boshlang‘ich sinf matematika o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari;
matematika o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqalari;
boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va fanning muhim bo‘lgan muammolari;
boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning maqsad va vazifalari;
boshlang‘ich sinflar matematikasi tuzilishi va mazmuni;
boshlang‘ich sinflar matematikasining 5-6 sinflar va maktabgacha ta’lim bilan bog‘lanishi;
oz komplektli va ixtisoslashgan maktablarda matematika o‘qitishni tashkil etish;
matematika o‘qitish metodikasining tarixi va hozirgi vaqtdagi holati;
boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodlari;
boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni tashkil qilish shakllari;
matematika o‘qitishda foydalaniladigan o‘quv vositalar;
sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi;
asosiy va boshqa miqdorlarni o‘rgatish metodikasi;
arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi;
algebra elementlarini o‘rgatish metodikasi;
ulush va kasrni o‘rganish metodikasi;
geometriya elementlarini o‘rgatish metodikasi;
boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishga o‘rgatish metodikasi;
boshlang‘ich sinf matematika darslarida zamonaviy (innovatsion, pedagogik va axborot) texnologiyalar haqida bilimga ega bo‘lishi;
matematika darslarida ta’lim va tarbiya birligi tamoyiliga amal qilish;
hisoblashlardagi xatolar ustida ishlash, o‘quvchilarning hisoblash ko‘niklarini shakllantirish;
dars turlarini farqlay olish, dars jarayoniga ilg‘or va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni olib kirish;
kompyuter va boshqa o‘qitish texnika vositalaridan, turli ko‘rgazma hamda tarqatma materiallardan samarali foydalana olish;
o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash shakllarini aniqlay olish;
matematika o‘qitishda qo‘llaniladigan barcha metod va usullarni farqlash;
matematika o‘qitish jarayonini, ya’ni dars va darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish;
sonlarni o‘qish, yozish, taqqoslash va tarkibini bilish;
hisoblash usullaridan foydalanish;
sodda va murakkab matnli masalalarni yechish;
arifmetik va geometrik masalalarni yechish;
algebraik va geometrik materiallarni amalda qo‘llay olish;
sonning ulushi va kasr qismini ajrata olish;
tanlangan mavzusi asosida ilmiy izlanishning bajarilishini uddalay olish (kurs ishi va bitiruv ishi tarzida)ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodlarini maqsadli qo‘llay olish;
boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni to‘g‘ri tashkil qilish;
matematika o‘qitishda axborot va texnik vositalardan foydalana olish;
o‘quvchilarga manfiy bo‘lmagan butin sonlarni nomerlashga o‘rgatish usullarini qo‘llay olish;
o‘quvchilarga asosiy miqdorlarni o‘rgatish usullarini qo‘llay olish;
o‘quvchilarga arifmetik amallarni va hisoblash usullaridan to‘g‘ri foydalana olish;
o‘quvchilarga algebra elementlarini o‘rgatish usullarini qo‘llay olish;
ulush va kasrni tushunchasini hayot bilan bog‘liqligini tushuntira olish;
o‘quvchilarga geometriya elementlarini o‘rgatish usullarini qo‘llay olish;
boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishga o‘rgatish usullarini qo‘llay olish;
boshlang‘ich sinf matematika darslarida zamonaviy (innovatsion, pedagogik va axborot) texnologiyalarni qo‘llash malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Matеmatika mеtodikasi pеdagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi fanlari bilan bog‘liq. Boshlang‘ich matеmatika mеtodikasi boshqa fanlarni o‘qitish mеtodikalari (tayanch fani matematika, ona tili, tabiatshunoslik, rasm va boshqa fanlar mеtodikasi) bilan uzviy bog‘lanadi.