V= cat ( A1, A2, ... )
komanda ishlatiladi. Bu holda A1, A2, ..., matritsalar ko‘rsatilgan o‘lchov
bo‘yicha birlashtiriladi:
55
cat (2, A, V) = [A, V]
cat (1, A, V) = [A; V]
Matlabda matritsalarni burish uchun fliplr(A), flipud(A) komandalaridan
foydalaniladi. fliplr (A) komandasi A matritsani chapdan o‘ngga 180 gradusga
ustunlarini almashtirish yo‘nalishida buradi. flipud (A) esa A matritsani pastdan
yuqoriga 180 gradusga qatorlarini almashtirish yo‘nalishida buradi. Masalan, A
quyidagicha bo‘lsin:
A= [ 2 3
7 1
9 0]
U xolda fliplr (A) = [9 0; 7 1; 2 3] , flipud (A) = [3 2 ; 1 7; 0 9] kabi
bo‘ladi.
Berilgan matritsani soat strelkasiga qarshi 90
0
ga buruvchi rot90(A)
komandasidir.
Misol: B=[1 3 5
7 9 11
2 3 4];
rot 90(B)=[5 1 4 ; 3 9 3 ; 1 7 2];
Undan tashqari matlabda maxsus ko‘rinishdagi matritsalarni xosil qilish
imkoniyati bor. Ana shunday matritsalarni xosil qiluvchi komandalarni keltirib
o‘tamiz:
-
eye (m,n) – asosiy diagonalda 1, qolgan elementlari 0 bo‘lgan (m*n)
matritsa xosil qiladi;
-
lincpase (a, b, [n]) – [a, b] – oraliqda tekis taqsimlangan n ta
elementli matritsa, n ko‘rsatilmasa avtomatik tarzda 100 deb olinadi;
-
ones (m, n) - elementlari faqat 1 dan iborat bo‘lgan (m*n) matritsa;
-
rand (m, n) – elementlari (0, 1) oraliqda tekis taqsimlangan tasodifiy
miqdorlar bo‘lgan (m*n) matritsa;
-
zeros (m, n) - (m*n) o‘lchovli faqat nollardan tuzilgan matritsa;
-
hilb (n) – n tartibli Gilbert matritsasi (Uning elementlari h
(i,j)=1/(i+j-1));
-
invhilb (n) – Gilbertning teskari matritsasi;
|