|
Mavzu: boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish mеtodikasi fan sifatida boshlang’ich sinf matеmatika kursining mazmuni boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish
|
bet | 14/17 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 55,24 Kb. | | #120826 |
Bog'liq Mavzu boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish mеtodikasi fan si-fayllar.org1-ilоva
Shunday qilib, o`qitishning maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik tizimning asosiy komponentalaridir.
Matematika bоshlang‘ich ta’lim metоdikasining predmeti quyidagilardan ibоrat:
| | | |
O‘qitish vоsitalarini darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma-qo‘llanmalar va tehnik vоsitalarni ishlab chiqish.
| |
O`qitishning mаqsаdlаri, mаzmuni, mеtоdlаri, vоsitаlаri vа fоrmаlаri mеtоdik sistеmаsining аsоsiy kоmpоnеntlаridа murаkkаb sistеmа bo`lib, uni o`zigа хоs grаfik bilan tаsvirlаsh mumkin.
2-ilova
Matematika o`qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi:
Matematika o`qitish metodikasi pedagogika yo`nalishi talabalari tomonidan o`rganiladigan boshqa predmetlar bilan uzviy aloqalarga ega.
1. Eng avvalo shuni ta’kidlash kerakki, o`zining bazaviy fani bo`lmish-matematika fani bilan uzviy ravishda bog`langan. Maktab matematika kursining mazmunini tanlashga matematika fanining rivojlanish darajasi har doim ta’sir ko`rsatib keladi: u yoki bu davrda matematikaning qanday g`oyalari yetakchi bo`lishiga qarab material mazmuni tanlanadi va kiritiladigan tushunchalarning talqini beriladi. Masalani XVIIIasrda matematikada natural son deyilganda birlar tizimi tushunilar edi, boshlang`ich arifmetika o`qitishda birinchi o`nlik sonlarining har birini birlardan tuzishga doir mashqlarga katta ahamiyat berilgan.
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda tizimlar nazariyasiga tayanadi. Chekli to`plamlar elementlari orasida o`zaro bir qiymatli moslik o`rnatish o`zaro ekvivalent to`plamlar sinflarini ajratish imkonini beradi, shu bilan birga bu sinflarning har birini xarakterlovchi umumiy narsa - natural sonlarni ajratish imkonini beradi. Natural son mohiyatini bunday tushunish, o`qitish amaliyotiga narsalarning taqqoslanayotgan tizimlari elementlari orasida o`zaro bir qiymatli moslik o`rnatishga doir mashqlarni kiritishga olib keladi.
1 sinf uchun mo`ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining dastlabki sahifalarida o`quvchilar uchun berilgan bunday topshiriqlarga duch kelamiz: «Rasmda nechta yuk mashinasi bo`lsa, bir qatorda shuncha katakni bo`ya, rasmda nechta avtobus bo‘lsa, ikkinchi qatorda shuncha katakni bo‘yab chiq..». Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko`rsatilgan to`plamlar elementlari orasida o`zaro bir qiymatli moslik o`rnatishga undaydi, bu esa natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
2. Matematika o`qitish metodikasi umumiy matematika metodikasi bilan bog`liq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda qo`llaniladi.
3. Boshlang‘ich sinf matematika o`qitish metodikasi pedagogika fani bilan uzviy bog`liq bo`lib, uning orasidagi qonuniyatlariga tayanadi. Matematika o`qitish metodikasi bilan Pedagogika orasida ikki tomonlama bog`lanish mavjud. Bir tomondan matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosida shakllanadi, bu hol matematika o`qitish masalalarini hal qilishda metodik va yaqinlashishning bir butunligini ta’minlaydi.
Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma’lumotlarga tayanadi, bu uning hayotiyligi va konkret(aniq)ligini ta’minlaydi.
Demak, pedagogika metodikalarning konkret(aniq) materialidan «oziqlanadi», undan pedagogik umumlashtirishlarda foydalaniladi va o`z navbatida u metodikalarni ishlab chiqishda yo`llanma bo`lib xizmat qiladi.
4. Matematika metodikasi psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog`liq. Tarbiya va ta’limning ko`pgina masalalarini hal qilishda o`qituvchi bu bilimlardan foydalanishi kerak. Yosh psixologiyasi ta’lim ta’sirida kishi ma’naviy qiyofasining shakllanish qonuniyatlarini, turli yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini, shuningdek bolalarning bilimlarni o`zlashtirishlarining psixologik qonuniyatlarini, ularning mustaqilliklari va ijodlarining rivojlanishini, o`quvchilar shaxsining kamol topish qonuniyatlarini o`rganadi. Bu esa o`quv – tarbiya ishini tashkil etishda katta ahamiyatga ega.
5. Bundan tashqari, boshlang`ich matematika metodikasi ta’limning boshqa metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, texnalogiya, rus va ingliz tili, tasviriy san’at..) bilan ko`p tomonlama umumiyliklarga ega. Predmetlararo bog`lanishni to`g`ri amalga oshirish uchun o`qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish mеtodikasi fan sifatida boshlang’ich sinf matеmatika kursining mazmuni boshlang’ich sinfda matеmatika o’qitish
|