• O‘zgaruvchi nomi (identifikator)
  • Kompyuterli modellashtirish



    bet27/141
    Sana15.01.2024
    Hajmi
    #138013
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   141
    Bog'liq
    KM majmua (1)

    = < ifoda qiymati >
    komandasi yordamida amalga oshiriladi. Bu erda (=) tayinlash (qiymat berish)
    operatori vazifasini bajaradi.
    Masalan,
    >> x= 5+exr (3) ;
    Matlabning 
    yaxshi 
    xususiyatlaridan 
    biri 
    shuki, 
    unda 
    avvaldan
    o‘zgaruvchini turi e’lon qilinmaydi, balki uni qiymatlariga qarab aniqlanaveradi.
    Demak ifoda qiymati vektor yoki matritsa bo‘lsa, u xolda o‘zgaruvchi shunga
    mos bo‘ladi.
    O‘zgaruvchi nomi (identifikator) – boshlanishi xarfdan iborat ixtiyoriy
    sondagi belgilardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin, ammo faqat boshidagi 31tasi
    orqali identifikatsiya qilinadi. O‘zgaruvchi nomi boshqa o‘zgaruvchilar bilan
    ustma-ust tushmasligi kerak, ya’ni nom noyob bo‘lishi lozim. O‘zgaruvchi nomi
    xarfdan boshlangan bo‘lsada, orasida raqamlar va belgidan (podchyorkivanie)
    iborat bo‘lishi mumkin. Lekin ularning orasiga maxsus belgilar, masalan +, -, *, /
    va boshqalarni qo‘yish mumkin emas.
    Matlabda ma’lumotlar ustida bajariladigan ma’lum bir amalni bajarish
    uchun ishlatiladigan belgi operator deyiladi. Masalan, oddiy arifmetik amallar +,


    50
    -, *, / - operatorlarga misol bo‘ladi. Bu amallar (1*1) o‘lchovlidan yuqori bo‘lgan
    matritsalar ustida bajarilsa va natija ham matritsa bo‘lsa, u holda amallar
    elementlararo bajariladi va * amali. *, / esa./, /. kabi belgilab amalga oshiriladi.
    Masalan:
    >> x= [2 4 6 8]
    x= 2 4 6 8
    >> u= [1 2 3 4]
    u= 1 2 3 4
    >> x/u
    ans= 2
    >> x.*u
    ans= 2 8 18 32
    >> x./u
    ans= 2 2 2 2.
    Matlabdagi barcha operatorlar ro‘yxatini ko‘rish uchun
    help ops
    komandasidan foydalaniladi.
    2. Matlabda funksiyalar va sozlangan funksiyalar.
    Endi funksiya tushunchasini keltiramiz. Funksiya – o‘zining argumentlari
    ustida ma’lum bir shakl almashtirishlarni bajaruvchi va unda hosil qilingan
    natijalarni qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgan noyob nomli ob’ektdir. Funksiyalar
    bir nechta argumentlarga ega bo‘lib bir emas, bir nechta natijani qaytaradigan
    bo‘lsa quyidagicha yoziladi:

    Download
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   141