgari o`rganilgan va shunga o`xshash masalalarga taqqoslagan holda yangi masalalarni kiritish ko`zda tutilgan.
Endi matematika kursi har bir tarkibiy qismi mazmunini qaraymiz.
Boshlang`ich sinflar dasturida arifmetikadan elementar ma’lumotlarning ushbu uyushmasi berilgan: natural son, nol ular ustida to`rt arifmetik amalni bajarish, kasrlar, ismli sonlar va ustida amallar. Bu ma’lumotlarni o`rganish o`quvchilarni matematik tushunchalar sistemasini o`zlashtirishga, shuningdek puxta va ongli hisoblash ko`nikmalari va malakalarini egallashga olib kelishi kerak.
Natural son to`plamlar sinfining miqdoriy tavsifi kabi talqin etiladi. Bu tushuncha to`plamlar ustida amallar va kattaliklarni o`lchash natijalari asosida o`rganiladi. Predmetlarni o`lchash jarayonida o`quvchilarning amaliy faoliyatlari bilan ularning son haqidagi tasavvurlari bog`lanadi. Nomerlashni o`rganishda natural son tartiblangan to`plam elementi yoki natural ketma – ketlik hadi sifatida qaraladi.
Boshlang`ich kursda nol soni bo`sh to`plamlar sinfining miqdoriy tavsifi sifatida talqin etiladi. Nol – son va raqam sifatida 1 sinfda kiritiladi. Dastlab nolni chizg‘ichning boshlang‘ich nuqtasini bildiruvchi raqami sifatida so`ngra 2-2, 3-3 kabi ayirish natijasi sifatida qaraladi. So`ngra nol amallarning komponenti sifatida: 5+0, 0+8, 6-0, 0x4, 4x0, 0:4 qaraladi. Bu yerda nolga bo`lish mumkin emasligi ham eslatiladi. Nol raqamidan sonning yozuvida u yoki bu xona birliklari yo`qligini belgilashda foydalaniladi. (70, 3000, 204).
Bundan tashqarii, qo`shish va ko`paytirishning o`rin almashtirish xossasi, taqsimot qonunidan kelib chiqadigan natijalar: sonni yig`indiga qo`shish, sonni yig`indidan ayirish, yig`indini sondan ayirish, sonni yig`indiga (ko`paytmaga) ko`paytirish, yig`indini songa bo`lish kabi hisoblash usullarini ongli o`zlashtirish dasturga kiritilgan. 2+6= 54-20=
Hisoblashlarning og`zaki usullari bilan bir qatorda yozma usullarga ham katta e’tibor beriladi. Yozma hisoblash usullarini o`rganish «Minglik» ichda qo`shish va ayirish usullarini o`rganishdan boshlanadi. Kyeyinroq, 900-345, 802-368 hollar qaraladi.
Matematika sistematik kursini o`rganishga tayyorlash maqsadida kasrlar haqida dastlabki tasavvurlar beriladi. Ulush tushunchasi butun (doira, to`g`ri 4 burchak) teng qismlardan biri sifatida kiritiladi, shuningdek, yozuvi, almashtirish va taqqoslash Ko`rsatmalilik asosida beriladi.
Arifmetik amallar matematika boshlang`ich kursida markaziy o`rinni egallaydi. Arifmetik amal konkreti asosida to`plamlar ustida amallar bajarish jarayonida: qo`shish–umumiy elementlariga ega bo`lmagan to`plamlarning birlashtirish amali, ayirish–to`plamlarni biror qismini olib tashlash amali, ko`paytirish–bir xil sondagi elementlaridan tuzilgan to`plamlarni birlashtirish amali, bo`lish–to`plamlarni o`zaro kesishmaydigan teng elementlaridan tuzilgan bir nechta to`plamlarga ajratish amali asosida ochib beriladi. Bunday yondashish bolalarning tajribasiga tayanish va shakllantirilayotgan bilimning ko`rgazmali asosini tashkil etishga imkon beradi. Har bir amalning belgisi, nomi, komponentalari va amal natijalarining nomlari kiritiladi. Sodda va murakkab ifodalar qaraladi.
Boshlang`ich matematika kursida o`quvchilarning hisoblash malakalarini shakllantirishga mo`ljallangan turli mashqlar sistemasi qaraladi: ayrim misollarning yechilishi, jadvallarni to`ldirish, harflarning sonli qiymatini qo`yish, ifodaning sonli qiymatini topish….. Jadval hollarda qo`shish, ko`paytirish, ayirish, bo`lish to`la avtomatizm darajasiga yetkazilishi kerak.
Arifmetik amallarning xossalarini o`rganish hamda amallarni bajarish asosida komponentalar va amal natijalari orasidagi bog`lanish; komponentalarning birining o`zgarishi bilan arifmetik amallar natijalarining o`zgarishi o`rganiladi.
Algebra elementlarini kiritish chuqur, umumlashgan o`zlashtirish maqsadlarini ko`zlaydi. Konkreti misollar asosida tenglik, tengsizlik, tenglama o`zgaruvchi tushunchalari ochib beriladi.
1- sinfdan boshlab sonli tenglik va tengsizliklar (2=2, 4=1+3, 25, 8-4
Harf o`zgaruvchini belgilovchi simvol (a+v, 15-R) sifatida o`zgaruvchili tengsizliklar (8-s>5) kiritiladi; va ular tanlash yo`li bilan yechiladi. O`zgaruvchi bilan amaliy tanishtirish o`quvchilarning funktsional tasavvurlarini shakllanishiga imkon yaratadi.
Geometrik materiyalani asosan o`quvchilarni eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini o`stirish, shuningdek arifmetik qonuniyatlarni, bog`lanishlarni Ko`rsatmali konkreti illyustratsiyalash maqsadlariga xizmat qiladi. 1- sinfdan boshlab to`g`ri chiziq, siniq chiziq, kesmalar ko`pburchaklar, ularning elementlari, to`g`ri burchak, kvadrat kabi geometrik figuralarni o`rganiladi. O`quvchilar bu geometrik figuralarni tasavvur qila olishi, ularni atashni va katak qog`ozga sodda yasashlarni o`rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma, siniq chiziq uzunligini, ko`pburchak perimetrinii, to`g`ri to`rtburchak, kvadratning yuzini (Paletka yordamida) topish malakasini egallab olishlari kerak.
Arifmetik, algebraik, geometrik materialni o`rganish bilan uzviy ravishda o`quvchilarni
|
| |